Moliyaviy savodxonlikni oshirish aholi turmush tarzining yaxshilanishiga xizmat qiladi

29.08.2022 12:39:17
266
Moliyaviy savodxonlikni oshirish aholi turmush tarzining yaxshilanishiga xizmat qiladi

Markaziy bank tomonidan xotin-qizlar va mehnat migrantlari oila a'zolarining moliyaviy savodxonligini oshirish va jamg‘arish madaniyatini shakllantirish maqsadida Sirdaryo viloyatida ikki kunlik o‘quv treninglar o‘tkazildi. 

O‘quv tadbirlari davomida Markaziy bank mutaxassislari tomonidan bank omonatlari orqali mablag‘larni jamg‘arish imkoniyatlari, moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari, ijobiy kredit tarixini shakllantirish uchun mas'uliyatli qarz olishning ahamiyati, shuningdek, aholi uchun davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi. 

Sirdaryo, Guliston va Xovos tumanlarida o‘tkazilgan treninglar orqali 200 dan ortiq ayollar hamda 100 ga yaqin mehnat migrantlarining oila a'zolari shaxsiy moliyaviy mablag‘larini boshqarish, kredit tashkilotlari bilan munosabat o‘rnatish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining salohiyatli xodimlari uchun moliyaviy savodxonlik sohasida malaka oshirishga doir amaliy trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining salohiyatli xodimlari uchun moliyaviy savodxonlik sohasida malaka oshirishga doir amaliy trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Ayollar va yoshlarning moliyaviy madaniyatini shakllantirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlari

Ayollar va yoshlarning moliyaviy madaniyatini shakllantirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlari

Markaziy bank tomonidan Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan birgalikda mehnat migrantlari uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha treninglar o‘tkazildi

Markaziy bank tomonidan Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan birgalikda mehnat migrantlari uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha treninglar o‘tkazildi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X