Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Maxalla yordamchi agentlari kimlar hisoblanadi?

Oxirgi yangilanish:  28 Fev 2025 14:35
9371
Maxalla yordamchi agentlari kimlar hisoblanadi?
41

Yordamchi-agent – mahalladagi har bir xonadonni yaxshi biladigan, aholi orasida bank xizmatlarini ommalashtirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish, aholi va tadbirkorlik sub'ektlarini bank xizmatlariga qiziqtirish orqali tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish bo‘yicha mahalla bankiriga ko‘maklashuvchi jismoniy shaxsdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2024 yil 16 dekabr' kuni banklar tomonidan mahallalarda aholi bandligini ta'minlash va daromadli qilish bo‘yicha 2025 yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishida maxallalarda yordamchi-agentlar faoliyati tizimi joriy etildi. Ushbu faoliyatni joriy qilishdan asosiy maqsad hududlarda bank xizmatlari ommabopligini oshirish bilan birga aholining moliyaviy farovonligini yaxshilashdan iborat.

Yordamchi-agentlar aholini bank xizmatlariga qiziqtirish  va biznes loyiha takliflarini topish ishlariga mahalla bankirlariga yaqindan ko‘maklashadilar hamda Markaziy bankning moliyaviy ommaboplikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga jalb qilinadilar. 

Agentlar faqat o‘z xizmat vazifalari doirasida harakat qilishlari lozim.

Yordamchi-agentlarni tanlash mexanizmi 
Tijorat banklari mahalla bankiriga ko‘maklashuvchi yordamchi-agentlarni mahalla raisi tavsiyasi bilan o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda xonadonlarni yaxshi biladigan aholi orasidan yollaydilar.  Yordamchi-agentni shartnoma asosida yollashda quyidagi mezonlar e'tiborga olinishi tavsiya etiladi: 

-  mahallada hurmat, yaxshi obro‘-e'tiborga ega; 
-  salomatligi yaxshi; 
-  sudlanmagan va diniy jamoalarga jalb qilinmagan; 
-  o‘z g‘oyalarini ilgari surishda faol; 
-  g‘ayratli va natija ko‘rsatishda harakatchan; 
-  kirishuvchanlik va kuchli kommunikasiya ko‘nikmalariga ega; 
-  raqamli aloqa vositalari (telefon, planshet, komp'yuter) bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan erkak va ayollar.



Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Maxalla yordamchi agentlari kimlar hisoblanadi?

Maxalla yordamchi agentlari kimlar hisoblanadi?

Mikroloyihalarni o‘rganish va ularni amalga oshirish

Mikroloyihalarni o‘rganish va ularni amalga oshirish

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil  qilish uchun ajratiladigan kreditlar

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil qilish uchun ajratiladigan kreditlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X