Moliyaviy salomatlik

Oxirgi yangilanish:  2 Apr 2021 17:24
606
Moliyaviy salomatlik

Biz jismonan betob bo‘lgan vaqtimiz bu hayotimizning barcha jabhalarida – ish, oila, xordiq va shaxsiy rejalarda o‘z aksini topadi. Xuddi shunday, biz moliyaviy “betob” bo‘lib qolganimizda ham ishonch bilan kelajakka rejalar tuza olmaymiz, hayotning barcha quvonchlaridan bahramand bo‘lolmaymiz va o‘zimizni zaif his etamiz.

Shunday qilib moliyaviy salomatlik o‘zi nima va qanday qilib uni kerakli darajada tutib turish mumkin?

image001

– Aslini olib qaraganda moliyaviy salomatlik bu moliyaviy ehtiyojlarni qondira olish hamda favqulotda moliyaviy holatlarga tayyorlik darajasini o‘lchayli. Masalan, siz favqulotda xarajatlar yuzaga kelganda yoki doimiy ishingizni yo‘qotgan taqdiringizda moliyaviy ehtiyojlaringizni qancha vaqt mobaynida qoplay olasiz, yoki har yili dam olishga bora olasizmi?

Quyida moliyaviy sog‘lom hayot tarzining ba'zi komponentlari keltirilgan:

  1. Moliyaviy salomatligi mustahkam insonlar moliyaviy barqarorlikka ega bo‘lishadi, ya'ni, ular oldindan o‘z moliyaviy xavfsizlik yostiqchasini shakllantirib qo‘yishgan, muntazam ravishda oilaviy byudjet yuritib borishadi (saytda o‘qishingiz mumkin oilaviy byudjet) hamda ular har kuni o‘z pullari to‘g‘risida qayg‘urishlariga hojat yo‘q.
  2. Shu bilan birga ular kreditlari va boshqa majburiyatlariga mas'uliyat bilan yondashadilar. Ijobiy kredit tarixi sizga lozim bo‘lgan vaqt qarz mablag‘larini olish imkonini beradi. Bu sizga yangi kredit kartalarga va boshqa turdagi qarzlarga qulay shartlar va foizlar asosida ega bo‘lishingizga yordam beradi.
  3. Qarz hisobiga iste'molni nazorat qilish juda muhim. Yangi televizor, gadjetlar va boshqa buyumlarni kredit asosida olaverish oson. Biroq, siz imkoniyatingizdan tashqari darajada qarzlar olishingiz hayot tarzi inflyasiyasi belgisi hisoblanadi (daromadingiz oshgani sari moliyaviy ahvolingiz yaxshilanmaydi) va qarzlarni to‘lashning oshib boruvchi spiraliga olib kelishi va butun daromadingiz qarz qoplashga sarflanishi mumkin.
  4. Inson o‘zida jamg‘arish odatini shakllartirishi muhim ahamiyatga ega. Bu sizga o‘zingizni moliyaviy himoyalangan his etishingizga yordam beradi va moliyaviy salomatlikka erishishga undaydi. Zero, siz o‘z daromadingizning ma'lum qismini doimiy ravishda jamg‘arib borayotganingizni va moliyaviy xavfsizlik yostiqchaniz shakllanayotganligini bilasiz.
  5. Moliyaviy ahvoli barqaror bo‘lgan uy xo‘jaliklari favqulotda jamg‘armalar hamda muhim moliyaviy maqsadlar uchun uzoq muddatli jamg‘armalarga ega bo‘lishadi. Agar siz doimiy ish joyiga ega bo‘lsangiz favqulotda holatlar uchun jamg‘armalaringiz xarajatlaringizni eng kamida uch oydan olti oygacha bo‘lgan hajmini qoplay olishi lozim. O‘z-o‘zini band qiluvchilar va vaqtinchalik shartnoma asosida faoliyat yurituchilar esa olti oydan o‘n ikki oygacha bo‘lgan hajmini qoplovchi jamg‘arma shakllantirishlari maqsadga muvofiq.
  6. Sug‘urta – bu kutilmagan moliyaviy holatlar uchun zahira rejasi. Yaxshi sug‘urta xizmatlarisiz katta tibbiy xarajatlar, avtomobil to‘qnashuvlari, yong‘in va shunga o‘xshash holatlar ko‘plab oilalarni xonavayron qilgan bo‘lar edi. Sug‘urta kompaniyalari odatda sog‘likni sug‘urtalash, avtomobil, uy-joy va hayot sug‘urtasi xizmatlarini taklif etishadi.

Agarda siz o‘zingizni moliyaviy noaniqlik holatlarini yengib o‘ta olaman hamda moliyaviy maqsadlarimga erishish yo‘lidaman deb hisoblasangiz, siz moliyaviy sog‘lom insonsiz.

Agarda moliyaviy bosim sizni qiyin ahvolga solayotgan bo‘lsa va siz moliyaviy “isitma”ni his etsangiz, asoratlarni tuzatishga – ko‘proq pul topish yo‘llarini qidirishga shoshilmang. Balki buning sababi mablag‘ yetishmayotganligida emas, balki yuqorida keltirib o‘tilan komponentlardan birida bo‘lishi mumkin, masalan, noto‘g‘ri olib borilayotgan byudjet, rejalashtirilmagan qarzlar, sug‘urta mavjud emasligi va h.k.

To‘g‘ri olib boriladigan byudjet, jamg‘arish odati, qarzlarga mas'uliyat bilan yondashish va daromadni oshirishga, xususan passiv daromad manbai shakllantirishga intilish moliyaviy salomatligimizni yuqori darajaga ko‘tarishga yordam beradi.




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Oilaviy budjet

Oilaviy budjet

Talabalar uchun soliq imtiyozi

Talabalar uchun soliq imtiyozi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X