Pullarni sog‘lom boshqarish bo‘yicha 5 tavsiya

Oxirgi yangilanish:  31 Okt 2023 11:35
135
Pullarni sog‘lom boshqarish bo‘yicha 5 tavsiya

1. Doimiy tarzda jamg‘arib boring. O‘zingizda pul yig‘ish odatini shakllantirish orqali, moliyaviy stabillikka erishasiz. Natijada, ertangi kunga ishonch ham paydo bo‘ladi. Har oyligingizdan kamida 10 foiz mablag‘ni jamg‘arib boring. Buni doimiy tarzda takrorlash – uning odat tusiga aylanishiga yordam beradi. Saqlab qo‘yilgan pullar, kutilmaganda paydo bo‘lgan chiqimlarda hamisha yordam beradi.

2. Moliyaviy yostiqchangizni shakllantiring. Byudjet himoyasi uchun moliyaviy zahira zarur. Ushbu zahira 6-12 oylik xarajatlarga mos miqdorda shakllantiriladi.

Nima uchun xarajatlarga, deysizmi? Chunki kutilmaganda paydo bo‘lgan vaziyatlarda byudjetga tushum kelishi tiklanguniga qadar, odatiy hayot tarzingizni davom ettira olishingiz uchun oilangiz bir oyda qancha sarflashini bilish muhim sanaladi. Ushbu tegilmas zaxira pullarni bank depozitlarida saqlagan ma'qul. Bunda sizning jamg‘armangizga foizlar hisoblanadi. Siz esa o‘z-o‘zidan pullaringizni inflyasiyadan saqlab qolgan bo‘lasiz. Qolaversa, bank omonatlaridagi pullar fond tomonidan himoyalanadi.

3. Jamg‘armangizni moliyaviy yostiqcha va moliyaviy maqsadlarga ajrating. Jamg‘armani shakllantirishda pullarni kutilmagan vaziyatlar uchun moliyaviy zaxira hamda kerakli texnika yoki mahsulot, ya'ni moliyaviy maqsadlar uchun taqsimlash muhim sanaladi. Natijada, siz pul bilan hal qilinadigan maqsadlaringizga yetish bilan birga, ish yo‘qotish yoki kutilmagan xarajatlar kabi turli inqirozlarga ham tayyor bo‘lishingiz mumkin.

4. Omonat oching. Tasavvur qiling, pullaringiz sizning ishtirokingizsiz sizga qo‘shimcha daromad olib kelyapti. Eng oddiy va xavfsiz tanlov – bank omonatidir. Siz uydan chiqmagan xolda, onlayn-omonat ochishingiz mumkin. Buning uchun bank kartasi, zarur mablag‘ va mobil ilovaga ega bo‘lish yetarli.

5. Odatlaringizni o‘zgartiring. Xonadoningizda iliqlikni saqlagan xolda, elektr energiyasi, gaz va suvni tejang. Masalan, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, aqliy tejamkorlik bilan iqtisod qilish, sezilarli summalarni tejab qolishi mumkin. Elektr hisoblagichlaridagi ko‘rsatkichlarni yozib va tahlil qilib boring. Shundan keyin uni qaysi yo‘l bilan tejash mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Oilaviy budjet

Oilaviy budjet

Talabalar uchun soliq imtiyozi

Talabalar uchun soliq imtiyozi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X