Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Maktab o‘quvchisi yoshidagi bolaning jamg‘armasi bo‘lsa uni ko‘paytirish uchun qayerga yo‘naltirsa bo‘ladi?

Oxirgi yangilanish:  24 Okt 2024 13:23
742
Maktab o‘quvchisi yoshidagi bolaning jamg‘armasi bo‘lsa uni ko‘paytirish uchun qayerga yo‘naltirsa bo‘ladi?
Bugungi kunda ko‘p ota onalarni qiziqtiradigan savollardan biri maktab o‘quvchisi yoshidagi bolaning jamg‘armasi bo‘lsa uni ko‘paytirish uchun qayerga yo‘naltirsa bo‘ladi? 

Misol, 12 yoshli Murodni 5 mln. so‘m jamg‘armasi bor va u jamg‘argan pulini qayerga to‘g‘ri yo‘naltirish to‘g‘risida bosh qotirmoqda. U ota onasi misolida qayerga qanday to‘g‘ri sarmoya kiritishni ko‘radi va ota onasi u bilan bu mavzuda tez-tez suhbatlashib turadi, shuning uchun ham bolakay pul nima ekanligini va u qanday ishlashini biladi.

Murodning jamg‘argan pulini qayerga investisiya qilish haqida bir nechta g‘oyalari ham bor: 
  • Birinchi g‘oya - bank omonatini ochish.
  • Ikkinchi g‘oya - odat hosil qilish uchun jamg‘arishni davom etish.
  • Uchinchi g‘oya - ta’limga sarmoya kiritish – u chet tilini o‘rganishni xohlaydi.
Ho‘sh, pulni qayerga yo‘naltirish to‘g‘ri bo‘ladi?  
Maktab o‘quvchisi o‘z pullarini ta’limga, omonat ochishga yoki jamg‘arishga qaror qilganda, har bir variantning ijobiy jihatlarini inobatga olish zarur. Aynan qaysi jihatlariga e’tibor qaratish zarurligini Finlit.uz keying postlarda tushuntirib o‘tadi.

Birinchi g‘oya – bank omonatini ochish.
  • Bu maktab o‘quvchisi uchun moliyaviy rejalashtirish, tejash va pul boshqaruvini o‘rganish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ota-onalar bundan bank depozitlari qanday ishlashini va nima uchun jamg‘arish muhimligini ko‘rsatish uchun eng qulay vaqt sifatida foydalanishi mumkin.
  • Bank omonati maktab o‘quvchisiga banklar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga va kelajakdagi moliyaviy operatsiyalar uchun asos yaratishga yordam beradi. Bu bola ulg‘ayib, o‘z moliyaviy tarixini qurishni boshlaganida asqotishi mumkin.

Ikkinchi g‘oya – jamg‘arishni davom etish.
  • Maktab o‘quvchisi muntazam ravishda pul yig‘ishni boshlaganida, bu intizom va rejalashtirishni rivojlantirishga yordam beradi. 
  • Jamg‘arish jarayoni bolalarga moliya asoslarini tushunishga yordam beradi: pul qanday ishlaydi, xarajatlarni rejalashtirishning ahamiyati, nima uchun kelajak uchun pul jamg‘arish zarur va h.k. Bu kelajakda moliyaviy savodxonlikni yanada oshirish uchun asos bo‘lishi mumkin.
  • Agar bola ma’lum bir narsaga (masalan, o‘yinchoq, kitob yoki sayohat) pul yig‘sa, u maqsadlar qo‘yishni va ularga erishishni o‘rganadi

Uchinchi g‘oya - jamg‘armalarni ta’limga investisiya qilish:
  • Ta’lim - tanqidiy fikrlash, tahliliy ko‘nikmalar, muammolarni hal qilish va boshqa muhim ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu ko‘nikmalar nafaqat professional sohada, balki shaxsiy hayotda ham foydalidir.
  • Bilim va ko‘nikmalar bolaga katta yoshdagi qiyinchiliklarga ko‘proq tayyor bo‘lishiga yordam beradi. Yaxshi ta’lim yaxshi martaba imkoniyatlari uchun eshiklarni ochishi, muvaffaqiyatli ishga joylashish imkoniyatini oshirishi va kelajakda yuqori turmush darajasini ta’minlashi mumkin.
  • Agar bola erta yoshdanoq ta’limga sarmoya kiritish muhimligini tushunsa, unda qat’iyat va motivatsiya rivojlanadi. Bundan tashqari, bolaning nazarida ta’limning qiymati yanada oshadi.

Farzandingizga sarmoya  uchun qarorlarni mustaqil qabul qilishga imkoniyat yarating. Bu, uning moliyaviy savodxonligi va intizomini rivojlantirishga yordam beradi.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Oilaviy budjet

Oilaviy budjet

Talabalar uchun soliq imtiyozi

Talabalar uchun soliq imtiyozi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X