Moliyaviy maqsadlar nima va qanday qilib ularni to‘g‘ri belgilash hamda ularga erishish mumkin?

Oxirgi yangilanish:  16 Noy 2022 16:12
8532
Moliyaviy maqsadlar nima va qanday qilib ularni to‘g‘ri belgilash hamda ularga erishish mumkin?
21

Har bir inson o‘z hayoti davomida maqsadlar qo‘yadi va kvartira, mashina sotib olish, o‘zlari uchun yoki bolalar uchun ta'lim olish, uy jihozlarini yangilash, to‘y bayramini tashkil etish, munosib keksalikni ta'minlashni orzu qiladi.

Moliyaviy maqsad-pul bilan erishish mumkin bo‘lgan har qanday orzudir.

Birinchi o‘rinda istiqboldagi orzularingiz xaqida batafsil o‘ylab olishingiz kerak. Albatta yaqinlaringiz fikrlarini inobatga olgan va ustunlik darajalarini belgigan holda – ahir barcha maqsadlarga bir vaqtning o‘zida erishib bo‘lmaydi.

Asosiy moliviy maqsadlar ro‘yxati:

  1. Ta'lim (o‘zingiz yoki farzandlaringiz uchun)
  2. Katta maishiy texnika sotib olish
  3. Mashina
  4. To‘y
  5. Xonadon, uy

Maqsad qo‘yishda, 4 ta savolga javob berish kerak:

  • Men nima istayman?
  • Menda u qachon bo‘ladi?
  • Qancha turadi?
  • Buning uchun menda nima bor?

Moliyaviy maqsadlar ham bir qator xususiyatlarga javob berishi kerak:

  • narxi va muddati realistik bo‘lishi kerak
  • aniq bo‘lishi
  • u muhim bo‘lishi lozim (qisqa muddatli maqsadlar asosiy maqsadlaringizga erishishda xalaqit qilishi kerak emas)
Masalan, siz 2025-yilgacha farzandingizning 4 yillik universitet ta'limi uchun 60 million so‘m miqdorida pul to‘lashni boshlashni rejalashtiryapsiz. Buning uchun siz xarajatlarni, mavjud resurslarni va har oyda jamg‘arib qo‘yishingiz kerak bo‘lgan pulni hisoblashingiz kerak.

Maqsadning kelajakdagi narxi

Bizning hayotimizda inflyasiya kabi noxush hodisa mavjud bo‘lib, u nafaqat kundalik hayotimiz xarajatlarini vaqt o‘tishi bilan oshirishi, balki kelajakda moliyaviy maqsadlarimiz narxiga ham ta'sir qilishi mumkin. Inflyatsiya har yili pulga "ta'sir ko‘rsatar" ekan, kelajakda maqsadingiz nechpulga tushishini bilishingiz kerak.


Maqsadning kelajakdagi bahosi uchun formula:

Kelajakdagi narxi

=

Hozirgi narxi * (iste'mol narxlari indeksi1 / 100) maqsadgacha bo‘lgan yillar soni


Masalan, joriy inflyasiyani hisobga olgan holda narxi yiliga 15 mln. so‘m (4 yilga 60 mln. so‘m) bo‘lgan to‘rt yil davomida bakalavriat yo‘nalishida shartnoma to‘lash shartli ravishda 124,400,000 gacha oshadi:
Kelajakdagi narxi = 60 000 000 * (115,7/100)5 = 124 400 000

Maqsadga erishish uchun har oy nechpul jamg‘arish kerakligini aniqlashda quyidagi hisob-kitobni amalga oshirishingiz lozim:

Maqsad uchun oylik jamg‘arish

=

Maqsadning kelajakdagi narxi / maqsadgacha bo‘lgan oylar soni

Bizning misolga muvofiq oylik to‘lovlar quyidagicha bo‘ladi:
124 400 000 so’m / 5 yil (60 oy) = 2 075 000 so’m

Maqsadlarni belgilashda yana bir xato daromadni noto‘g‘ri baholash hisoblanadi

Maqsadlarni hozirgi vaqtda olayotgan daromadingizga qarab belgilagingiz lozim. Bu holatda siz maqsadlaringizga erishishni realistik tarzda baholagan bo‘lasiz. Agar kelajakda daromadingiz ko‘paysa, maqsadingizga tezroq erishasiz.

Moliyaviy maqsad tuzishga oid reja namunasi:

Moliyaviy maqsad Muddati Narxi Kelajakdagi narxi Oylik jamg‘arish miqdori
Ta’lim 5 yil 60 000 000 124 400 000 2 075 000

1 Iste'mol narxlari indeksi haqida batafsil Davlat statistika qo‘mitasining veb-saytidan ma'lumot olish mumkin.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Oilaviy budjet

Oilaviy budjet

Talabalar uchun soliq imtiyozi

Talabalar uchun soliq imtiyozi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X