Bank iste'molchiga kredit shartnomasi tuzilgunga qadar qanday axborotlarni taqdim etishi kerak?

Oxirgi yangilanish:  3 Avg 2020 14:24
1532
Bank iste'molchiga kredit shartnomasi tuzilgunga qadar qanday axborotlarni taqdim etishi kerak?
1
Bank iste'molchiga kredit shartnomasi tuzilgunga qadar qanday axborotlarni taqdim etishi kerak?
02
  • kreditning eng ko‘p miqdori va valyutasi, shu jumladan chet el valyutasi bilan bog‘liq ehtimoliy tavakkalchiliklari (chet el valyutasi bo‘yicha kurslar o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotish bilan bog‘liq tavakkalchilik) haqida ogohlantiradi;
  • kreditdan foydalanish muddati;
  • foiz stavkasining yillik nominal qiymati, shuningdek iste'molchi murojaat qilgan sanadagi kreditning to‘liq qiymati (shartnoma tuzish paytida uning mutlaq qiymatini, ya'ni kredit yoki qarzning asosiy qiymati, foizlari, komission va boshqa to‘lovlar, shu jumladan amaldagi tariflar bo‘yicha uchinchi shaxs foydasiga to‘lanadigan to‘lovlarni, agar bunday to‘lovlar qarzdorning majburiyati bo‘yicha shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan bo‘lsa, ularni alohida ko‘rsatgan holda ma'lumot taqdim etadi);
  • 04
  • vositachilik haqlari, tariflar va kredit olish hamda unga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlarning batafsil ro‘yxati va miqdorlari;
  • kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda iste'molchining javobgarligi va tavakkalchiliklari;
  • garovga qo‘yuvchi, kafil (kafolat beruvchi) va kredit shartnomasining tarafi hisoblangan boshqa shaxsning javobgarligi;
  • bank va iste'molchining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni undirish jarayonida iste'molchining huquqlari, shuningdek bank xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasida ko‘zda tutilgan taraflarning javobgarligi haqidagi ma'lumotlar;5
  • iste'molchi tomonidan kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish, kreditni taqdim etish va undan foydalanish muddatlari;
  • kredit olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati;
  • kredit ta'minotiga qabul qilinadigan garov turlari (agar garov talab qilinsa).

Bank iste'molchini quyidagi omillarni hisobga olgan holda o‘z moliyaviy ahvolini tahlil qilishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantirishi lozim:

03
  • iste'molchining qarz yuki joriy moliyaviy ahvoliga mos kelishi;
  • bank xizmatini ko‘rsatish shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarishi uchun taxminan qaysi muddatlarda va qancha miqdorda pul mablag‘lari kelib tushishi kutilayotganligi (masalan, jismoniy shaxslar uchun — ish haqi to‘lanishi, boshqa daromadlar olishi davriyligi);
  • kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajara olmasligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yengib bo‘lmas kuch ta'siridagi vaziyatlar va boshqa holatlar yuz berishi ehtimoli (shu jumladan jismoniy shaxslar uchun — ishini yo‘qotish, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ish haqi va boshqa turdagi daromadlarni kechikib olishi, ishga joylashishi, sog‘lig‘ining yomonlashganligi natijasida daromadlarining tushib ketishi).
Bank iste'molchi kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmasligi bilan bog‘liq tavakkalchiliklar to‘g‘risida, shu jumladan iste'molchiga nisbatan majburiyatlarni buzganligi uchun qo‘llaniladigan neustoyka (jarima, penya) va ularning natijasida iste'molchining xarajatlari summasi oshishi ehtimoli to‘g‘risida axborot beradi.

Bank so‘roviga javoban iste'molchi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar — tuzilayotgan kredit shartnomasining shartlariga ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida iste'molchi ogohlantirilishi zarur.




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Bank siriga nigoh tashlaymiz

Bank siriga nigoh tashlaymiz

Bankka tashrif buyurganda nimalarni bilish lozim?

Bankka tashrif buyurganda nimalarni bilish lozim?

Sizning biznesingiz uchun eng mos bo‘lgan bankni qanday tanlash mumkin?

Sizning biznesingiz uchun eng mos bo‘lgan bankni qanday tanlash mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X