Bo‘lajak qarz oluvchi sifatida Siz quyidagi huquqlarga egasiz

Oxirgi yangilanish:  2 Avg 2020 16:29
1092
Bo‘lajak qarz oluvchi sifatida Siz quyidagi huquqlarga egasiz

Bo‘lajak qarz oluvchi sifatida Siz quyidagi huquqlarga egasiz:

162

1. Bankni va bank xizmatlarini tanlashda erkinsiz.

162

2. Kredit shartnomasi yoki boshqa shartnoma va bitimlar bilan to‘liq tanishib chiqmay turib, ularni imzolash talabini rad etishga haqlisiz.

162

3. Kredit shartnomasi tuzishda shartnoma tuziladigan tilni tanlash huquqiga egasiz (davlat yoki rus tillarida).

162

4. Kredit shartnomasi loyihasini bank tashqarisida tanishib chiqish va maslahatlashish uchun olib ketishga haqlisiz.

162

5. Kredit shartlari va qiymati, kredit to‘lovlari va uni to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar tartibi (foizlar, jarima va penyalar), kredit shartnomasida belgilangan tomonlarning o‘zaro huquq va majburiyatlari, kredit shartnomasi bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar va javobgarliklar, shuningdek shartnomada sizga tushunarsiz bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan bankdan to‘liq va batafsil ma'lumot olishga haqlisiz.

162

6. Kredit shartnomasi imzolanganidan keyin, biroq pul mablag‘lari haqiqatda olingunga qadar siz kredit olishni biron-bir to‘lovlarsiz voz kechish huquqiga egasiz. Bank xodimlari o‘z manfaatlari yo‘lida kredit yoki boshqa bank xizmatlarini olishda ko‘maklashish uchun qo‘shimcha tulov talab qilishga haqli emas.

162

7. Bank xodimining xizmat ko‘rsatish jarayonidagi qo‘pol munosabati va sifatsiz xizmat ko‘rsatishi yuzasidan bank rahbariyatiga shikoyat qilishga haqlisiz.




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Bank siriga nigoh tashlaymiz

Bank siriga nigoh tashlaymiz

Bankka tashrif buyurganda nimalarni bilish lozim?

Bankka tashrif buyurganda nimalarni bilish lozim?

Sizning biznesingiz uchun eng mos bo‘lgan bankni qanday tanlash mumkin?

Sizning biznesingiz uchun eng mos bo‘lgan bankni qanday tanlash mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X