Ta'lim kredit olish uchun imtiyozli kredit

Oxirgi yangilanish:  21 Iyul 2023 12:59
1765
Ta'lim kredit olish uchun imtiyozli kredit
7
Imtiyozli ta'lim krediti kimlarga ajratiladi?

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xorijiy, davlat, nodavlat, oliy, o‘rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida, shuningdek, qo‘shma ta'lim dasturlari bo‘yicha bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga ajratiladi.

Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a'zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar ta'lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.

Imtiyozli ta'lim krediti qancha muddatga ajratiladi?

Rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. Agar talaba 1-kurs bo‘lsa 11 yil 7 oy muddatgacha kredit to‘lovlarini to‘lashi mumkin.

Imtiyozli ta'lim krediti qancha miqdorda ajratiladi?

Talaba va ta'lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontraktda ko‘rsatilgan miqdorda

Imtiyozli ta'lim kredit foiz stavkasi qanday?

Ta'lim krediti tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasida (14 foiz) ajratiladi. Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta'lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutonasib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta'lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoldiriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 avgustdagi 457-sonli qaroriga asosan hotin-qizlar uchun foizsiz (0 % stavkada) ajratiladi.

Imtiyozli kredit xotin-qizlarga ajratilganda kreditning foiz to‘lovi Moliya vazirligi huzuridgi Ta'lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.


Qanday xujjatlar talab etiladi?

-Ariza

-Mijoz shaxsini tasdiqlovchi xujjat

-Kredit qaytarilish ta'minoti

-Ta'lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma

Qanday ta'minot turlari kerak? Ta'minotsiz ham olish mumkinmi?

-Mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi

-Uchinchi shaxs kafilligi

-Kredit qaytmaslik xatari sug‘urta polisi


“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta'lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.


Imtiyozli ta'lim krediti qanday hollarda ajratilmaydi?

Imtiyozli ta'lim krediti tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun hamda qo‘shma ta'lim dasturlarining O‘zbekistondan tashqaridagi o‘qish davri uchun ajratilmaydi.

Imtiyozli ta'lim kredit olish uchun qaysi banklarga murojaat qilish kerak?

Kredit oluvchi ta'lim kreditini olish uchun Iqtisodiyot va Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e'lon qilingan tijorat banklariga murojaat qilishi mumkin.

Vazirlik bilan bosh bitim imzolagan tijorat banklar ro‘yxati:

  1. Mikrokredit bank
  2. Turon bank
  3. Asaka bank
  4. Orient Finans Bank;
  5. Agrobank
  6. Milliy bank
  7. Xalq banki
  8. O‘zsanoatqurilishbank
  9. Ipoteka bank
  10. Hamkorbank
  11. Qishloqqurilishbank



Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Lizing o‘zi nima?

Lizing o‘zi nima?

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X