«Mikroqarz» nima va uni qanday olish mumkin?

Oxirgi yangilanish:  22 Iyul 2024 18:46
18896
«Mikroqarz» nima va uni qanday olish mumkin?
65

Kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelganda, mikroqarz kabi kredit mahsulotlar turi qisqa muddatli va har qanday maqsadlar uchun Sizga pul mablag‘larini tez va oson olish imkonini beradi.

Mikroqarzlar banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida faqat jismoniy shaxslarga taqdim etiladi.

Mikroqarzning miqdori qarz oluvchining to‘lov qobiliyatiga bog‘liq, ammo 100 mln. so‘mdan oshib keta olmaydi.

08Mikroqarz O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida naqd yoki bank kartasiga nadq pulsiz ko‘rinishda taqdim etiladi. Shu bilan birga, bank kartasi debet yoki kredit kartasi bo‘lishi mumkin.

Naqd pulsiz shaklda olingan mikroqarz, bank kartasidan foydalanish orqali tovar, ish va xizmatlar uchun to‘lash imkonini beradi.

Shu bilan birga, bank tomonidan bank kartasiga mablag‘larni o‘tkazish orqali beriladigan mikroqarzning asosiy xususiyatlari quyidagicha:

  • har bir kishi uchun uning o‘rtacha oylik daromadi, kredit tarixi, va boshqa omillar asosida alohida hisoblanib bank tomonidan belgilangan limit doirasida taqdim etiladi;
  • foizlar ruxsat etilgan limit emas, faqat haqiqatda ishlatilgan mablag‘lar bo‘yicha hisoblanadi;
  • qarzning o‘z vaqtida qaytarilishi kredit xizmatini qayta tiklash imkonini beradi.

16Shu bilan birga, mikroqarzning limiti debet kartasi uchun overdraft shaklida ochilishi mumkin, bu uning egasiga o‘z va qarz mablag‘larini ishlatish imkonini beradi, ya’ni kartada mavjud bo‘lgan mablag‘lardan oshadigan summa hamda qarz oluvchining o‘z mablag‘larini akkumulyatsiyalash (to‘plash)ni o‘z ichiga olmaydigan kredit kartalari uchun ham ochilishi mumkin. Shu bilan birga, overdraft banklar tomonidan chiqarilgan debet kartalariga asosan ish haqini to‘lash yoki pensiyani o‘tkazib berish uchun beriladi.

Debet kartasiga mablag‘larni o‘tkazish yo‘li bilan berilgan mikroqarzning so‘ndirilishi avtomatik (bank qarz summasini mablag‘lar karta hisobiga tushganda yechib oladi) tarzda sodir bo‘ladi. Kredit kartasi berilganda, qarz oluvchi kreditni so‘ndirishi uchun hisobga kredit shartnomasida belgilangan to‘lov miqdorini o‘z vaqtida kiritishi shart.

Mikroqarzni qanday olish mumkin?

18

Birinchidan, Siz uchun qulay shartlarda mikroqarzni taqdim etishga qodir bank yoki mikrokredit tashkilotini tanlash kerak. Mikroqarz berish shartlari haqida ma’lumot bilan banklar va mikrokredit tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari (agar ular mavjud bo‘lsa) va/yoki ularning ofislariga tashrif buyurish orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Mikroqarz olish uchun Siz murojaat qilmoqchi bo‘lgan tashkilotni tanlab, bank yoki mikrokredit tashkilotiga quyidagilarni taqdim etishingiz kerak:

  • mikroqarz olish uchun ariza;
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ identifikatsiya ID-kartasi/ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/ harbiy bilet);
  • faoliyat va daromad haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar.
Mikroqarz bo‘yicha ta’minot uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polisi, likvidlikka ega bo‘lgan mol-mulk garovi va boshqalar bo‘lishi mumkin.

Mikroqarz beruvchi tashkilot arizani olgandan so‘ng uch ish kuni ichida uni ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishi shart.

Shu bilan birga mikroqarz berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinishiga ta’sir etuvchi omillar:17

  • ijobiy kredit tarixi;
  • doimiy daromad manbaining mavjudligi;
  • yetarli ta’minotni ta’minlash;
  • kerakli hujjatlarni to‘liq taqdim etish.

Shuni ta’kidlash kerakki, ba’zi banklarning mobil ilovalari masofadan turib mikroqarz olish imkonini beradi.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Lizing o‘zi nima?

Lizing o‘zi nima?

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X