Siz kafil sifatida barcha majburiyatlaringizni bilasizmi?

Oxirgi yangilanish:  2 Apr 2021 17:26
2794
Siz kafil sifatida barcha majburiyatlaringizni bilasizmi?
11

Hamkasb do‘stingiz o‘zi olayotgan kredit kartasi, mikroqarz, overdraft yoki iste'mol krediti uchun sizdan kafil bo‘lishni so‘raganmi?

Kafillik – kredit ta'minotining bir turi bo‘lib, unda kafil kreditni qarzdor tomonidan to‘liq yoki qisman to‘lanishiga kafolat beradi, aks holda, kafilning o‘zi kreditni kafillik summasi doirasida to‘lab berishni o‘z bo‘yniga oladi. Bankning ichki tartibidan kelib chiqqan holda, kredit ta'minoti uchun kafillikni qabul qilishga limit o‘rnatilishi mumkin, masalan, 50 mln. so‘mdan yuqori kreditlarga kafillikdan boshqa ta'minot turlari talab etilishi mumkin.

Kafilning majburiyatlarini bilasizmi?

Siz kafillik shartnomasiga imzo chekkaningizdan so‘ng, do‘stingiz bilan bir qatorda kredit to‘lanishiga javobgar hisoblanasiz. Do‘stingiz ma'lum bir sabablarga ko‘ra kreditni to‘lamaganda kreditni to‘lab berish majburiyati uning o‘rniga sizga yuklatiladi.

Bank kredit shartlari buzilganda muddati o‘tgan qarzdorlikni to‘liq undirish uchun ishni sudga oshirish huquqiga ega. Bunda qarzdor bilan birgalikda kafil ham barobar javobgar bo‘ladi, hattoki, sud bo‘yicha davlat boji harajatlariga ham.

Kafillikka rozi bo‘lishdan oldin, moliyaviy savodxonlikka ega inson sifatida do‘stingizdan quyidagilarni so‘rab olsangiz, foydadan holi bo‘lmaydi:

  • kredit summasi va foizi;
  • kredit muddati;
  • kredit turi va maqsadi;
  • kredit to‘lov grafigi bo‘yicha oylik to‘lov summasi;
  • kredit ta'minotiga boshqa garov mulklari qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganligi;
  • do‘stingizni boshqa kreditlari bor yoki yo‘qligi;
  • do‘stingizning oylik daromadlari;
  • do‘stingizni shaxsiy xarakteriga: punktualligi, tartibliligi, hisobliligi.

Kafillik uchun qanday hujjatlar topshiriladi?

Kafil – jismoniy shaxs:

  • pasportingiz nusxasi;
  • ish joyingizdan oylik daromadingiz to‘g‘risidagi ma'lumotnoma.

Kafil – yuridik shaxs:

  • tashkilot so‘nggi hisobot yili uchun yillik moliyaviy hisoboti (Forma 1, 2);
  • hisobvaraq aylanmasidan ko‘chirma;
  • tashkilot kafilligini taqdim etishga tashkilot rahbarining roziligi.

Do‘stingiz kreditni o‘z vaqtida to‘lashiga kafolat berishdan oldin, o‘z moliyaviy imkoniyatlaringizni ham sarhisob qilib oling. Chunki bu kredit bo‘yicha siz ham birdek javobgarsiz!




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Pensionerlar uchun kreditlar

Pensionerlar uchun kreditlar

Lizing o‘zi nima?

Lizing o‘zi nima?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X