Oilakredit.uz platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi tasdiqlandi

Oxirgi yangilanish:  8 Iyun 2023 09:29
33754
Oilakredit.uz platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi tasdiqlandi
29
Quyidagi hollarda ariza tizim tomonidan skoring ma'lumotlari asosida avtomatik ravishda rad etiladi:
  • qarz oluvchining oldin yuborgan arizasi ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lganda;
  • 18 yoshga to‘lmagan fuqaro nomidan ariza berilganda;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga;
  • muomala layoqati cheklangan yoki mehnatga layoqatsiz fuqaro nomidan ariza berilganda;
  • dastur doirasida to‘liq qaytarilmagan kredit mavjud bo‘lganda (Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratiladigan kreditlar bundan mustasno);
  • bank kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lganda;
  • avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalanilganda;
  • salbiy kredit tarixiga ega bo‘lganda;
  • soliq organlari, majburiy ijro byurosi organlari va boshqa to‘lovlardan qarzdorligi mavjud bo‘lganda.
Quyidagi maqsadlar uchun kredit ajratilmaydi:
  • ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
  • alkogol' va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
  • savdo-vositachilikni amalga oshirish;
  • umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablag‘larini shakllantirish;
  • ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni (mebel', uyali telefon, maishiy texnika va boshqalar) sotib olish;
  • engil avtotransport vositalari (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda ishtirok etuvchi kichik mototransport vositalari bundan mustasno), jumladan, yo‘lovchi tashuvchi avtomobillar sotib olish;
  • ma'muriy xarajatlarni to‘lash, jumladan, xizmat avtomobillari ta'minoti;
  • bino va inshootlar sotib olish va qurish (Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi bo‘yicha dala do‘koni, urug‘lik, mineral o‘g‘it va ko‘chat do‘konlari tashkil qilish bo‘yicha ko‘zlangan maqsadlar hamda yengil konstruksiyali bino va inshootlar qurish bundan mustasno) uchun ajratilmaydi.
Arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari
  • bir kun muddatda - skoring baholash avtomatlashtirilgan holatda;
  • besh ish kuni mobaynida – hokim yordamchisi qarz oluvchining arizasiga asosan joyiga chiqqan holda kredit olish uchun tavsiyanoma berishi yoki rad etishi;
  • uch ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda – tijorat banklari tomonidan kredit ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi;
  • o‘n besh ish kuni mobaynida - marketpleys tizimida qarz oluvchi va mahsulot yetkazib beruvchi o‘rtasida mahsulot va xizmatlarni yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzilib, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi lozim. (mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan qarz oluvchiga marketpleys tizimida tanlagan tovar(lar) shartnoma tuzilgan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda yetkazib berilishi, xizmatlar esa yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rsatilishi lozim);
  • uch ish kunida - hokim yordamchisi joyiga chiqqan holda, tovarlar haqiqatdan yetkazib berilganligi yoki berilmaganligi (xizmatlar ko‘rsatilganligi yoki ko‘rsatilmaganligi) to‘g‘risida fotohisobot shaklida elektron dalolatnoma tuzadi;
  • uch bank ish kunida - to‘lovlar bank tomonidan mahsulot yetkazib beruvchiga pul o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkazib beriladi.




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Yoshlar tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar

Yoshlar tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar

O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslarga yaratilgan imkoniyatlardan foydalaning

O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslarga yaratilgan imkoniyatlardan foydalaning

Oilakredit.uz platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi tasdiqlandi

Oilakredit.uz platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi tasdiqlandi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X