Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Qarz oluvchi vafot etganidan keyin qarzni kim to'laydi?

Oxirgi yangilanish:  27 Iyun 2024 18:00
4621
Qarz oluvchi vafot etganidan keyin qarzni kim to'laydi?
2

Kredit shartnomasini tuzishda banklar ko'pincha birgalikda qarz oluvchilar va kafillarni jalb qiladilar. Ular o'z majburiyatlari bo'yicha teng darajada javobgar bo'ladilar. Masalan, qarzni to'lamagan yoki asosiy qarzdor vafot etgan taqdirda. Mas'uliyat miqdori shartnomada belgilanadi. Odatda bu kredit summasini va hisoblangan foizlarni to'lashni o'z ichiga oladi.

Masalan, Shahlo R. otasining krediti boʻyicha birgalikda qarz oluvchi sifatida ishtirok etgan – otasi dala hovliga qatnashi uchun avtokredit rasmiylashtirib, avtomashina sotib olgan. Otaning vafotidan so'ng, mashina bilan birga kreditni to'lash majburiyatlari ham qiziga o'tdi. Shahlo merosni qabul qilib, qarzni muddatidan oldin yopishga kirishdi. Bu mulkdan voz kechishdan ko'ra foydaliroq edi, chunki kreditning yarmi allaqachon to'langan edi.

Birgalikda qarz oluvchilar sifatida ko'pincha turmush o'rtoqlar, ota-onalar va bolalar ishtirok etadilar. Agar asosiy qarz oluvchi vafot etsa, u holda kredit birgalikda qarz oluvchi sifatida istirok etgan shaxs tomonidan to'lanishi kerak.

O'limdan keyin kredit tashkilotlari oldidagi barcha majburiyatlar marhumning ko'chmas mulkini, avtomashinalarini va boshqa mol-mulkini olgan shaxsga o'tadi, ya'ni uning ota-onasi, eri yoki xotini, bolalari va boshqa merosxo`rlar (agar vasiyatnoma bo`lmasa). Faqat huquqlarni olib, majburiyatlardan voz kechish mumkin emas. Boshqa odamlarning qarzlarini to'lashdan qochishning yagona yo'li - merosni qabul qilmaslik va rad etishni notarial tasdiqlashdir.

Merosxo'rlar har biriga o'tkazilgan mol-mulk qiymati miqdorida qarzdorlar sifatida javobgar bo'ladilar.

Kreditorlar merosxo'rlarga o'z talablarini faqatgina vafot etgan shaxsdan o'tgan mol-mulk qiymati doirasida, ya`ni undan ortiq bo'lmagan miqdorda taqdim etishga haqlidirlar.

Merosxo'rlar kreditorlar oldida o'z mol-mulki bilan javobgar emaslar - qarzlarni to'lash faqat qabul qilingan meros miqdori doirasida amalga oshiriladi.

Misol uchun, agar ota o'z mol-mulkining uchdan ikki qismini qiziga va faqat uchdan bir qismini o'g'liga vasiyat qilgan bo'lsa, ular otaning bank oldidagi qarzlarini tegishli ulushlarda to'lashlari kerak.

Yana bir holatga misol qilib keltirish mumkinki, marhumning qonuniy merosxo'rlari teng ulushlarda turmush o'rtog'i, o'g'li va qizi hisoblanadi. Qizi marhumning xotini foydasiga merosdan o'z ulushini rad etdi - bu holda merosning uchdan ikki qismiga xotini, uchdan bir qismiga esa o'g'li ega va ular qarzlarni ham tegishli ulushlarda to'lashlari kerak bo'ladi.

Amalda, kreditni to'lash imkoniyati yo'qligi aniqlangan holatlar ham mavjud bo`lib, ushbu kredit "ymidsiz " deb tasniflanadi.

Meross bo`lib o`tmaydigan qarzlar

Qonunga ko‘ra (FK 1113-moddasi ikkinchi qismi), meros tarkibiga meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan quyidagi huquq va majburiyatlar kirmaydi:

  • yuridik shaxs hisoblangan tijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga a’zolik, ularda ishtirok etish huquqlari, agar qonun yoki shartnomada boshqa hol belgilangan bo‘lmasa;
  • hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun tovon undirish huquqi;
  • aliment majburiyatlari tufayli yuzaga kelgan huquqlar va majburiyatlar;
  • mehnat va ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar olish huquqi;
  • mulkiy huquqlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar (FK sakkizinchi bobi).

Ushbu turdagi majburiyatlar vasiyat qiluvchi vafot etganidan keyin darhol bekor qilinadi. Ammo qolgan qarzlar meros bo'lib qoladi. Masalan, kommunal to'lovlar, vafot etganning qarzi (kredit) yoki to'lanmagan soliqlar.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Lizing o‘zi nima?

Lizing o‘zi nima?

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X