Ta'lim krediti: yangiliklar va o‘zgarishlar

Oxirgi yangilanish:  12 May 2022 10:32
1336
Ta'lim krediti: yangiliklar va o‘zgarishlar
1

Agar siz oliy ta'lim dargohiga shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan bo‘lsangiz, sizda ta'lim kreditidan foydalanish imkoniyati mavjud. Keling, buning uchun siz nimalarni bilib olishingiz muhimligi to‘g‘risida batafsil gaplashamiz!

Joriy yil 18 avgustdagi 527-sonli Hukumat qarori bilan “Moliya vazirligi huzuridagi Ta'lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan oliy ta'lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta'lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi

Ushbu Nizomga ko‘ra ta'lim kreditini ajratish bo‘yicha quyidagi shartlar belgilandi:

Ta'lim krediti kimlarga beriladi?

  1. Ta'lim kreditlari oliy ta'lim tashkilotlarining kunduzgi ta'lim shaklida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.
  2. Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila a'zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin;

Qaysi oliy o‘quv yurtiga qabul qilingan talabalar mazkur ta'lim kreditiga ega bo‘lishlari mumkin?

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan barcha oliy ta'lim tashkilotlari – ya'ni, davlat, nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda qo‘shma ta'lim dasturlari bo‘yicha bakalavriatning kunduzgi ta'lim shaklida yoki magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ta'lim kreditiga ega bo‘lishlari mumkin.

Ta'lim krediti qancha miqdorda va necha foiz asosida beriladi?

Ta'lim krediti to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi Markaziy bank asosiy stavkasida ajratiladi.

(!) Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta'lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta'lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.

Ta'lim kreditini rasmiylashtirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
  • ta'lim kredtini olish to‘g‘risidagi ariza;
  • talaba va oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
  • ta'lim krediti qaytarilishining ta'minoti bo‘yicha hujjat;
  • birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma'lumotlar va hujjatlar.
E'tibor bering! Ta'lim krediti qaytarilishi bo‘yicha qanday ta'minot taqdim etilishi bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq belgilanadi. Agar talaba “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilaning farzandi bo‘lsa, ta'lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi – ular “ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma berishlari kifoya.

Bank taqdim etilgan hujjatlarni 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va ushbu talabaga ta'lim krediti ajratish yoki ajratmaslik bo‘yicha qaror qabul qiladi. Kredit berishni rad etgan taqdirda, arizachiga rad etish sababi ko‘rsatilgan holda javob xati beriladi.

Ta'lim krediti mablag‘lari tijorat banki tomonidan taqdim etilgan shartnoma yoki hisob varaqasi/fakturasida ko‘rsatib o‘tilgan hisobvarag‘iga mablag‘ ko‘chirish yo‘li bilan o‘tkazib beriladi.

(!) Bunda, ta'lim krediti to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan yillik to‘lovning to‘liq miqdori teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lab kredit oluvchining yozma topshirig‘i asosida o‘tkaziladi:

  • Birinchi qismi (kamida 25 foizi) – 1 bosqich uchun har yili 15 sentyabrgacha, 2 va undan yuqori bosqichlar uchun har yili 1 oktyabrgacha;
  • ikkinchi qismi (kamida 50 foizi) – har yili 1 yanvargacha;
  • uchinchi qismi (kamida 75 foizi) – har yili 1 aprelgacha;
  • to‘rinchi qismi (100 foizi) – har yili 1 iyulgacha bo‘lgan muddatda
Tegishli to‘lovni amalga oshirish uchun kredit oluvchi tijorat bankiga yuqorida belgilangan sanalarga qadar murojaat qilishi lozim.

Ta'lim kreditini qaytarish tartibi qanday?

Ta'lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Ushbu vaqtga qadar ta'lim krediti bo‘yicha faqat foiz to‘lovlri to‘lab boriladi.

Ta'lim kreditini belgilangan muddatdan oldin so‘ndirish mumkinmi?

Agar qarz oluvchida qo‘shimcha mablag‘ mavjud bo‘lsa, ta'lim kreditini muddatidan oldin so‘ndirishga haqli. Deylik, o‘qishni bitirdingiz va birdan daromad manbaiga ega bo‘ldingiz – shunda siz 7 oy faqat kredit bo‘yicha foiz to‘lab bormasdan, asosiy qarzni ham so‘ndirib borishingiz mumkin. Bunda kredit bo‘yicha umumiy to‘lovlaringiz miqdori kamroq bo‘ladi.

Eslab qoling! Har qanday uzoq muddatli kreditni muddatidan oldin so‘ndirish ushbu kredit bo‘yicha umumiy to‘lovlar miqdorining kamayishiga yordam beradi.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Lizing o‘zi nima?

Lizing o‘zi nima?

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X