Lizing o‘zi nima?

Oxirgi yangilanish:  20 Avg 2020 18:14
26644
Lizing o‘zi nima?
147

Lizing – bu uzoq muddatli ijara bo‘lib, uning oxirida ijaraga olingan obyektni sotib olish imkonini beradi. Bir tomondan bu oddiy ijara shakliga juda ham o‘xshash. Aslida esa ular o‘rtasidagi farq yetarlicha aniq.

Lizing – bu xizmatdir. Misol uchun, traktorni lizingga olmoqchi bo‘lgan fermer ushbu xizmat turini ko‘rsatuvchi kompaniyaga tashrif buyuradi. O‘z navbatida, kompaniya o‘z mablag‘lari hisobiga traktorni xarid qiladi va uni mijozga ma’lum miqdordagi to‘lov evaziga muddatli foydalanish uchun topshiradi. Belgilangan ijara muddati yakunlanganidan so‘ng esa traktorga egalik qilish huquqi bevosita mijozning nomiga o‘tadi.

Lizingda bitim predmetini mijoz tanlaydi. U sotuvchini tanlaydi. Xaridni esa lizing kompaniyasi amalga oshiradi va sotib olingan tovarni mijozga vaqtinchalik foydalanishi uchun kelishilgan muddatga beradi. Belgilangan summa to‘langandan keyin, ijaradagi mulk mijozning tasarrufiga o‘tadi.

Лизинг UZB

История UZB

Lizing kimlar uchun?

Maxsus uskunalar, transport vositalari, ko‘chmas mulk yoki biznes jihozlariga muhtoj yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar lizingdan foydalanadi. Agar Sizga mashina kerak bo‘lsa, Siz jismoniy shaxs sifatida ham lizingni olish imkoniyatiga egasiz.

O‘zbekiston Respublikasining 14.04.1999 sanasidagi №756-I-sonli “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 3-kichik bobi, 34-bo‘lim, 6-paragraf “Lizing”

Lizing obyektlari

O‘zbekistonda lizing obyektlari sifatida tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va boshqa ko‘char va ko‘chmas mulklar bo‘lishi mumkin. (O‘zbekiston Respublikasining 14.04.1999 yil sanasidagi №756-I-sonli “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuni).

Nimani lizingga olish mumkin emas?

Yer uchastkasini, tabiiy obyektni (masalan, dala yoki ko‘l) va davlatga tegishli bo‘lgan hamda qonun bo‘yicha erkin muomalaga chiqarilmaydigan mulkni (masalan, binolar, madaniy yodgorliklar) lizingga olish mumkin emas.

Kredit va lizingni xususiyatlarini taqqoslaganda:

Lizing Kredit
Ishtirokchilar lizing uch tomonlama (sotuvchi – lizing beruvchi – lizing oluvchi) yoki ikki tomonlama (lizing beruvchi – lizing oluvchi) shartnomaga asosida amalga oshiriladi. kredit ikki tomonlama (kredit beruvchi – qarz oluvchi) shartnomaga asosan tuziladi.
Egasi kim bo‘lib hisoblanadi shartnomaning amal qilish muddati davomida mulk egasi lizing beruvchi hisoblanadi va u istalgan vaqtda mulkni qaytarib olishi mumkin. bitimdan so‘ng sotib olingan mulkning egasi darhol korxona, yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxs hisoblanadi.
To‘lovlar · lizing bo‘yicha to‘lovlar (lizing foizlari va asosiy qarz);
· sug‘urta badallari;
· boshlang‘ich to‘lov mulk narxining 20-30% tashkil etadi.
· kredit bo‘yicha to‘lovlar (kredit foizlari, asosiy qarz, sug‘urta);
· boshlang‘ich to‘lov mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Mulk solig‘i egalik, foydalanish huquqi lizing oluvchida bo‘lib mulk uning balansida turadi, shuning uchun mol-mulk solig‘iga tortiladi. mulk darhol korxonaning nomiga o‘tadi, demak u soliqqa tortiladi.

Lizing to‘lovlarini qanday amalga oshirish kerak?

O‘zbekistonda lizing to‘lovlari bir necha bosqichda amalga oshiriladi:

  • Dastlabki to‘lov – bu odatda tovarning sotib olish narxining
    20-30%ni tashkil etadi;
  • Oylik to‘lovlar. Ular ikki xil shaklda bo‘ladi: annuitet (butun muddat davomida bir xil miqdorda oylik to‘lovlarni amalga oshirasiz) va regressiv – birinchi oyda Siz ko‘proq to‘lovni amalga oshirasiz, keyingi oylarda to‘lov miqdori asta-sekin kamayadi.



Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Pensionerlar uchun kreditlar

Pensionerlar uchun kreditlar

Lizing o‘zi nima?

Lizing o‘zi nima?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X