Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

“Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirdi

Oxirgi yangilanish:  19 Fev 2025 16:33
268
“Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirdi

Prezident tomonidan 18 fevral kuni “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.

Endilikda kafolatlangan omonat miqdori bir bankda bir omonatchiga 200 mln so‘mni tashkil etadi. Bu talab bankka qo‘yiladigan yangi omonatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Agar Sizning banklarda yangi qonun kuchga kirgunga qadar qo‘ygan muddatli yoki jamg‘arma omonatingiz bo‘lsa, omonatlaringiz miqdoridan qat’i nazar to‘liq kafolatlanadi.

Agarda pulingiz 200 mln so‘mdan kam miqdorni tashkil etadigan bo‘lsa, unda omonatingiz to‘liq miqdorda kafolatlanadi.

Yana bir yangilik, endilikda faqat aholining emas, balki tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlarning ham omonatlari kafolatlanadi.

Omonatlarni kafolatlash nima uchun kerak va ularni ma’lum miqdorda kafolatlashning muhim jihatlari nimalardan iborat?

Birinchidan, bu omonatchilarni himoya qilish, ya’ni bank tugatilgan taqdirda, omonatchilarga ularning mablag‘larini qaytarish;

Ikkinchidan, bu banklarni yuqori foiz stavka bilan emas, balki barqaror faoliyat bilan raqobatlashishga undaydi.

Omonat miqdoringiz 200 mln so‘mdan oshsa, qanday kafolatlanadi?

Shuni aytish kerakki, kafolatlangan omonat miqdori 200 mln so‘mni tashkil etadi degani, bankka undan ko‘proq pul qo‘yish mumkin emasligini anglatmaydi. Aksincha pullarni bankda saqlash, ularni uyda saqlashdan ancha xavfsiz va manfaatli. Omonatni bu miqdorda kafolatlash esa faqatgina bank tugatilgan taqdirdagina qo‘llaniladi, aks holda banklar omonatlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini shartnoma asosida bajaraveradi.

Kompensatsiya to‘lab berish muddatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak: yangi qonun qabul qilinguncha omonatlarni qaytarib berishni boshlash muddati 83 kunni tashkil etgan, endi esa bu muddat 20 ish kunini tashkil etadi va bosqichma-bosqich 7 ish kuniga qisqartiriladi. Bu degani Agentlik kompensatsiyani to‘lab berishni boshlashi uchun unga eng uzog‘i bilan 20 ish kuni beriladi, zarur tadbirlar amalga oshirilgan taqdirda, Agentlik ushbu muddatdan ham oldin to‘lab berishi mumkin bo‘ladi.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Omonat nima va uni qanday tushunish kerak?

Omonat nima va uni qanday tushunish kerak?

Depozit (omonat)ni qanday ochish mumkin

Depozit (omonat)ni qanday ochish mumkin

Omonat foizlarini pog‘onali hisoblash: u o‘zi nima va qanday hisoblanadi?

Omonat foizlarini pog‘onali hisoblash: u o‘zi nima va qanday hisoblanadi?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X