Valyutaga bog‘liq holda jamg‘armani omonat yordamida qanday qilib ko‘paytirish mumkin?

Oxirgi yangilanish:  6 Yan 2022 18:06
2055
Valyutaga bog‘liq holda jamg‘armani omonat yordamida qanday qilib ko‘paytirish mumkin?
5

Keling milliy va xorijiy valyutadagi omonatdan keladigan daromadlarning farqini ko‘ramiz. Valyutaga qarab yillik foiz stavkalar farqlanadi. Amaliyotda, milliy valyutadagi omonat foiz stavkalari xorijiy valyutadagi omonat foiz stavkalariga nisbatan bir muncha yuqoriroq.

44Misol uchun: Aytaylik, Sizda 10 000 000 so‘m mablag‘ingiz bor va Siz «A-bank»ga oddiy foizlarda hisoblanadigan omonat qo‘yishga qaror qildingiz, ammo qaysi valyutada omonatni ochishni o‘ylayapsiz.

Tasavvur qilaylik, 2019 yilning 13 mayida Siz so‘m mablag‘ingizni dollar valyutasiga ayirboshladingiz. O‘sha davrda, bankda dollar kursi 1 AQSH dollari = 9 500.54 so‘mni tashkil etgan, shunda 10 000 000 so‘m = 1052.57 AQSH dollariga teng bo‘ladi. Agar Siz ushbu mablag‘ingizni 1 yil muddatga AQSH dollarida omonatga qo‘ysangiz (xorijiy valyutadagi omonatlarning o‘rtacha foizi – yillik 5%), unda bir yildan so‘ng Siz 1 105.20 AQSH dollarini olasiz.

Bu yerda foyda quyidagicha bo‘ladi:
1052,57 AQSH dollari * 5 / 100 = 52,63 AQSH dollari

43

Agar Siz bankda milliy valyutada omonat ochsangiz, unda Siz quyidagi miqdordagi summani qabul qilasiz (omonat bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari - 20 %). Demak:

Bu yerda foyda quyidagicha bo‘ladi: 
10 000 000 so’m * 20 / 100 = 2 000 000 so’m

Bu shuni anglatadiki, omonat muddati so‘ngida Siz 12 000 000 so‘m miqdorda pulni qabul qilasiz.

Xo‘sh qaysi biri foydaliroq? Qaysi biri ko‘proq - 1105,20 AQSH dollarimi yoki 12 000 000 so‘m? Buning uchun AQSH dollarini so‘mga aylantiramiz ya'ni $1105.20*10100 so‘m (13.05.2020 holatidagi bank kursi - omonat ochilgandan bir yildan so‘ng) = 11 162 523 so‘m, bu esa milliy valyutadagi omonatdan keladigan daromaddan 837 477 so‘mga kamroq.

Muhim!!! Ma'lumotlar faqatgina ta'lim maqsadida shakllantirildi. Valyuta kurslari, omonat shartlari va foiz stavkalari o‘zgarishi mumkin, shuning uchun ular bilan omonatni ochadigan vaqtda e'tibor bilan tanishib chiqish kerak. Tegishli ma'lumotlar bank ofislarida va ularning rasmiy veb saytlarida mavjud.



Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Omonat nima va uni qanday tushunish kerak?

Omonat nima va uni qanday tushunish kerak?

Depozit (omonat)ni qanday ochish mumkin

Depozit (omonat)ni qanday ochish mumkin

Omonat foizlarini pog‘onali hisoblash: u o‘zi nima va qanday hisoblanadi?

Omonat foizlarini pog‘onali hisoblash: u o‘zi nima va qanday hisoblanadi?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X