Bank omonatlarining shartlari qanday bo‘lishi mumkin?

Oxirgi yangilanish:  16 Noy 2021 12:49
1465
Bank omonatlarining shartlari qanday bo‘lishi mumkin?
4

Mablag‘larni omonatga joylashtirishda bank, ma'lum bir shartlar asosida omonat xizmatini taklif etishi mumkin. Omonatni ochishdan oldin uning shartlarini o‘rganish juda muhim, shundagina u sarmoya vositasi sifatida sizga foyda keltiradi. Omonatlarning qanday shartlari mavjduligini birma-bir ko‘rib chiqamiz:

Omonatning minimal va / yoki maksimal miqdori

Bank hisobraqamdagi mablag‘lar miqdoriga cheklov qo‘yadi yoki cheklovlarsiz omonatni to‘ldirish imkonini beradi. Ushbu cheklov omonatning saqlanishini ta'minlashga qaratilgan. Banklar eng kam miqdorni onlayn omonatlarni ochishda taklif etishi mumkin, bunday omonatlarni ochish uchun sizni qiziqtirgan bank mobil ilovasini o‘rnatish yetarli bo‘ladi. Agar sizni qiziqtirgan bankning kartasi sizda mavjud bo‘lmasa, havotirga o‘rin yo‘q – o‘zingizni istalgan bank kartangizni asosiy karta sifatida mobil ilovaga ulashingiz mumkin.

Foiz stavkalari

Omonat foizlari pog‘onali hisoblanishi mumkin, bunda omonatning foiz stavkasi turli davrlarda o‘zgarib turadi. Bundan tashqari, omonatni muddatidan oldin yopgan taqdirda, foiz muayyan shartlarga ko‘ra hisoblanishi mumkin. Shuningdek, foizlar oddiy yoki murakkab (bu kapitallizasiya deb ataladi, ya'ni omonatning foizlariga foiz hisoblanishi) foiz stavkasida hisoblanishi mumkin.

Maslahatimiz! Agar siz tanlagan omonatda kapitalizasiya bo‘lmasa ham, har oy omonatning asosiy qismiga ko‘paytirib, buni o‘zingiz amalga oshirishingiz mumkin. Shunday qilib, har oy alohida hisobvaraqqa kelib tushadigan foiz daromadlaringizni omonatning asosiy qismiga qo‘shib qo‘ying.

Foizlarni hisoblash

Hisoblangan foizlar har oyda yoki omonatni muddati tugagandan so‘ng berilishi mumkin.

Omonatni to‘ldirish

Ba'zi omonatlar qo‘shimcha badallar miqdori va ular amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan vaqt bo‘yicha cheklovlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Omonat quyidagilar bo‘yicha cheklovlarga ega bo‘lishi mumkin:

  • omonatga qo‘shimcha kirim qilish mumkin bo‘lga summaning eng kam miqdori;
  • omonat miqdorini ko‘paytirishning maksimal miqdori;
  • omonatning muddatining boshidan uning amal qilish muddatigacha;

  • omonat shartnomasi muddati tugaguniga qadar bo‘lgan muddatgacha.
Omonatning bir qismini yechish

Qisman yechish imkoniyati mavjud omonatlar, jamag‘armani erkin boshqarishga shart-sharoit yaratib, maksimal darajada qulay shartlarni taklif etadi. Biroq, ushbu omonat turi bo‘yicha ham banklar ba'zi cheklovlar qo‘yishi mumkin:

  • qisman yechishning maksimal miqdori
  • qisman yechishning eng kam miqdori
  • omonat asosiy summasining eng kam qoldig‘i
  • omonatning butun muddati davomida qisman yechib olish mumkin bo‘lgan mablag‘ning umumiy summasi;
  • omonatning butun muddati davomida qisman yechib olish bo‘yicha vaqtinchalik davr
Omonatni muddatidan oldin yopish

Agar omonatni muddatidan oldin yopishga qaror qilsangiz, bank hisoblangan foizlarni omonatning asosiy summasidan chegirib qolishi mumkin. Omonat foizlarini chegirib qolish holati omonatning muddatidan oldin yopilgan oyi uchun, ba'zida esa butun davr uchun qo‘llanilishi mumkin. Omonatni muddatidan oldin yopganda foizlarini yo‘qotmaslik, faqatgina bunday shart omonat shartnomasida ko‘zda tutilgan taqdirda, buning imkoniyati mavjud.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Omonat nima va uni qanday tushunish kerak?

Omonat nima va uni qanday tushunish kerak?

Depozit (omonat)ni qanday ochish mumkin

Depozit (omonat)ni qanday ochish mumkin

Omonat foizlarini pog‘onali hisoblash: u o‘zi nima va qanday hisoblanadi?

Omonat foizlarini pog‘onali hisoblash: u o‘zi nima va qanday hisoblanadi?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X