Markaziy bank asosiy stavkasi bu nima?

Oxirgi yangilanish:  29 Sen 2020 15:49
353
Markaziy bank asosiy stavkasi bu nima?
3

Markaziy bank asosiy stavkasi bu nima?

Markaziy banka asosiy stavkasi - pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri hisoblanadi.

Banklararo pul bozoridagi foiz stavkalari, shuningdek, Markaziy bank tomonidan bank tizimiga likvidlikni taqdim etish bevosita asosiy stavkaga bog'liq.

Shunday qilib, asosiy stavka iqtisodiyotdagi foiz stavkalari darajasiga, shuningdek, aholi va biznesning iste'mol va investitsion (sarmoya kiritish) qarorlariga ta'sir ko'rsatgan holda ichki talab va inflyatsiya darajasi o'zgarishida ahamiyat kasb etadi.

Asosiy stavka qanday va kim tomonidan belgilanadi?

Asosiy stavka darajasi Markaziy bank boshqaruvi majlislarida pul-kredit siyosati sharoitlari, joriy va kutilayotgan inflyatsiya darajasi hamda makroiqtisodiy holatni inobatga olgan holda belgilanadi. Odatda, agar inflyatsiya darajasi ko'tarilsa, Markaziy bank ham asosiy stavkani ko'taradi. Agar inflyatsiya darajasi pasaysa, bunda Markaziy bank asosiy stavkani pasaytiradi.

Asosiy stavka qanday qilib bank xizmatlariga ta'sir ko'rsatadi?

Markaziy bank asosiy stavkani o'zgartirishga qaror qilsa, bozorni mumkin bo'lgan o'sish yoki pasayish haqida avvaldan xabardor qiladi.

41O'z navbatida, tijorat banklari asosiy stavkaning traektoriyasini kuzatib, pul bozoridagi likvidlik yaqin kelajakda arzon yoki qimmatlashishini tushunadilar. Tabiiyki, bu esa, banklarni o'z mahsulotlari va xizmatlari narxlarini o'zgartirishga undaydi (masalan, aholi va tadbirkorlardan jalb etiladigan omonatlar va ularga ajratiladigan kreditlar bilan bog'liq xarajatlar).

Agar iqtisodiyotda inflyatsiya darajasining o'sish sur'ati jiddiy tezlashsa va Markaziy bank asosiy stavkani ko'tarsa, ushbu holat banklar tomonidan depozit va kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini oshirish ehtimolini yuzaga keltiradi. Bu esa, banklararo (joriy likvidlikni ta'minlash maqsadida banklar bir-birlariga pul mablag'larini ma'lum bir foiz evaziga taqdim etadigan bozor) va umuman olganda pul bozorida mablag'larni jalb etish bilan bog'liq xarajatlarni oshishiga olib keladi.

Inflyatsiya darajasi hamda asosiy stavkaning pasayishi banklararo pul bozorida pul mablag'larini jalb etish arzonlashishiga, bu esa, yuqori bo'lmagan foiz stavkalarida kreditlar ajratish orqali aholi va tadbirkorlar uchun moliyaviy manbalarning maqbullashishiga sabab bo'ladi.

E'tibor bering! Foiz stavkalarini pasaytirish banklararo raqobatga juda ham bog'liq.

02Markaziy bank asosiy stavkasi kredit tashkilotlari tomonidan mijozlar bilan shartnomalar tuzishda qo'llanilishi mumkin. Bunday hollarda kredit bo'yicha foiz stavkasi asosiy stavkaga "bog'langan" va foiz to'lovlari miqdori asosiy stavka darajasiga qarab o'zgaradi.

Mamlakatimizda 2020 yilning 11 sentabrdan boshlab asosiy stavka 14%ni tashkil etadi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000 yildan hozirgi kungacha bo'lgan asosiy stavkasi (ilgari qayta moliyalash stavkasi) dinamikasi (o'zgarish darajasi)ni Markaziy bankning veb-saytida ko'rish mumkin.




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Inflyatsiya haqida boshlang'ich tushuncha
4

Inflyatsiya haqida boshlang'ich tushuncha

Markaziy bank asosiy stavkasi bu nima?
3

Markaziy bank asosiy stavkasi bu nima?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X