Oltin quymalar nima va ulardan qanday foydalanish mumkin?

Oxirgi yangilanish:  27 Yan 2021 15:08
1360
Oltin quymalar nima va ulardan qanday foydalanish mumkin?
3

Oltin quymalar - og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar. Maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadog‘i sertifikat vazifasini bajaradi va o‘z seriya raqamiga ega bo‘ladi.

Oltin quymalar qanday bo‘ladi?

Oltin quymalar 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlanadi va 5, 10, 20 va 50 gramm og‘irlikda bo‘ladi.

gold1

Oltin quymalar Italiyaning "Certiline Srl." kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan maxsus qadoqlarda muomalaga chiqariladi.

gold2

Oltin quyma va uning qadog‘i bir xil seriya raqamiga ega. Qadoqda 3 turdagi himoya elementlari mavjud:

gold8

Himoya qadog‘ini ochish mumkinmi?

Agarda siz oltin quymasini kelajakda sotish niyatingiz bo‘lsa, himoya qatlamini ochish tavsiya etilmaydi. Oltin quyma va uning qadog‘i bir xil seriya raqamiga ega. Qadoqda 3 turdagi himoya elementlari mavjud - kriptoprint (qadoq ochilganda ko‘rinadi), himoya membranasi (himoya ochilganda o‘z rangini o’zgartiradi). Bundan tashqari, har bir oltin quymasi o‘z QR kodiga ega (quymaning aslligini tekshirish uchun).

Oltin quymalarini qayerda saqlash maqsadga muvofiq?

Oltin quymalarining xavfsiz saqlanishini ta'minlash juda muhimdir. Chunki, oltin quymasiga juda kichik miqdorda zarar yetsa ham bu uning narxini keskin tushirib yuborishi mumkin. Masalan, agar quyma zararlangan bo‘lsa, bank uni sotib olayotganda texnik ekspertiza o‘tkazadi va qayta baholaydi. Oltin quymalari himoyalangan qadoqlarda sotiladi va ularni bemalol uyda yoki bankda – individual bank yacheykalarini ijaraga olgan holda saqlash mumkin (oltin quymalari uchun 125 mm yacheykalar mos keladi).

Oltin quymalarini qayerda sotib olish mumkin?

Oltin quymalarini banklarda sotib olish imkoniyati mavjud. Banklarning manzillari va batafsil ma'lumotlarni Markaziy bank rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Oltin quymalarining narxi qancha?

Oltin quymalarinng narxlari bir hafta ichida bir necha marta o‘zgarishi mumkin – joriy narxlarni Markaziy bank rasmiy saytidan topish mumkin. Oltin quyilmalarini naqd pul orqali yoki naqd pulsiz to‘lov yordamida sotib olish imkoniyati mavjud.

Oltin quymalarini qayerda va kimga sotish mumkin?

Oltin quymalarini faqat banklarga sotish mumkin.

O‘lchovli oltin quymalarni qaytarib sotib olish qiymati, uni topshirilgan kundagi bir gramm qimmatbaho metall narxi va ushbu narxga qo‘llaniladigan chegirmadan kelib chiqib, quyidagi formula asosida hisoblanadi:

gold4

bunda:

∑ ― o‘lchovli oltin quymani qaytarib sotib olish uchun so‘mda to‘lanadigan qiymat;

V ― o‘lchovli oltin quymaning grammdagi og‘irligi;

PG/UZB ― bir gramm qimmatbaho metallning Markaziy bank tomonidan so‘mda belgilangan narxi;

D ― Markaziy bank tomonidan belgilangan chegirma miqdori (foizlarda).

Misol ko‘rib chiqamiz:

5 grammli oltin quymaning 2020 yilning 25 dekabrida qaytarib sotib olish hisob-kitobi:

  • Qadog‘i but holat uchun (chegirma miqdori – 1%)

Qaytarib sotib olish qiymati ═

 gold5

  • Qadog‘i buzilgan yoki amaldagi texnik talablarga mos kelmaydigan holat uchun (chegirma miqdori – 2%)

Qaytarib sotib olish qiymati

gold6

bunda,

  • o‘lchovli oltin quymaning og‘irligi – 5 gramm;
  • bir gramm oltinning narxi ═

gold7 

  • oltinning jahon bozoridagi narxi (LBMA fiksingi) – 1 875,00 doll./tr.uns.;
  • bir troya unsiyasining metrik grammdagi ekvivalenti = 31,1035 gramm;
  • 1 AQSh dollari uchun Markaziy bankning kursi – 10 473,77 so‘m.

Agarda himoya qobig‘i ochilgan bo‘lsa yoki oltin quymaga zarar yetgan holatlarda, bank tomondan texnik ekspertiza o‘tkaziladi (20 bank ish kuni mobaynida) va to‘lov ekspertizadan so‘ng amalga oshiriladi.

Oltin quymalarini qo‘lga kiritish va sotish tartibi

O‘lchovli oltin quymalarni sotib olish uchun jismoniy yoki yuridik shaxslar bankka murojaat qilishadi va naqd yoki naqd pulsiz shaklda to‘lovni amalga oshirishadi.

Shu kunning o‘zida xaridorga texnik xususiyatlarni tasdiqlovchi sertifikat bilan birga muhrlangan oltin quymasi taqdim etiladi. Har bir o‘lchovli oltin quymasi o‘z identifikatsion seriya raqamiga ega va ushbu raqam himoya qadog‘ida va sertifikatda ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Butun va zararlanmagan muhr va sertifikatga ega bo‘gan o‘lchovli yombilarni sotish (qaytarib berish) uchun oltin quyma egasi yana bankka murojaat qilishi lozim. Murojaat kunining o‘zida bank kerakli hisob-kitoblarni amalga oshiradi.

Oltin quymalarni chet elga olib chiqish mumkinmi?

Jismoniy shaxslar oltin quymalarni sertifikati bilan birga chet elga to‘siqlarsiz olib chiqishlari mumkin va qonunchilik tomonidan begilangan miqdordan oshgan holda (yombilar qiymati 5 000 AQSh$ dan oshgan holatda) bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish shart.




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Naqd va naqdsiz pullar

Naqd va naqdsiz pullar

Valyutalar

Valyutalar

Qanday qilib pul haqiqiyligini tekshirish mumkin?

Qanday qilib pul haqiqiyligini tekshirish mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X