Bankomat va POS-terminallar

Oxirgi yangilanish:  11 Fev 2021 15:40
527
Bankomat va POS-terminallar
1
Bankomat va POS-terminallarda bank kartalarini qo‘llashda xavfsizlik choralarini ko‘rish yuzasidan Markaziy bank tavsiyalari

Tavsiya etilayotgan xavfsizlik choralari maksimal darajada bank kartalaridagi jamg‘armalar saqlanishini va ruxsatsiz ishlatilishini oldini olishni ta'minlaydi.

Bankomatlarda:

  1. Bank kartasidan foydalangan holda operatsiyalarni amalga oshirish uchun bankomatni tanlashda siz yaqinda shubhali shaxslarning yo‘qligiga e'tibor berishingiz kerak. Agar bunday shaxslar bo‘lsa, siz bu yoki boshqa bankomatdan foydalanish uchun qulayroq vaqtni tanlashingiz kerak.
  2. Uchinchi shaxslarning maslahatiga quloq solmang va bank kartasi bilan operatsiyalarni amalga oshirishda ularning yordamini qabul qilmang.
  3. Bankomatni ishlatishdan oldin uning PIN-kod teriladigan joyida va kartalarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan joyida (uyada) joylashgan dizayniga mos kelmaydigan qo‘shimcha qurilmalar (masalan, notekis o‘rnatilgan PIN-kod terish klaviaturasi) mavjudligini ko‘zdan kechiring. Agar qo‘shimcha qurilmalar mavjud bo‘lsa, bunday bankomatdan foydalanishdan voz keching va bankomatda ko‘rsatilgan telefon orqali bank xodimlariga shubhalaringiz haqida xabar bering.
  4. Bankomatga bank kartasini kiritish uchun jismoniy kuch ishlatmang. Agar bank kartasi kiritilmasa, bunday bankomatdan foydalanmang.
  5. PIN-kodni kiritayotganda yaqin atrofdagi odamlar uni ko‘rmasligi uchun klaviaturani qo‘lingiz bilan yoping.
  6. Bankomatdan naqd pul olgandan so‘ng, banknotalarni birma-bir sanang, bank kartasi qaytishini kuting va kvitansiyani oling, ularni sumkaga (hamyonga, cho‘ntakka) soling va shundan keyingina bankomatni tark eting.
  7. Bankomat tomonidan chop etilgan kvitansiyalarni ularda ko‘rsatilgan summalarni keyinchalik bank hisobvarag‘i bilan taqqoslash uchun saqlab qo‘ying.
  8. Agar bankomat to‘g‘ri ishlamasa (masalan, u uzoq vaqt kutish rejimida bo‘lsa, o‘z-o‘zidan qayta o‘chib yoqilsa), siz bunday bankomatdan foydalanmang, klaviaturadagi "Otmena" tugmachasini bosib, amaldagi operatsiyani bekor qiling va bank kartasining qaytishini kuting.
  9. Agar bank kartasi bilan operatsiyalar paytida bankomat bank kartasini qaytarib bermasa, bankomatda ko‘rsatilgan telefon raqami orqali tegishli bankka murojaat qiling va holatni tushuntiring. Shuningdek, siz bank kartasini chiqargan bank bilan bog‘lanib, bank xodimining ko‘rsatmalariga amal qilishingiz kerak.

POS-terminallarda:

  1. Bank kartasi bilan operatsiyalarni faqat o‘zingizning huzuringizda bo‘lishini talab qiling. Bu sizning bank kartangizda ko‘rsatilgan shaxsiy ma'lumotlaringizni qonunga xilof ravishda ishlatilish xavfini kamaytiradi.
  2. Tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun kassirning iltimosiga binoan PIN-kodni kiritayotganda, yaqin atrofdagi odamlar buni ko‘ra olmasligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Bunda PIN-kod kiritilishida POS-terminalning klaviaturasini qo‘llaringiz bilan to‘sishingiz kerak.
  3. POS-terminalga PIN-kodni kiritishdan oldin, kuzatuv kamerasi POS-terminalga yo‘naltirilmaganligiga e'tibor bering.
  4. Agar operatsiya muvaffaqiyatli yakunlangan bo‘lsa, terminal ekranida (Odobreno) xabar paydo bo‘ladi va kvitansiyaning birinchi nusxasi avtomatik ravishda (kassir uchun) va «ENTER» tugmachasini bosgandan so‘ng kvitansiyaning ikkinchi nusxasi (mijoz uchun) chop etiladi.
  5. Chekni olgandan so‘ng, chekda ko‘rsatilgan summani tekshirishni unutmang.
  6. Agar bank kartasi orqali to‘lashga urinish paytida "Otkloneno" degan xabar paydo bo‘lsa, terminal tomonidan chiqarilgan kvitansiyaning bitta nusxasini bank bayonotida ko‘rsatilgan operatsiyaning yo‘qligi tekshirish uchun saqlashingiz kerak.
  7. Agar to‘lov tizimi kontaksiz interfeysga ega kartalarni qo‘llab-quvvatlasa, xavfsizroq to‘lov usuli sifatida kontaksiz to‘lov usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
  8. Tovarlarni sotish yoki xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha har bir punktda ushbu to‘lov tizimlarining kartalari qabul qilinishi to‘g‘risida xabar beruvchi stikerlar o‘rnatilishi mumkin. Stikerlar ko‘rinarli joylarga (kirish eshiklari, derazalar, ustunlar va boshqalarga) joylashtirilishi mumkin.
  9. Savdo va xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlarda bank kartalaridan foydalanganda hushyor bo‘ling.



Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Elektron hamyon nima?

Elektron hamyon nima?

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Bank kartasi nima?

Bank kartasi nima?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X