Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Savdo cheklari bo‘yicha keshbeklar

Oxirgi yangilanish:  4 Fev 2022 14:39
7744
Savdo cheklari bo‘yicha keshbeklar
18

Davlat Soliq qo‘mitasining xabar berishicha, xarid qilingan chakana tovar va xizmat cheklari bo‘yicha keshbeklarning summasi joriy yil 14 kun ichida 5 mlrd.so‘mni tashkil etgan.

Ma'lumki, joriy yil 1 yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlardan xarid qilingan mahsulot va xizmatlar summasidan iste'molchilarga keshbek qaytarish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Quyida ushbu keshbeklarni qanday qilib olish bo‘yicha eng dolzarb savollarga javob tayyorlandi.

Keshbek miqdori qancha?

Xarid qilingan tovar va xizmatlar summasidan 1 foiz miqdorida keshbek respublika byudjeti hisobidan iste'molchiga qaytariladi.

Keshbeklar barcha cheklar uchun amal qiladimi?

Yo‘q. Keshbeklar xarid chekida QR kod yordamida chekning fiskal belgisi tushirilgan cheklar uchun amal qiladi.

Chekning fiskal belgisi – maxsus matrisali shtrix kod (QR kod) yordamida aks ettirilgan va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi «Yangi texnologiyalar» ilmiy-axborot markazi» Davlat unitar korxonasining ma'lumotlar bazasida onlayn rejimda fiskal ma'lumotlar almashinuvi uchun ishlab chiqilgan belgi.

Shuningdek, 1-fevraldan boshlab QR kodli cheklar to‘lov tashkilotlari va banklarning mobil ilovalar, shuningdek, «Marketpleys»lar orqali masofadan turib amalga oshirilgan savdo va pullik xizmatlar bo‘yicha taqdim etilgan elektron cheklarga ham joriy etiladi.

Keshbeklar istalgan turdagi tovar yoki xizmatlar xaridi bo‘yicha beriladimi?

Keshbeklar chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlardan xarid qilingan tovar va xizmatlar bo‘yicha QR kodli cheklar uchun qaytariladi.

Avtomobil, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lovlar uchun, bundan tashqari mobil ilovlar orqali amalga oshirilgan R2R va kredit to‘lovlari uchun keshbek tizimi tatbiq etilmaydi.

Keshbeklar qanday tartibda qaytariladi?

QR kodli cheklar summasining 1 foizlik keshbeklarini olish uchun quyidagi ketma-ketlikni amalga oshiring:

1. Soliq mobil ilovasini telefonga yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting;

2. Soliq mobil ilovasiga istalgan bank kartasini qo‘shing;

3. Chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlardan onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalangan holda QR-kodli chekni talab eting;

4. Imkon qadar kassadan uzoqlashmagan holda QR-kodli chekni soliq mobil ilovasining “Keshbek” bo‘limidan chek QR-kodini skanerlash orqali chekni ro‘yxatdan o‘tkazing.

5. Cheklar holatini nazorat qiling.

Keshbek summasi mablag‘larini sarflasa bo‘ladimi?

Soliq mobil ilovasi orqali muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazilgan QR-kodli cheklar uchun keshbek hisobidan qaytarilgan mablag‘lar har oyning oxirida iste'molchining bank kartasiga kirim qilinadi. Bunda, iste'molchining bank kartasi soliq mobil ilovasiga biriktirilgan bo‘lishi kerak.

Bank kartasiga tushgan mablag‘larni erkin ishlatish mumkin.

Ushbu tizim o‘z natijasini to‘liq namoyon etishi uchun keng jamoatchilikning nazorati ham juda muhim hisoblanadi. Ya'ni, keshbek tizimidan foydalanish uchun eng asosiysi sizning xaridingiz uchun QR-kodli chek taqdim etilishidadir. QR-kodli chek esa savdo nuqtasining onlayn-NKM yoki virtual kassa texnikasi orqali taqdim etiladi.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Elektron hamyon nima?

Elektron hamyon nima?

Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X