Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Raqamli moliyaviy savodxonlik bo‘yicha atamalar

Oxirgi yangilanish:  21 Okt 2022 15:49
2419
Raqamli moliyaviy savodxonlik bo‘yicha atamalar
3

Autentifikatsiya – bu jarayon bo‘lib, bunda identifikator (misol uchun tasdiqlovchi kod) orqali foydalanuvchining haqiyqiyligi tekshiriladi. Autentifikatsiya quyidagi internet xizmatlaridan foydalanishda talab etiladi:

  • elektron pochta
  • ijtimoiy tarmoqlar
  • internet-banking
  • to‘lov tizimlari
  • internet do‘konlar va boshqalar.

Identifikatsiya – axborot tizimlaridan foydalangan holda mijozning shaxsini tekshirish va tasdiqlash.

Avtorizatsiya – bu ma'lum bir turdagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun berilgan huquqni tasdiqlash jarayoni. Misol uchun, hisobni boshqarish, mablag‘larni olish, ma'lumotlarni o‘zgartirish.

Tranzakstsiya – yakunlangan bank operatsiyasi bo‘lib, ushbu jarayonda ma'lum miqdordagi pul bir hisobdan boshqasiga o‘tkaziladi.

Ijtimoiy muhandislik (social engineering) – bu firibgar tomonidan texnik vositalardan foydalanmasdan turib kerakli ma'lumotlarga ega bo‘lish yoki inson harakatlarini boshqarishning bir usulidir. Uning mohiyati shundaki, bunda odamlarga ta'sir ko‘rsatishda faqat psixologik metodlar (ko‘ndirish, ishonch qozonish va ayyorlik) qo‘llaniladi.

Fishing ( ing. Phishing, “fishing” – baliq ovlash va “password” – parol' so‘zidan olingan) - internetdagi firibgarlikning bir turi bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad foydalanuvchining identifikasiya ma'lumotlarini (bank kartalari va shaxsiy hisoblarining login va parollari) olishdir.

Smishing (ing. SMiShing- “SMS” va “fishing” so‘zlaridan olingan) – fishingni bir turi bo‘lib, bunda SMS habarnomadan foydalaniladi. Firibgarlar jabrlanuvchiga fishing saytining havolasini o‘z ichiga olgan SMS habarnoma yuboradi. Jabirlanuvchidan esa internetdagi to‘lov resurslari tegishli to‘lov rekvizitlari yoki undan foydalanish imkonini beruvchi shaxsiy ma'lumotlarni yuborishni so‘raydi.

Vishing (ing. Vishing, “Voice” va “phishing” so‘zlaridan olingan) – firibgarlik usullaridan biri bo‘lib, bunda firibgar telefon orqali o‘zini boshqa bir inson sifatida tanishtirib (bank hodimi, xaridor va boshqalar), turli yolg‘onlarni ishlatib karta egasidan sirli ma'lumotlarni olishga yoki karta hisobraqami/to‘lov kartasi orqali ma'lum operatsiyalarni amalga oshirishga undaydi.

Preteksting (ing. pretexting) – moliyaviy hujum bo‘lib, bunda firibgar o‘zini boshqa shaxs sifatida tanishtiradi va oldindan o‘ylangan ssenariy bo‘yicha mahfiy ma'lumotlarni bilib oladi. Firibgar jabrlanuvchida shubha uyg‘otmaslik uchun oldindan uning shaxsiy ma'lutotlari: tug‘ilgan sanasi, STIR raqami, pasport raqami yoki hisobraqamining oxirgi raqamlaridan xabardor bo‘ladi. Odatda bunday firibgarlik telefon qo‘ng‘irog‘i yoki elektron pochtaga yuborilgan SMS habarnoma orqali amalga oshiriladi.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Elektron hamyon nima?

Elektron hamyon nima?

Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X