USSD-banking afzalliklari

Oxirgi yangilanish:  2 Apr 2021 17:28
168
USSD-banking afzalliklari

Shahar tashqarisida, internetga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda, bank ofislari, infokioskalar va to‘lov tizimlari xizmat ko‘rsatish punktlaridan uzoqda bo‘lgan vaqtingizda hisob raqamingizni qanday boshqarishingiz va to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin? Bunday imkoniyatni USSD-banking xizmati taqdim etadi.

USSD-banking o‘zi nima?

USSD-banking – internet tarmog‘iga ulanmagan holda masofadan turib bank kartasi bo‘yicha to‘lov va pul o‘tkazmalari operatsiyalarini bajarish imkonini beruvchi raqamli banking xizmat turlaridan biri.

USSD-banking xizmatlaridan istalgan mobil telefon orqali foydalanish mumkin. Buning uchun hech qanday mobil ilovani yuklab olish ham talab etilmaydi. Telefon raqamingiz hisobida mablag‘ bo‘lmaganda va hatto telefon raqamingiz bloklangan vaqtda ham USSD so‘rovlar yuborish imkoniyati mavjud.

Hozirda USSD so‘rovlar yordamida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati mavjud:

  • Bank hisob raqami balansini aniqlash;
  • Mobil operatorlar, kommunal xizmatlar, internet provayderlar, veb-saytlar, va boshqa qator xizmatlar, jumladan, davlat xizmatlari, jarimalar, kreditni so‘ndirish bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish;
  • Boshqa foydalanuvchilariga pul mablag‘larini yuborish;
  • Bir hisob raqamidan boshqasiga pul mablag‘larini o‘tkazish;
  • “Avtoto‘lov” xizmatini yoqish va mobil hisob raqamingizni muntazam “aktiv” holatda tutish;
  • To‘lovlar tarixini monitoring qilish;
  • Bank hisob raqami bo‘yicha SMS-xabarnoma.

USSD – banking xizmatlaridan foydalanish uchun quyidagi amallar ketma-ketligini bajarishingiz kerak bo‘ladi:

  1. UZCARD kartangizga bankomat orqali va HUMO bank kartangizga bank kassasi orqali SMS-xabarnoma ulash;
  2. Mobil telefon orqali tegishli to‘lov operatori, yoki tijorat binkining qisqa USSD raqamini terish;
  3. Shundan so‘ng sizga arizangiz qabul qilingani to‘g‘risida SMS-xabar yuboriladi va 15 daqiqa ichida USSD so‘rovni qaytadan yuborib PIN kod yaratish so‘raladi.
Muhim!!! PIN kod boshqalarga ma'lum bo‘lmasligi kerak, ammo o‘zingiz eslab qolishingiz uchun qulay bo‘lishi lozim. Shuningdek, USSD-menyuga birinchi marta kirganingizda sizdan o‘zingizga qulay tilni tanlashni taklif qiladi. Keyinchalik tilni “sozlamalar” bo‘limidan o‘zgartirish mumkin.

Agarda bank kartalaringiz ikki yoki undan ko‘p bo‘lsa siz USSD-so‘rovlar yordamida to‘lovlarni amalga oshirish uchun asosiy kartani tanlashingiz lozim bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, quyidagi jadvalda to‘lov tizimlari va tijorat banklarining qisqa USSD raqamlari keltirilgan:

Tashkilot nomi qisqa USSD raqami
CLICK *880#
PayMe *505#
AKB Kapitalbank *799#



Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Elektron hamyon nima?
21

Elektron hamyon nima?

Bank kartasi nima?
6

Bank kartasi nima?

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?
3

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X