BNPL ("Buy Now, Pay Later" - "Hozir sotib oling, keyinroq to‘lang") - bu moliyaviy xizmat bo‘lib, u xaridorlarga xarid narxini bir nechta teng qismlarga bo‘lib, ma’lum bir vaqt ichida to‘lanishi imkonini beradi. Odatda bu muddat bir necha haftadan bir necha oygacha (ko‘pincha bir-ikki oy) davom etadi. BNPLning afzalligi shundaki, xaridorlar tovarni darhol olishlari mumkin, lekin unga butun summani birdaniga to‘lamaydilar.
Aytaylik, xaridor 6 mln so‘mlik kir yuvish mashinasini sotib olmoqchi. Agar do‘kon yoki platforma BNPL xizmatini taklif qilsa, xaridor bu imkoniyatdan foydalanishi va tovarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
BNPLdan foydalanishga misol:
Mahsulot narxi: Kir yuvish mashinasi 6 mln so‘m.
Muddatli to‘lov shartlari: BNPL xizmati, agar barcha to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilsa, ushbu summani 4 ta teng to‘lovga (masalan, 4 oyga) qo‘shimcha foizlarsiz bo‘lishni taklif qiladi.
Birinchi to‘lov - 1,5 mln.so‘m - xarid qilinganda darhol to‘lanadi.
Ikkinchi to‘lov - 1,5 mln so‘m - bir oydan keyin.
Uchinchi to‘lov - 1,5 mln so‘m - ikki oydan keyin.
To‘rtinchi to‘lov - 1,5 mln so‘m - uch oydan keyin.
Qo‘shimcha shartlar:
Agar xaridor uch qismini ham o‘z vaqtida to‘lashga ulgursa, u holda summa qo‘shimcha hisob-kitoblarsiz to‘lanadi.
Agar to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, qarzdorning qolgan summasiga penya yoki foiz hisoblanishi mumkin.
Ba’zi xizmatlar foizsiz muddatli to‘lovni taklif qiladi, boshqalari yashirin komissiyalar yoki foiz stavkalariga ega bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, xaridor darhol kir yuvish mashinasini olishi va uning uchun bir necha oy davomida qismlarga bo‘lib to‘lashi mumkin, bu unga o‘z byudjetini bitta katta summa bilan ortiqcha yuklamaslikka yordam beradi.
BNPL sxemasi bo‘yicha nimalarni sotib olish mumkin emas?
Yuqori qiymatli tovarlar (masalan, kvartira yoki mashina). BNPL tovarlarning ma’lum summasigacha (o‘rtacha 6-10 mln so‘mgacha) qo‘llaniladi.
Bunday muddatli to‘lov turini rasmiylashtirishda nimalarni bilish muhim?
- "4 to‘lov"da tovar sotib olib, siz bank kartangizdan mablag‘larni akseptsiz yechib olishga avtomatik ravishda rozilik berasiz - bu to‘lovlarga ham, kechikishlarga ham, jarimalarga ham tegishli.
- to‘lov jarayoni va kechikishlar kredit tarixingizda aks etishi mumkin, shuning uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini kuzatib borish kerak, aks holda bu sizning kredit reytingingizga salbiy ta’sir qiladi.
Bo‘laklab to‘lashga rozi bo‘lishdan oldin barcha hujjatlarni diqqat bilan o‘rganib chiqing. Shunda nimaga rozi ekaningizni aniq tushunib olasiz.