Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Oilakredit.uz platformasi orqali ajratiladigan kreditlar bo‘yicha o‘zgarishlar

Oxirgi yangilanish:  30 Iyul 2024 10:07
3291
Oilakredit.uz platformasi orqali ajratiladigan kreditlar bo‘yicha o‘zgarishlar

Oilakredit.uz platformasi orqali ajratiladigan kreditlar bo‘yicha o‘zgarishlarga to‘xtalamiz.

Kredit miqdori va foiz stavkasi qancha?

Kreditlar yillik 17.5 foiz stavkada:

  • jismoniy shaxslarga hamda kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 33 mln so‘mgacha;
  • kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 300 mln so‘mgacha;
  • tadbirkorlik sub’yektlarining investisiyaviy loyihalarini kreditlashda 300 mln so‘mdan ortiq miqdorda ajratiladi.
Kredit qancha muddatga beriladi?

Umumiy tartibda:

  • 3 yilgacha bo‘lgan muddatga 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun;

Alohida yo‘nalishlar uchun:

  • 3 yilgacha bo‘lgan muddatga  1 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, «dala do‘konlari»ni qurish va ko‘chma muzlatkichlarni o‘rnatish uchun;
  • 5 yilgacha bo‘lgan muddatga 1 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan oilaviy mehmon uylari (50 mln so‘mgacha), xostellar
    (1 mlrd so‘mgacha), o‘tov lagerlari majmuasi (300 mln so‘mgacha), avtokempinglar (3 mlrd so‘mgacha), ekouylar majmuasi (300 mln so‘mgacha), konteyner shaharchalar (600 mln so‘mgacha) va chodirli lagerlar (60 mln so‘mgacha) tashkil etish va ularni ta’mirlash loyihalarini moliyalashtirishga;
  • 7 yilgacha bo‘lgan muddatga 3 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan bog‘dorchilik (ko‘chatchilik), uzumchilik (tok so‘risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish hamda ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar qurish, artezian quduqlarini qazish uchun; - issiqxonalarni tashkil etish yo‘nalishida kredit ajratishda ustuvorlik hududlardagi o‘zlashtirilmagan adir yerlardan foydalanilayotgan loyihalarga beriladi.
  • 3 yilgacha bo‘lgan muddatga «Hunarmand» uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, «usta-shogird» maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun hamda 18 oygacha muddatga – aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun ajratiladi.

Kredit uchun ta’minot kerakmi?

Ta’minot sifatida:

  • 33 million so‘mgacha – jismoniy shaxslarga hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga hokim yordamchisining tavsiyasi;
  • 50 million so‘mgacha – yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga  garovsiz
  • 50 million so‘mgacha – agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlik sub’yektlariga garovsiz;
  • 50 million so‘mgacha – maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatni olgan shaxslarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va asbob uskunalarni sotib olish maqsadlari uchun garovsiz;
  • 100 million so‘mgacha – 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun garovsiz;
  • 300 million so‘mgacha – hokim yordamchisining tavsiyalari asosida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi va qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minot turlari;
  • 300 million so‘mdan ortiq miqdorda — hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tadbirkorlik sub’yektlarining investisiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida belgilangan ta’minot turlariga asosan ajratiladi.

Hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra, kredit summasining 10 million so‘mgacha bo‘lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million so‘mgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) o‘tkazib beriladi.

Kreditlar qaysi banklar tomonidan ajratiladi?

Kreditlar Xalqbanki va Mikrokreditbank tomonidan ajratiladi.

Kreditni uydan chiqmasdan turib qanday olish mumkin?

Oilakredit.uz platformasi orqali kreditni quyidagi tartibda masofadan turib olish mumkin:

  • Mijoz tomonidan oilakredit.uz sayti orqali ariza topshiriladi va telefon raqami bilan tasdiqlanadi. Ushbu jarayonda tegishli mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining ko‘magidan foydalanish mumkin;
  • Arizalar avtomatik ravishda (inson omilisiz) skoring jarayonidan o‘tkaziladi. (ijobiy — hokim yordamchisiga o‘tadi, salbiy sms xabarnoma orqali arizachiga yuboriladi);
  • Ijobiy skoring natijalaridan so‘ng, mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining ijobiy tavsiyanomasi yoki kredit ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosasi elektron tarzda taqdim etiladi (arizalar elektron navbat asosida ko‘rib chiqiladi ya’ni sizga tavsiyanoma berishi yoki asoslantirib rad qilinishi kerak);
  • Xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan arizachi o‘rtasidagi kredit ajratish to‘g‘risidagi shartnoma elektron shaklda tuziladi va elektron kalit (ERI) orqali imzolanadi;
  • “Marketpleys” (smart-market.uz) orqali ta’minotchi bilan qarz oluvchi tomonidan erkin va mustaqil ravishda elektron shartnoma tuziladi;
  • Marketpleys tizimi orqali ta’minotchi tomonidan mahsulot yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi elektron hisob-faktura shakllantiriladi;
  • Hokim yordamchisi tovarlar (ish, xizmat) haqiqatdan yetkazib berilganligi yoki berilmaganligi yuzasidan fotohisobot shaklida elektron dalolatnoma tuzadi va tizimga yuklaydi.
Muhim! Har bir bosqichdagi tegishli hujjatlar qarz oluvchi, bank, ta’minotchi, va hokim yordamchisi tomonidan Elektron Raqamli Imzo kaliti bilan imzolanib, tasdiqlanganidan so‘ng, kredit mablag‘lari hisobidan pullar ta’minotchining hisobvarag‘iga ko‘chirib beriladi.

Elektron Raqamli Imzo kalitini e-imzo.uz dan olish mumkin.

Quyidagi hollarda tavsiyanomalar berilmaydi:
  • loyihani amalga oshirish uchun qarz oluvchida shart-sharoit bo‘lmaganda;
  • mavsumga xos bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga;
  • ariza beruvchi nomidan boshqa fuqaro kredit olishni maqsad qilganligi aniqlanganda;
  • qonunchilikka zid bo‘lgan faoliyat amalga oshirilishi aniqlanganda;
  • dasturlar doirasida avval berilgan kreditlarning o‘z vaqtida so‘ndirilmasligi natijasida resurslar yetarli bo‘lmaganda.
Quyidagi hollarda ariza tizim tomonidan skoring ma’lumotlari asosida avtomatik ravishda rad etiladi:
  • qarz oluvchining oldin yuborgan arizasi ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lganda;
  • 18 yoshga to‘lmagan fuqaro nomidan ariza berilganda;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga;
  • muomala layoqati cheklangan yoki mehnatga layoqatsiz fuqaro nomidan ariza berilganda;
  • dastur doirasida to‘liq qaytarilmagan kredit mavjud bo‘lganda (Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratiladigan kreditlar bundan mustasno);
  • bank kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lganda;
  • avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalanilganda;
  • salbiy kredit tarixiga ega bo‘lganda;
  • soliq organlari, majburiy ijro byurosi organlari va boshqa to‘lovlardan qarzdorligi mavjud bo‘lganda.
Quyidagi maqsadlar uchun kredit ajratilmaydi:
  • ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
  • alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
  • savdo-vositachilikni amalga oshirish;
  • umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablag‘larini shakllantirish;
  • ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni (mebel, uyali telefon, maishiy texnika va boshqalar) sotib olish;
  • yengil avtotransport vositalari (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda ishtirok etuvchi kichik mototransport vositalari bundan mustasno), jumladan, yo‘lovchi tashuvchi avtomobillar sotib olish;
  • ma’muriy xarajatlarni to‘lash, jumladan, xizmat avtomobillari ta’minoti;
  • bino va inshootlar sotib olish va qurish (Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi bo‘yicha dala do‘koni, urug‘lik, mineral o‘g‘it va ko‘chat do‘konlari tashkil qilish bo‘yicha ko‘zlangan maqsadlar hamda yengil konstruksiyali bino va inshootlar qurish bundan mustasno) uchun ajratilmaydi.
Arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari.
  • bir kun muddatda - skoring baholash avtomatlashtirilgan holatda;
  • besh ish kuni mobaynida – hokim yordamchisi qarz oluvchining arizasiga asosan joyiga chiqqan holda kredit olish uchun tavsiyanoma berishi yoki rad etishi;
  • uch ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda – tijorat banklari tomonidan kredit ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi;
  • o‘n besh ish kuni mobaynida - marketpleys tizimida qarz oluvchi va mahsulot yetkazib beruvchi o‘rtasida mahsulot va xizmatlarni yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzilib, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi lozim. (mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan qarz oluvchiga marketpleys tizimida tanlagan tovar(lar) shartnoma tuzilgan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda yetkazib berilishi, xizmatlar esa yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rsatilishi lozim);
  • uch ish kunida - hokim yordamchisi joyiga chiqqan holda, tovarlar haqiqatdan yetkazib berilganligi yoki berilmaganligi (xizmatlar ko‘rsatilganligi yoki ko‘rsatilmaganligi) to‘g‘risida fotohisobot shaklida elektron dalolatnoma tuzadi;
  • uch bank ish kunida - to‘lovlar bank tomonidan mahsulot yetkazib beruvchiga pul o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkazib beriladi.



Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Yoshlar tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar

Yoshlar tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar

O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslarga yaratilgan imkoniyatlardan foydalaning

O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslarga yaratilgan imkoniyatlardan foydalaning

Oilakredit.uz platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi tasdiqlandi

Oilakredit.uz platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi tasdiqlandi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X