Pul bilan to‘g‘ri muomala o‘rnatishning 10 ta belgilari

Oxirgi yangilanish:  30 Dek 2020 19:14
3294
Pul bilan to‘g‘ri muomala o‘rnatishning 10 ta belgilari
4

Tekshirib ko‘ring, omonat uchun pul yig‘ish va moliyaviy qiyinchiliklarning oldini olishda ko‘maklashuvchi moliyaviy odatlarga egamisiz?

  1. Siz har daromadingizdan bir qismini ajratib qo‘yasiz
  2. Agar siz har daromadingizdan omonatingizni to‘ldirib borayotgan bo‘lsangiz, buning ikkita yaxshi tomoni bor. Birinchisi, siz xarajatlarni to‘g‘ri rejalashtirmoqdasiz va daromadingizni bir qismini jamg‘ara olayapsiz. Ikkinchisi, omonatingiz oyma-oy oshib bormoqda.

  3. Sizda bir nechta "hamyon"lar bor
  4. Siz moliyaviy muhim masalalarda xotira va vaziyatga tayanmaysiz. Shu sababli, pullaringizni kundalik ehtiyojlar uchun bank kartasida, fors-major holatlarida – elektron hamyonda, kvartira, avtomobil yoki dam olish kabi yirik xarajatlar uchun esa omonat hisobvarag‘ingizda saqlaysiz.

  5. Siz qanday tejash kerakligini bilasiz
  6. Kundalik xaridlardan pul tejashning bir nechta yo‘llarini bilasiz. Masalan, siz narxni tushirish uchun ko‘p miqdorda mahsulot sotib olasiz, supermarketga esa “och qorin”ga bormaysiz va sizning o‘ylovsiz xaridlarni amalga oshirishingiz uchun do‘kon egalari qo‘llaydigan barcha xiylalaridan xabardorsiz.

  7. Siz isrofgarchilikdan o‘zingizni saqlaysiz
  8. Pulni behudaga sarflashning bir necha yo‘llari bor: supermarketlarda paketlar, o‘zingiz bilan qahva sotib olish va boshqalar. Lekin siz qaysi xarajatlarni qisqartirish mumkinligini bilasiz.

  9. Xarid qilish ro‘yxatini tuzasiz
  10. Keraksiz xarajatlardan qochishning eng oson yo‘li oldindan kerakli narsalarni ko‘rib chiqish va uni qog‘ozga yoki telefoningizga yozib qo‘yishdir.

  11. Kommunal xizmatlar, soliqlar va jarimalarni o‘z vaqtida to‘laysiz
  12. Jarimalar – intizomsizlik uchun moliyaviy jazodir. Lekin bunday jarimalardan barcha hisoblarni o‘z vaqtida to‘lash orqali osongina saqlanish mumkin. Siz bu haqida bilasiz va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirasiz.

  13. Sizda moliyaviy maqsadlar va ularga erishish rejasi mavjud
  14. Siz avtomobil yoki kvartira uchun pul yig‘asiz. Shu bilan birga, inflyasiyani hisobga olgan holda, sizga qancha pul kerakligini aniq bilasiz, maqsadga erishish uchun aniq muddatni belgilagansiz va jamg‘arma jadvaliga muvofiq har oyda miqdorni tejab borasiz. Bunday yondashuv moliyaviy maqsadingizga erishishingiz uchun muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi.

  15. Siz har bir xariddan so‘ng sarf-xarajatlar hisobini yuritasiz
  16. Pullarni aql bilan boshqarish qoidalaridan biri moliyaviy masalalarda beparvolikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ahamiyatsiz bo‘lsada, har bir xarajatni yozib borasiz. Bu qaysi xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik mukinligini tahlil qilishga va qolgan kunlar uchun xarajatlarni tartibga solishga yordamlashadi.

  17. Siz oylik va yillik byudjetni rejalashtirasiz
  18. Yillik moliyaviy reja yirik xarajatlarni soddalashtiradi. Siz muqarrar xarajatlarni va qanday miqdordagi pul o‘z ehtiyojlaringizni qondirish uchun ortishini bilasiz, yirik xarajatlarni taxmin qilasiz va ular uchun pul yig‘ishni boshlaysiz.

  19. To‘lovlarni va xarajatlarni kuzatishni osonlashtiradigan mobil ilovalardan foydalanasiz
  20. Bugungi kunda zamonaviy o‘zgarishlar murakkab moliyaviy munosabatlarni osonlashtiradi. Kommunal xizmatlar, davlat xizmatlari va kundalik ehtiyojlar uchun to‘lovlarni amalga oshiruvchi turli ilovalar mavjud bo‘lib, ularning ba'zilari cashback (summaning ma'lum bir foizini elektron hamyonga qaytarish – odatda 1-2%) ni taklif qiladi. Ilovalarda shaxsiy/oilaviy byudjetlarni hisobga olish uchun juda qulay bo‘lgan daromad va xarajatlar monitoringi ta'minlangan.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Oilaviy budjet

Oilaviy budjet

Talabalar uchun soliq imtiyozi

Talabalar uchun soliq imtiyozi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X