Moliyaviy muammolarning sabablaridan biri – bu hissiyotli xaridlardir.
Tuyg‘ular ta'sirida fikr qilmasdan sarf-xarajatlar sodir bo‘ladi, o‘zimizga yoqqan narsani sotib olish istagi bizni moliyaviy yuk haqida o‘ylamasdan ham oxirgi pulimiz bilan bo‘lishishga yoki qarz olishga majbur qiladi.
Keyin pushaymon bo‘lamiz, biz o‘zimizga kelajakda yanada oqilona bo‘lishga va'da beramiz, lekin biz xatoimizni qayta-qayta takrorlayveramiz.
Ammo bu borada inson o‘zini nazorat qilish qarori yetarli emas va pulni nazorat qilishda esa har kim ham uddasidan chiqa olmaydi. Ko‘pincha byudjetdagi defisit impul'siv xaridlar natijasida - kassada oldida yuzaga keladi
Misol uchun:
Birinchi misol: Aziz texnika do‘koniga bordi. Uning maqsadi yangi notebook sotib olish edi. Uning byudjeti 5 million so‘mni tashkil etadi. U do‘konlarni aylanib chiqadi va eng yaxshi variantni tanlaydi.
Ikkinchi misol: Farxod ham yangi notebook sotib olish uchun texnika do‘koniga bordi. U ham 5 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan mablag‘ga notebook xarid qilishni rejalashtirgan. U o‘zi uchun gadjet tanlayotib, aksiyaga duch keldi – notebook sotib oling va ikkita gadjetga yarim narxida ega bo‘ling. U xursandchilik bilan notebook uchun qulochin va yangi smartfon tanlaydi. Xaridlaridan ko‘ngli to‘lib, rejadagi
5 million so‘m o‘rniga 8 million so‘m sarflaganini payqamay qoldi. Natijada unda kommunal to‘lovlarni to‘lash uchun yetarli mablag‘ qolmadi va endi qarzga pul olish kerak bo‘ladi.
Impuls xaridlardan quvonch tezda yo‘qoladi, ayniqsa byudjetdagi defisit paydo bo‘lganida.
Bugungi kunda marketologlar xaridorlarga kerak bo‘lmagan mahsulotlarni sotishga ko‘p urinishadi. Aksiyalar va maxsus takliflar bizning tanlovimizga ta'sir qiladi. Yaxshi shartnomani qo‘ldan boy berishdan qo‘rqib, kerak bo‘lmagan xaridlarni amalga oshiramiz.
Lekin siz sarf-xarajatlaringiz uchun javobgarlikni marketologlarga yuklay olmaysiz. Impuls xaridlar bilan kurashish mumkin va kerak.
Moliyaviy savodxonlik - hissiyotli xaridlarning asosiy dushmani. Agar siz o‘z daromad va xarajatlaringizni bilsangiz, ularni oqilona boshqarib, hisob-kitoblarni yuritsangiz, pulning vosita ekanligini va zavqlar uchun ajratilgan maxsus miqdor bor ekanligini yaxshi tushunasiz. Shularni tushunib yetganizda, siz endi ortiqcha pul sarflamaysiz va taqiqlangan meva ham endi unchalik shirin bo‘lib ko‘rinmaydi.
Buning uchun nima qilish kerak?
1. Xarid qilish ro‘yxatlarini tuzing: oziq-ovqat, kiyim-kechak, jihozlar. Bundan tashqari, sarflashingiz mumkin bo‘lgan miqdorni yozib boring. Ushbu chegaralardan tashqariga chiqmaslikka harakat qiling. Agar aniq rejangiz bo‘lsa, sizda hissiyotli xaridlarni amalga oshirish ehtimoli kamroq.
2. Barcha majburiy to‘lovlarni to‘lab bo‘lganingizdan so‘ng, ma'lum bir miqdorni ajratib qo‘ying va qolganini o‘z xohishingizga ko‘ra sarflang.
3. Xarid qilishdan oldin, o‘zingiz bilan suhbat qurishga harakat qiling, uning maqsadi darhol sotib olish emas, balki ertaga yoki bir hafta ichida buyum uchun qaytib kelishdir. Agar ma'lum bir vaqt o‘tganda ham siz ushbu maxsulotga ehtiyoj sezsangiz, uni sotib oling. Ammo katta ehtimol bilan, istak yo‘qoladi va siz navbatdagi hissiyotli xariddan qochasiz.
4. Barcha xarajatlar uchun alohida hisob yarating. Xozirda deyarli barcha bank ilovalarida siz o‘zingiz uchun bir nechta alohida hisoblar yaratishingiz mumkin. Olingan daromadni darhol asosiy xarajatlaringizga taqsimlang - kommunal xarajatlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak, sayohat, ta'lim. To‘lovni amalga oshirayotganda, kerakli hisobdan pul to‘lang.
5. Xaridlaringizni tahlil qiling. Bu barcha xaridlarga tegishli. Agar istaklaringiz ko‘p bo‘lsa, nima va qachon sotib olganingizni yil davomida taqsimlang. Yaxshiroq narxga ega bo‘lgan variantni qidiring, bunday mahsulotlarga ega bo‘lgan odam bilan maslahatlashing. Misol uchun, agar siz qahva mashinasi sotib olmoqchi bo‘lsangiz, uning ehtiyojlaringizga mos kelishini o‘ylab, afzalliklari va kamchiliklari haqida bir nechta foydalanuvchi bilan gaplashing. Bir qarorga kelganingizdan so‘ng, eng yaxshi modelni eng qulay narxda tanlang.
6. Investsiya kiriting. Impuls xaridlar istagi boshqa maqsadlarga yo‘naltirilishi mumkin. Oxir-oqibat, oddiy narsalarni sotib olishning yoqimli soniyalari tezda yo‘qoladi, ammo investisiyalar bilan siz nafaqat xarid kayfiyatini qondirishingiz, balki kelajagingizni ham ta'minlashingiz mumkin.