Farzandingizni maktabga tayyorlash bo‘yicha 7 tavsiya

Oxirgi yangilanish:  18 Avg 2021 11:35
128
Farzandingizni maktabga tayyorlash bo‘yicha 7 tavsiya

Bolalar yozning so‘nggi oylaridan bahra olayotgan bir paytda, ota-onalar farzandlarini maktabga qanday tayyorlash to‘g‘risida bosh qotirishni boshlashgan. Albatta, hechnimani unutmaslik va eng yaxshi o‘quv qurollarini xarid qilish uchun tayyorgarlikni oldindan boshlash zarur.

Maktab uchun xaridlar – har bir oila uchun yaxshigina xarajat. O‘quv yili uchun dars qurollari, kiyim, oyoq kiyimi, sumka xarid qilish lozim. Har bir
ota-ona o‘z farzandlari uchun sifatli, yaxshi mahsulotlarni hamyonbop narxlarda sotib olishni xohlaydi. Ushbu maqolada biz sizga pullaringizni to‘g‘ri tejab qolish uchun sizga bir nechta layfxaklarni tavsiya etamiz.

1 layfxak. O‘tgan yildan qolgan narsalarni tekshirib ko‘ring. Agar sizning farzandingiz 1-sinfga yo‘l olmayotgan bo‘lsa, bu layfxak siz uchun dolzarb. Odatda, maktab o‘quvchilarining barchasida yil so‘ngida o‘quv qurollari: daftarlar, ruchka-qalamlar, rasm chizish uchun albom, kraska, chizg‘ich, plastilin va h.k. ortib qoladi. Ularni ko‘rib chiqib, yana qo‘shimcha nima sotib olish to‘g‘risida qaror qilishni maslahat beramiz. Agar sizning farzandingiz birinchi sinf o‘quvchisi bo‘lsa, maktabdan nimalar olish bo‘yicha ro‘yxat olishni taklif etamiz – shunda, hechnima yodingizdan ko‘tarilib qolmaydi.

2 layfxak. Zarur xaridlar ro‘yxatini tuzib oling. Albatta, do‘kon aylanib ko‘zingizga yaxshi ko‘ringan xamma narsani savatchaga solish yoqimli. Biroq, siz anchagina keraksiz buyumlarni sotib olishingiz va keyinchalik hatto ulardan foydalanmasligingiz mumkin. Shu sababli, impulsiv xaridlar amalga oshirmaslik lozim – ular hamyoningizga katta zarar olib kelishi mumkin. Ayniqsa, bolalarni maktabga tayyorlash to‘g‘risida gap borganda.

3 layfxak. Katta savdo markazilari yoki yarmarkalarda katta xaridlar qilish. Maktab vaqti boshlanishidan oldin supermarketlar o‘quv qurollari uchun aksiyalarni e'lon qiladi. Shuningdek, yirik savdo markazlari va bozorlar yaqinidagi joylarda maktab o‘quvchilari uchun yarmarkalar tashkil etiladi. Maktab o‘quvchisiga ikkita kiyim, sport formasi va poyabzal kerak bo‘ladi. Bu xarajatlarning eng katta qismi, shuning uchun bu xaridlarni iloji boricha ertaroq amalga oshirish zarur. Agar narxi, modeli va sifati sizni qoniqtirsa, siz birdaniga ikkita maktab formasi sotib olgan yaxshi – ulardan bittasining o‘lchami sal kattaroq bo‘gani maqsadga muvofiq.
Paypoq, futbolka, ro‘molcha, oziq-ovqat konteynerlari, qalam qutilari, qizlar uchun soch to‘g‘nog‘ichlari va boshqa kichik narsalar esa tez yo‘qoladi yoki eskiradi – ularni har mavsumda xarid qilishga to‘g‘ri keladi.

4 layfxak. Sifatli sumka xarid qilish. Maktab sumkasiga darsliklar, alishtirish kerak bo‘lgan oyoq kiyimi, maktab formasi va ovqat uchun kichik konteyner sig‘ishi lozim. Bundan tashqari u maktabdagi “janglar”, chang‘ida uchish va yugurishga dosh berishi zarur. Sumkaning qattiq ortopedik orqali va ko‘krakka mahkamlanadigan keng yelkali modelni tanlash maqsadga muvofiq. Og‘irligi 1 kg dan oshmasligi zarur. Eng qulayini topish uchun bir nechta sumkalarni taqib ko‘rish muhim. Matoning suvga chidamliligini tekshirishni ham unutmang.

5 layfxak. Hamma narsani bir paytda sotib olmang. O‘quv qurollari va forma sotib olishning eng yaxshi vaqti - yozning boshi va kuzning oxiri, odamlarda maktab uchun xaridlar qilish vahimasi hali boshlanmagan, yoki o‘tib ketgan hamda narxlar barqarorlashgan vaqtda. Agar maktabga oldindan tayyorgarlik ko‘rishning iloji bo‘lmasa, "qaynoq mavsumda" faqat eng zarur narsalarni sotib olish kerak. Boshqa mahsulotlarni yil davomida birin ketin xarid qilish mumkin.

6 layfxak. Soddaroq – yaxshiroq. Ruchka va qalamlar, bo‘yoqlarning katta to‘plamlari – aslida bema'ni xarid. Masalan, rangli qalamlar, plastilin va bo‘yoqlarning 36 xil rangdagi to‘plamlaridan o‘quvchi foydalanmaydi ham ular tez yo‘qolib ham qoladi. 12 talik to‘plamlar – eng optimal hisoblanadi.

7 layfxak. Tamaddi uchun konteynerlar sotib oling. Bugungi kunda sog‘liqni saqlash eng muhim masalaga aylanayotganda, farzandingizning xavfsizligi uchun sharoit yaratish eng asosiysi. O‘quvchining ovqatlanishi muvozanatli va xilma -xil bo‘lishi kerak. Bolaning organizmi ayniqsa vitamin va minerallarga muhtoj bo‘ladi. Bu nafaqat bolaning oshqozonini zararli ovqatlardan himoya qiladi, balki turli tamaddixonalarda va oshxonalarda begonalar bilan muloqot qilmasligiga yordam beradi.

Yodingizda bo‘lsin, moliyaviy rejalashtirishga rasional yondashuv oilangiz moliyaviy farovonligining asosidir!




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Oilaviy budjet
12

Oilaviy budjet

Pul haqida bolalar bilan qanday gaplashish kerak
7

Pul haqida bolalar bilan qanday gaplashish kerak

Moliyaviy maqsadlar nima va qanday qilib ularni to‘g‘ri belgilash hamda ularga erishish mumkin?
4

Moliyaviy maqsadlar nima va qanday qilib ularni to‘g‘ri belgilash hamda ularga erishish mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X