Siz qanday shakllarda murojaatlarni amalga oshirishni bilasizmi?

Oxirgi yangilanish:  18 Iyun 2020 10:21
1397
Siz qanday shakllarda murojaatlarni amalga oshirishni bilasizmi?
2

Siz qanday shakllarda murojaatlarni amalga oshirishni bilasizmi?

Agar bank xizmati iste'molchisi sifatida huquqlaringizni buzilgan deb hisoblasangiz, unda siz O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 11 sentyabrdagi O‘RQ-445-sonli Qonunining 5-moddasiga muvofiq quyidagi shakl va turlarda murojaatlaringizni amalga oshirishingiz mumkin:

06oz


Yozma murojaatda:

  • Sizning (murojaatchining) familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma'lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak;
  • Murojaatingizda davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) ko‘rsatilgan, shuningdek;
  • Murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak;
  • Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va faks raqamlari ko‘rsatilishi mumkin;
  • Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin;
  • Yozma murojaat, murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim;
  • Murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

170

Og‘zaki murojaat bevosita tegishli kredit yoki to‘lov tashkilotining ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilish orqali amalga oshiriladi. Bunda sizning murojaatingiz ro‘yxatga olinadi va siz ushbu ro‘yxat raqamini bilishga xaqlisiz.

Elektron murojaatni siz kredit yoki to‘lov tashkilotlariga ularning rasmiy veb-sayti orqali yo‘llashingiz mumkin.

07oz

Eslatma! Barcha murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» gi 2019 yil 5 noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonunga ko‘ra o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.



Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Bank siriga nigoh tashlaymiz

Bank siriga nigoh tashlaymiz

Bankka tashrif buyurganda nimalarni bilish lozim?

Bankka tashrif buyurganda nimalarni bilish lozim?

Sizning biznesingiz uchun eng mos bo‘lgan bankni qanday tanlash mumkin?

Sizning biznesingiz uchun eng mos bo‘lgan bankni qanday tanlash mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X