Bankka tashrif buyurganda nimalarni bilish lozim?

Oxirgi yangilanish:  17 Iyun 2020 16:31
1733
Bankka tashrif buyurganda nimalarni bilish lozim?
3

Har bir iste'molchi bankka borishidan oldin nimalarni bilishi kerak?

Bank va moliya sohalari keskin rivojlanayotgan hozirgi kunda aholi uchun moliyaviy va huquqiy savodxonlik darajalarini yanada oshirish ularni mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanishlariga zamin yaratadi.

Dastavval iste'molchilar shuni yodda saqlashlari kerakki, ular o‘zlariga maqul kelgan bank va bank xizmatlarini erkin tanlash huquqiga egadirlar. Biroq, har bir iste'molchi bankka borishidan oldin quyidagilarni bilishi foydali hisoblanadi:

1. Maqsadni aniqlash

Dastavval siz bankka nima maqsadda borishingizni aniq bilishingiz kerak.

2. Bank xizmatlarini aniqlash, taqqoslash va tahlil qilish
59

Ushbu bosqich sizga vaqtingizni tejashga yordam beradi. Misol uchun, agar siz bankka kredit olish yoki omonat qo‘yish uchun bormoqchi bo‘lsangiz, siz masofadan turib har bir bankning internet tarmog‘idagi veb sahifasiga kirib foiz stavkalarini va shartlarni tahlil qilib eng maqbul bankni tanlashingiz mumkin.

Shuningdek, siz bankning veb sahifasida joylashtirilgan Call-markaz raqamlari orqali barcha bank xizmatlari to‘g‘risida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin. Bu esa sizni nafaqat har bir bankka borib vaqtingizni ketkazishdan saqlaydi, balki bankka bormasdan ham kredit olishingiz, omonat qo‘yishingiz yoki boshqa bank xizmatlaridan foydalanishingizga yordam berishi mumkin.

3. Ish tartibini aniqlash

Bankka borishdan avval bankning ish tartibi bilan albatta tanishib chiqish lozim, aks holda iste'molchi tushlik vaqtida yoki ish vaqti tugaganda kelib o‘zining qimmatli vaqtini yo‘qotadi.

4. Operator bilan ulanish va kerakli xujjatlarni olish

Iste'molchi bankka borishidan avval shaxsini tasdiqlovchi hujjatlardan birini o‘zlari bilan olishlari shart, hamda operator bilan ulanib qo‘shimcha hujjatlar haqida ma'lumot olishlari mumkin.


Iste'molchi quyidagi huquqlarga ega:

  • Iste'molchi bankka borganida bank tomonidan ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar to‘g‘risida to‘liq va to‘g‘ri ma'lumotlar olish huquqiga ega.
  • Bank bilan tuziladigan shartnomalar matni iste'molchilar tanloviga ko‘ra davlat yoki rus tilida tuzilishi mumkin. Shunga ko‘ra, iste'molchi o‘ziga matni qulay tilda tuzilgan shartnomani olishga haqli.
  • Har bir iste'molchi bank xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani (kredit, depozit, lizing, bank kartalari va boshqalar bo‘yicha) imzo qo‘ymasdan turib o‘zi bilan tanishib chiqishi uchun olib ketishga haqli. Bu esa ularga tuziladigan shartnoma yuzasidan bemalol oilaviy qaror qilishlariga yordam beradi.
  • Bundan tashqari iste'molchi bank xizmatlari to‘g‘risida lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etilgan ma'lumotlarni davlat yoki rus tillarida olish huquqiga ega.



Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Bank siriga nigoh tashlaymiz

Bank siriga nigoh tashlaymiz

Bankka tashrif buyurganda nimalarni bilish lozim?

Bankka tashrif buyurganda nimalarni bilish lozim?

Sizning biznesingiz uchun eng mos bo‘lgan bankni qanday tanlash mumkin?

Sizning biznesingiz uchun eng mos bo‘lgan bankni qanday tanlash mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X