Bank kreditimi yoki joyida «Bo‘lib to‘lash»?

Oxirgi yangilanish:  30 Apr 2021 21:23
1712
Bank kreditimi yoki joyida «Bo‘lib to‘lash»?
2
Aynan, siz sotib olishni hohlagan mebel', oshxona jihozlari, maishiy-texnika yoki elektron jihozlar mo‘ljalingizga nisbatan qimmatroq bo‘lsa, nima qilasiz? Pulingiz yetmay turgan qismiga bankdan kredit olib do‘konga qaytasizmi yoki sotuvchining tavsiyasiga amal qilib joyida “bo‘lib to‘lash” taklifini qabul qilasizmi?

Bu holatda, hoh tovar yoki pul ko‘rinishida iste'mol krediti rasmiylashtirilishidan qat'iy nazar, e'tiborni ko‘proq tovar sizga bozor qiymatiga nisbatan qanchalik qimmat tushayotganiga qaratishingizni tavsiya etamiz. Keling, bank va do‘konning bu tizimda qanday ishlashini aniq misollarda ko‘rib chiqamiz.

kredit-photo-finlit
Bank krediti

Bank iste'mol kreditlari mamlakatimizning barcha banklari taklif etadigan bank xizmati turi bo‘lib, ular O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan iste'mol tovarlarini xarid qilish maqsadida ajratiladi:

  • maishiy-texnika, komp'yuter, radio va elektrotexnika;
  • mebel' va uy-joy jihozlari;
  • dam olish va davolanish maskanlariga yo‘llanma;
  • avtotransport vositalarini sotib olish;
  • marosimlar (to‘y, yubiley) o‘tkazish;

Iste'mol krediti har bir bankning ichki tartibiga asosan ajratiladi. Kredit mahsulot va xizmat yetkazib beruvchining hisobvarag‘iga pul ko‘chirish yo‘li bilan ajratiladi. Shuningdek, ba'zi banklar kredit uchun garov ta'minoti (ko‘chmas va ko‘char mulk, sug‘urta polisi) talab etadi. Aksariyat hollarda iste'mol kreditlari uchinchi shaxsning (masalan, doimiy daromadga ega bo‘lgan hamkasbingiz, o‘rtog‘ingiz yoki qarindoshingiz) kafilligi ostida ajratiladi.

Banklar iste'mol kreditlarini o‘rtacha 22%-28% stavkalaridan, 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatlarda taklif etadi. Ba'zi banklarda shartnomaning 20%-25% miqdorigacha boshlang‘ich badal qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Kreditni so‘ndirish kamayib borish tartibida yoki oyma-oy bir xil miqdordagi to‘lovlar (annuitet) asosida amalga oshirilishi mumkin.

Kredit uchun qaday hujjatlar taqdim etiladi?
  • Ariza;
  • pasport / identifikasiya ID-kartasi / yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/ harbiy bilet nusxasi;;
  • olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma'lumotnoma (so‘nggi 12 oylik, ba'zi banklarda so‘nggi 6 oylik);
  • mahsulot yoki xizmat yetkazib beruvchi bilan imzolangan shartnoma;
  • kredit ta'minoti hujjatlari (uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polisi yoki garov mulki).

Iste'mol krediti bo‘yicha barcha ma'lumotlarni banklarning veb-saytidan topishingiz, kredit bo‘yicha barcha harajatlarni kredit kal'kulyatori yordamida onlayn hisoblashingiz mumkin. Ba'zi banklarning veb-sayti orqali iste'mol krediti uchun onlayn ariza topshirishingiz ham mumkin.

Shu o‘rinda aytish joizki, sizga kichik miqdorda kredit zarur bo‘lsa, overdraft kreditini yoki bank kredit kartasini rasmiylashtirish imkoniyatingiz ham mavjud. O‘z navbatida, bunday kreditlarning foizlari va kredit shartlari iste'mol krediti shartlaridan tubdan farq qilishi mumkin.

Do‘konda “Bo‘lib-bo‘lib to‘lash”

Hozirgi kunda, ko‘chalarda “Mahsulotlar bo‘lib to‘lashga kreditga beriladi” mazmunidagi e'lon va reklamalarga ko‘zimiz tez-tez tushadi. Bunda, Creditasia.uz, Texnomart.uz, Mediapark.uz, Easymarket.uz, Crediton.uz kabi elektron do‘konlar iste'mol kreditlarini tez, oson va masofadan turib rasmiylashtirilishini targ‘ib qilgan holda sizdan faqatgina:

  • pasportingiz nusxasi;
  • ish joyingizdan oylik daromadingiz to‘g‘risidagi ma'lumotnomani talab etadilar.

Iste'molchi o‘ziga jalb etuvchi bunday taklifga osongina ko‘nishi mumkin. Keling, bugungi kunda bozor narxi 3,5 mln. so‘mlik Artel HD341FN muzlatkichini kredit va “bo‘lib-bo‘lib to‘lash”ga sotib olinganda muzlatkichning asl bahosi qanchaga tushishini amaliy hisob-kitoblarda ko‘rib chiqamiz.

credite-finlituz3

Demak, do‘kondan “bo‘lib-bo‘lib to‘lash”ga olgan mahsulotingiz kreditga nisbatan ancha qimmatga tushadi.

Umuman olganda, siz o‘zingiz uchun bozorda eng yaxshi mahsulotni tanlab-tanlab sotib olganingiz kabi bankni va taklif etilayotgan kredit turini eng ma'qulini tanlashga haqlisiz.

Sizga maqbul tanlov qilishingizda ko‘maklashdik deb umid qilamiz.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Lizing o‘zi nima?

Lizing o‘zi nima?

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X