Kredit kartasi nima va undan qanday foydalaniladi?

Oxirgi yangilanish:  6 Yan 2022 18:27
10953
Kredit kartasi nima va undan qanday foydalaniladi?
65

Kredit kartasi – bankning kredit mablag‘lari hisobidan tovarlar va xizmatlar uchun naqdsiz to‘lashda ishlatilishi mumkin bo‘lgan bank kartasidir. Kredit kartasida debet (overdraft) kartadan farqli ravishda karta egasi (qarz oluvchi) o‘z mablag‘larini saqlay (to‘play) olmaydi.

Ushbu kredit bank tomonidan belgilangan chegara doirasida beriladi va uning aniqlanishida qarz oluvchining turli xususiyatlari inobatga olinadi: yoshi, daromad miqdori, kredit tarixi va hokazo.

Kredit karta limiti tiklanishi mumkin, ya’ni qarz oluvchi tomonidan to‘langan kreditning bir qismi yana qarzga olinishi mumkin.

Nima uchun to‘lash mumkin?

Kredit karta egasining ixtiyoriga ko‘ra karta orqali har qanday mahsulot, ish va xizmatlar uchun to‘lash mumkin.

01
To‘lovni qayerda amal qilish mumkin?

Kredit karta yordamida oddiy debet kartalar kabi har qanday joylarda (do‘konlar, kafe, restoranlar v.h.) hamda onlayn haridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Kartadan qanday samarali foydalanish mumkin?

Kelajakda kredit kartasidan samarali foydalanish uchun bank bilan kredit shartnomasini tuzishdan oldin uni diqqat bilan o‘rganib va uning barcha xususiyatlari, komissiyalari va boshqa “yashirin va kutilmagan” vaziyatlarini aniqlab olish zarur.

Bundan tashqari, kartangiz bo‘yicha imtiyozli davr (mavjud bo‘lsa) qanday hisoblanishini diqqat bilan o‘rganib chiqing va uning “chegarasi”dan chiqmasilikka harakat qiling. Esda tuting, belgilangan summani o‘z vaqtida qaytarmasangiz, Siz nafaqat ushbu summa va uning foizlarini to‘lashingiz, balki penya to‘lovlarini ham amalga oshiringiz kerak bo‘ladi.

Foizlar qanday hisoblanadi?03

Foizlar ruxsat berilgan kredit chegarasi asosida emas, balki haqiqatda ishlatilgan mablag‘lar bo‘yicha hisoblanadi.

Kredit kartasidan naqd pulni yechmaslikka harakat qiling, chunki aksariyat banklar bu uchun komissiya olishi mumkin.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Lizing o‘zi nima?

Lizing o‘zi nima?

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X