Kredit tashkilotlari kredit berish to'g'risida qanday qaror qiladilar?

Oxirgi yangilanish:  21 Iyul 2020 10:39
4849
Kredit tashkilotlari kredit berish to'g'risida qanday qaror qiladilar?
4

Kredit olishga qaror qilganingizda, bank, mikrokredit tashkilotlari, shuningdek, lombard kabi kredit muassasalari Sizning qarzni qaytara olish bo'yicha moliyaviy qobiliyatingizni baholashadi.

Kredit muassasalarining kredit berish to'g'risidagi qaroriga nimalar ta'sir ko'rsatadi?

  • Qarz oluvchining kredit tarixi:
    • kreditlar bo'yicha kechiktirilgan to'lovlar qarz oluvchining kredit tarixida aks etadi va bu kredit olish bo'yicha murojaat rad etilishiga sabab bo'lishi mumkin.
  • Qarz oluvchining o'rtacha oylik daromadi:
    • oylik kredit to'lovlar Sizning o'rtacha oylik daromadingizni 50-70%dan oshmasligi kerak.
  • Kredit ta'minoti (garov/kafillik/sug'urta polisi):
    • agar Siz taqdim etgan garov (avtomobil, ko'chmas mulk) qiymati Sizning to'lov qobiliyatingiz yo'qolgan holatida kreditni to'liq qoplash uchun yetarli bo'lmasa, kredit miqdori kamaytirilishi mumkin;
    • agar Siz kredit majburiyatlari uchun kafolat sifatida uchinchi shaxs kafilligidan foydalanmoqchi bo'lsangiz, bank uchinchi shaxsning kreditni o'z vaqtida qaytarish bo'yicha moliyaviy imkoniyatlarini ham baholaydi, chunki kafil, qarz oluvchi kabi, kreditni o'z vaqtida undirish bo'yicha birdek javobgar bo'ladi;
    • qarzdor kredit ta'minoti sifatida sug'urta polisini taqdim etganda, banklar sug'urta kompaniyasining moliyaviy holatini o'rganish va baholash huquqiga ega.

Kreditga layoqatlilik baholanishida nimalar hisobga olinadi?

Jismoniy shaxsning kreditga layoqatliligini baholashda kamida oxirgi 6 oy davomidagi daromad haqida ma'lumotnoma tekshiriladi. Odatda, ushbu ma'lumotnoma ish haqi va uning ushlanmalari(daromad solig'i, pensiya jamg'armasi hissasi va boshqalar) to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Agar kredit kafillik bilan ta'minlangan bo'lsa, kafilning daromadi to'g'risidagi ma'lumotnoma ham taqdim etiladi.34

Shu bilan birga, tijorat banklari jismoniy shaxslarning kreditga layoqatliligini skoring baholash natijalari asosida baholaydilar. Ba'zi tijorat banklari kredit berish yoki bermaslik bo'yicha qaror qabul qilish uchun o'z skoring tizimiga ega. Mazkur tizim mijozning taqdim etgan hujjatlarida ko'rsatilgan asosiy ma'lumotlari (ish joyi, o'rtacha oylik daromadi, boshqa kreditlar bo'yicha qarz va boshqalar) asosida kreditga layoqatliligini baholaydi.

Yuridik shaxslarning kreditga layoqatliligini baholash jismoniy shaxslarning to'lov qobiliyatini baholashdan juda farq qiladi. Bunda, mezonlar yanada murakkab bo'lib, yuridik shaxsning moliyaviy holati va qarz mablag'lariga muhtoj bo'lgan loyihaning daromadliligini baholash ko'zda tutiladi.

Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarning kreditga layoqatliligini baholashda boshqa banklardan olingan kreditlar uchun to'lov jadvali (agar mavjud bo'lsa) ham hisobga olinadi.

Qarz oluvchining iste'mol krediti bo'yicha to'lovlilik qobiliyatini baholash misolida ko'rib chiqamiz. Masalan, Sizing oxirgi 6 oylik daromadingiz quyidagidek aks etadi:

Davr Hisoblandi Saqlab qolindi Qo’lga
Ish haqi va yordam puli Mukofotlar Boshqa to’lovlar Foyda solig’i SHJPH (1%) Kas.uyush badali
Yanvar 2 592 207,1 1 458 458,7   482 029,2 4 050,6 40 506,6 3 524 079,4
Fevral 2 700 888,8 1 817 304,0   537 664,9 4 518,1 45 181,9 3 930 827,9
Mart 3 581 471,7 1 570 794,0   613 119,6 5 152,2 51 522,6 4 482 471,3
Aprel 2 570 794,0 2 478 755,8   600 896,4 5 049,5 50 495,5 4 393 108,4
May 3 603 215,8 2 504 260,7   726 789,7 6 107,4 61 074,7 5 313 504,7
Iyun 3 669 071,4 2 427 976,2   725 548,6 6 097,0 60 970,4 5 304 431,6
JAMI 18 717 648,8 12 257 549,4   3 686 048,4 30 974,8 309 751,7 26 948 423,3

Shunday qilib, Sizning 6 oylik ish haqingiz umumiy miqdorini oylar soniga bo'lib, (bu holatda, 6) o'rtacha oylik ish haqining hajmini aniqlaymiz.31

26 948 423,3/6 = 4 491 403,8 so’m

O'rtacha oylik ish haqidan kreditni qaytarish uchun oyiga maksimal 70% sarflash mumkin (agar Sizda boshqa kreditlar bo'lmasa) va bu quyidagiga teng

4 491 403,8 х 70% = 3 143 982,6 so’m.

Siz www.finlit.uz veb-saytining kredit kalkulyatoridan foydalanib, 1 yilga yillik 26 foiz to'lash sharti bilan 33,0 mln. so'mgacha kredit olish imkoniyati mavjudligini hisoblashingiz mumkin. Shunda, kredit bo'yicha har oy uchun 3,14 mln. so'mgacha to'lovlarni amalga oshirishga to'g'ri keladi.

Ushbu misol, Sizning boshqa kreditingiz yo'qligi shartida keltirilgan.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Lizing o‘zi nima?

Lizing o‘zi nima?

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X