Kredit ta'minoti uchun garov nimaga kerak?

Oxirgi yangilanish:  20 Iyul 2020 18:11
10990
Kredit ta'minoti uchun garov nimaga kerak?
32

Garov – mijozga kredit ajratishda ta'minotning bir turidir. U mulk, zakalat, huquqlar va tovar ko'rinishida bo'lishi mumkin.

Kredit ta'minotiga taqdim etilgan mulk, zakalat, huquqlar va tovar kredit asosiy qarzi va foizlarining to'liq qaytarilishiga garov hisoblanadi. Shu munosabat bilan, garov bahosi kredit summasidan o'rtacha 20-30 foizga ko'proq bo'lishi kerak. Kredit to'lovlari muddatida qaytarilmagan taqdirda, kredit to'lovlarini undirish garovga qo'yilgan ta'minotga qaratiladi.

Kredit ta'minoti uchun bir nechta garov turlaridan foydalanish mumkin. Ular:

28

Mulk:
ko'char mulk (avtomobil, uskuna, texnika) va ko'chmas mulk (turar va noturar joy).

Zakalat:
qimmatbaho metallar (zargarlik buyumlari, oltin va kumush tangalar).

Huquqlar: 
qimmatli qog'ozlar (depozit sertifikatlari, aksiyalar);
yerga yoki mulkka egalik va foydalanish huquqlari.

Garovga qo'yiladigan mol-mulk albatta baholanishi, sug'urta qilinishi va garov shartnomasi bilan tasdiqlanishi kerak. Bunday shartlar majburiy bo'lib kreditning to'liq qiymatiga ta'sir qiladi.

Kredit muddati davomida garov egasi mulkka (zakalat tarzdagi garovdan tashqari) egalik qilish va ulardan foydalanishi mumkin. Faqatgina, kredit tashkiloti garov mulkidan boshqa shaxslarning foydalanishiga cheklov qo'yishi mumkin. Bu shartlar garov shartnomasida aniq ko'rsatilishi kerak.

27Qarzdorning kreditdan foydalanish davrida, kredit tashkiloti roziligi bilan garovni almashtirish imkoniyati mavjud. Bunda kredit tashkiloti tomonidan qarzdorning kredit tarixi, taklif etilayotgan mulkning holati va kredit qoldig'iga mutanosibligini inobatga oladi.

Garov mulki bahosi kredit summasidan ancha baland bo'lsa, uni navbatdagi kreditga ham garovga qo'yish huquqi qonun bilan belgilangan (O'zbekiston Respublikasi “Garov to'g'risida”gi Qonuni, 15-modda). Bunda, garov mulki dastavval birinchi kredit bo'yicha yuzaga kelgan majburiyatlarni qoplashi nazarda tutiladi.

Qarzdorlarning majburiyatlari bajarilishini ta'minlash maqsadida taqdim etilgan garovga nisbatan kreditorlarning huquqlari to'g'risidagi, shuningdek qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlariga qo'yilgan cheklov hamda qarzdor o'z majburiyatlari bajarilishini ta'minlashi bilan bog'liq boshqa talablar haqidagi yozuvlarni o'z ichiga olgan garov reyestri ma'lumotlar bazasi yaratilgan.

Garov reyestriga garovga qo'yilgan mulklar to'g'risidagi ma'lumotlar mulk egasining roziligi bilan kiritiladi. Ushbu ma'lumotlar bazasida foydalanuvchi sifatida ro'yxatdan o'tgan holda garov mulki to'g'risidagi ma'lumotlarni tekshirish mumkin. Bu asosan kreditor uchun garov mulkiga qo'yilgan majburiy talablarni (masalan, mulk boshqa kreditga garovga qo'yilganligi), shuningdek, garovga qo'yilayotgan mulk to'g'risida batafsil ma'lumotlarni qisqa muddatda aniqlash imkoniyatini beradi.

E'tibor qarating!

Kredit ta'minoti sifatida turar joyingizni garovga qo'yishdan oldin uni yo'qotib qo'yish xatarini to'g'ri baholang va oila a'zolaringiz uchun keltirib chiqarishingiz mumkin bo'lgan noqulayliklar haqida o'ylang.

Asosiy garov mulkingiz kredit mablag'ini 125%ini qoplamayaptimi, unda, Siz kredit summasini kamaytiring yoki qo'shimcha ta'minot turlari – boshqa yuridik shaxs kafilligi, sug'urta polisi kabilardan foydalaning.

Do'stingiz yoki tanishingiz krediti garovi bo'yicha o'z mulkingizni taqdim etishdan avval, shuni bilishingiz kerakki, agar kreditni qoplash imkoniyati bo'lmasa, kreditni undirish Sizning hisobingizdan amalga oshirilishi ehtimoli yuqori.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Lizing o‘zi nima?

Lizing o‘zi nima?

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X