Bank omonati qanday tanlanadi?

Oxirgi yangilanish:  4 Okt 2022 14:44
1281
Bank omonati qanday tanlanadi?
8

Bank omonatlari nafaqat pulni tejash, balki jamg‘armalarni ko‘paytirishning ham ishonchli usulidir. Deylik, siz bankka ma'lum miqdordagi pulni topshirasiz, bank esa sizga mablag‘lar saqlangan muddati uchun foizlar to‘laydi

Boshqacha aytganda, siz pul ishlab topasiz va siz ishlab topgan pullar siz uchun ishlashni boshlaydi

Bugungi kunda siz bankka borib (“oflayn” tarzda) o‘zingizga omonat hisobvarag‘ini ochishingiz mumkin yoki bank kartasi va bank ilovasi yordamida (“onlayn” tarzda) bankka omonat qo‘yish imkoniyatiga ham egasiz

Onlayn-omonatlarning foizlari ham oddiy omonatlar foizlari kabi hisoblanadi hamda pul bank kartasiga yoki mobil ilovadagi elektron hamyonga o‘tkaziladi. Foizlarni hisob-kitob qilish uchun Depozit kal'kulyatoridan foydalanish lozim

Eslatib o‘tamiz, “onlayn” yoki “oflayn” rejimda ochilgan har qanday omonat fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan omonatning valyutasi va miqdoridan qat'iy nazar to‘liq qaytarilishi kafolatlanadi 

Bugungi kunda tijorat banklari omonatlar yuzasidan mijozlarga rang-barang takliflarni taqdim etmoqda. Takliflarni o‘rganish va omonatlarni tanlash jarayonida dastlab quyidagi uch jihatga e'tibor qarating:

Foizlar chegarasi

Banklarda 14% dan 24% gacha bo‘lgan omonat turlari mavjud. Tabiiyki, xizmat yuzasidan belgilangan shartlar ma'lum tafovutlarni yuzaga keltirgan. Ya'ni, bir bankdagi omonatlar turiga qarab turli foizda bo‘lishi mumkin. Mijozlarga bevosita omonat shartnomalari bilan to‘liq tanishib chiqish tavsiya etiladi

Miqdor chegarasi

Tijorat banklari omonat ochishdagi eng kam pul miqdorini  belgilashda mustaqildirlar. Masalan, “ALOQABANK”da 0 so‘m, 1000 so‘m, 50 000 so‘m, “ANOR BANK” va “Mikrokreditbank” da  100 000 so‘m minimal summadagi omonat turlari mavjud bo‘lsa, “ASIA ALLIANCE BANK”da minimal summasi 5 mln so‘m bo‘lgan omonat turiga ham duch kelish mumkin

Aksariyat banklar boshlang‘ich summasi 500 000 so‘m va 1 000 000 so‘m bo‘lgan omonat turlarini taklif etishadi
Muddat chegarasi 

Tijorat banklarida foizlar va miqdor singari omonat muddatlari ham bir-biridan farqlanishi mumkin. Masalan, “GARANT BANK”, “ASAKABANK”, “IPAK YULI BANK”da 3 oylik muddatdagi omonatlar mavjud. Aksariyat banklardagi omonat turlari 6-12 oydagi muddat uchun mo‘ljallangan 

Yodda tuting!  Omonat bo‘yicha to‘liq ma'lumotlarni tijorat banklarining veb-sahifasidan yoki mobil ilovasidan olishingiz mumkin




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Omonat nima va uni qanday tushunish kerak?

Omonat nima va uni qanday tushunish kerak?

Depozit (omonat)ni qanday ochish mumkin

Depozit (omonat)ni qanday ochish mumkin

Onlayn-omonat nima va nimani bilish muhim?

Onlayn-omonat nima va nimani bilish muhim?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X