Banklardagi omonatlarni kim kafolatlaydi?

Oxirgi yangilanish:  20 Iyul 2020 23:11
5232
Banklardagi omonatlarni kim kafolatlaydi?
19

Moliyaviy aktiv sifatida bank omonatining afzalligi nimada?

Bank fuqarolardan omonatlarni jalb qilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan litsenziya olishi kerak, shunday qilib omonatlar, fuqarolardan omonatlarni jalb qilish bo‘yicha mutlaq huquqqa ega bo‘lgan tashkilotga topshirilgan.

Banklar fuqarolarning omonatlarini faoliyat uchun resurs sifatida ishlatishini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki nafaqat banklar faoliyatini litsenziyalaydi, balki ularni tartibga soladi va nazorat qiladi.

Banklardagi omonatlarni kim kafolatlaydi?

Pul mablag‘larni omonatga qo‘yish bo‘yicha banklar takliflarini ko‘rib chiqayotganda, har kimda “mening pul mablag‘larim qanchalik himoyalanadi?”, “bank bankrot bo‘lgan taqdirda omonatni qaytarish muddati qanday?” kabi savollar paydo bo‘ladi.

40

Shuni bilish kerakki, davlat tomonidan omonatlarni kafolatlash tizimi yaratilgan bo‘lib, ushbu tizim muayyan vaziyatlar ro‘y berganda fuqarolarga pul mablag‘larni qaytarib berishni ta'minlaydi.

Ushbu tizim omonat hajmi va valyutasidan qat'iy nazar uning 100% qaytarilishini kafolatlaydi (omonatlarni to‘liq hajmda qaytarish kafolati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi “Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi omonatlarini himoyalash kafolatlarini ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4057 sonli Farmoniga asosan kiritilgan). Ushbu tizim barcha mamlakatlarda ham ishlamaydi, masalan, Rossiyada davlat omonatlarni faqat 1,4 million rublgacha (196 million so‘m) qaytarishni kafolatlaydi).

Mamlakatimizda omonatlarni kafolatlash va qaytarish bo‘yicha mas'ul davlat tashkiloti omonatlarni kafolatlash Fondi hisoblanadi (Fond O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq faoliyat yuritadi).

Qanday vaziyatlarda fuqarolarning omonatlarini qaytarilishi Fond tomonidan kafolatlanadi?

Ushbu bank litsenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib olingan taqdirda fuqarolarning banklardagi omonatlarini qaytarilishi Fond tomonidan kafolatlanadi.

Shuni ta'kidlash kerakki, omonatlarning qaytarilishi bank qayta tashkil etilgan holatlarda kafolatlanmaydi, chunki omonatlar saqlanadigan hisobvaraqlar saqlanib qoladi.

Bankda omonatni saqlash muddati uchun foizlar bo‘yicha to‘lovlar ko‘zda tutiladimi?

Omonatlarni kafolatlashda omonatlar summasi foiz to‘lovlarisiz qaytarilishi ko‘zda tutilgan. Ammo, agar omonat shartlarida foizlarni kapitalizatsiyalash1 ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bunda Fond kapitalizatsiyalangan foizlarni hisobga olgan holda omonat qaytarilishini kafolatlaydi.

Omonatlarni qaytarish uchun Fond mablag‘lari qayerda saqlanadi va ular qanday shakllanadi?

Fond mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida saqlanadi va banklarning badallari hisobidan shakllanadi.

Qaysi hollarda Fond tomonidan fuqarolarning omonatlarini qaytarilishi kafolatlanmaydi?

Fond tomonidan quyidagi pul mablag‘lari kafolatlanmaydi:

49
  • qonun hujjatlarida kafolatlashning maxsus tartibi nazarda tutilgan omonatlar;
  • fuqarolar tomonidan banklarga ishonch boshqaruvi uchun o‘tkazilgan mablag‘lar;
  • taqdim etuvchining hisobvaraqlaridagi mablag‘lar (jamg‘arma daftarchasini topshirish orqali uchinchi shaxs (taqdim etuvchi) tomonidan boshqarilishi mumkin bo‘lgan omonat);
  • yuridik shaxsni tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlaridagi mablag‘lari, agar ushbu hisobvaraqlar tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan ochilgan bo‘lsa;
  • fuqarolar tomonidan mazkur bank yoki uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarni ta'minlash uchun garovga qo‘yilgan mablag‘lar (misol uchun, omonat Sizning bank kreditingiz bo‘yicha garovga qo‘yilgan);
  • O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan O‘zbekiston banklari filiallariga joylashtirilgan omonatlar.

Bank litsenziyasi chaqirib olingan taqdirda kimdan va qaysi muddat ichida omonatlaringizni qaytarib olasiz?

Fuqarolarning omonatlarini qaytarilishi bank va Fond mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Banklardagi omonatlarni to‘lab berish tartibi 4 bosqichdan iborat:

51


1 Foiz kapitalizatsiyasi hisoblangan foizlarni ma'lum davriylik bilan omonatning asosiy summasiga qo‘shishni ko‘zda tutadi. Omonat foizlar kapitalizatsiyasini nazarda tutganligi yoki yo’qligi va hisoblangan foizlarni qo‘shish muddati bo‘yicha ma'lumotlarni Sizga xizmat ko‘rsatayotgan bankdan bilib olishingiz mumkin.



Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Omonat nima va uni qanday tushunish kerak?

Omonat nima va uni qanday tushunish kerak?

Depozit (omonat)ni qanday ochish mumkin

Depozit (omonat)ni qanday ochish mumkin

Omonat foizlarini pog‘onali hisoblash: u o‘zi nima va qanday hisoblanadi?

Omonat foizlarini pog‘onali hisoblash: u o‘zi nima va qanday hisoblanadi?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X