Markaziy bankning esdalik oltin tangalari va suvenirlar to‘plamlari

Oxirgi yangilanish:  9 Avg 2021 15:14
2851
Markaziy bankning esdalik oltin tangalari va suvenirlar to‘plamlari
1

Markaziy bankning esdalik oltin tangalari va suvenirlar to‘plamlari –999,9 asillik darajasiga ega bo‘lgan sof oltindan tayyorlangan.

Sotuvga chiqarilgan esdalik tangalari va suvenirlar to‘plamlari ro‘yxati bilan Markaziy bank rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

Bugungi kunda to‘rt xil narx kategoriyasidagi esdalik tangalar sotuvga chiqarilmoqda. Narxlar tanga vazniga qarab bir biridan farq qiladi. Masalan, 50 ming so‘m nominaldagi 20 gr. og‘irlikka ega tangalar narxi, joriy yil 9 avgust sanasida 12,77 mln so‘mni tashkil etadi. 100 ming so‘m nominaldagi 31,1 gr. og‘irlikka ega tangalar narxi –19,86 mln so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, har biri 20 grammlik 5 ta tangadan iborat (63,88 mln so‘m) va har biri 31,1 grammlik 5 ta tangadan iborat (99,34 mln so‘m) to‘plamlar ham mavjud [1] .

Pamyatnie moneti vipuskayutsya v obrashenie s sertifikatom podlinnosti, podtverjdayushim ix texnicheskie xarakteristiki. Moneti izgotovleni kachestvom “PROOF”.

Mazkur esdalik tangalar va suvenirlar to‘plamlari ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikatlari bilan sotuvga chiqariladi. Esdalik tangalari va suvenirlar to‘plamlarning sotuv narxi qimmatbaho metallning jahon bozoridagi narxi va ushbu narxga qo‘llaniladigan marjaga asosan belgilanadi va Markaziy bank tomonidan har kuni milliy valyutada e'lon qilinadi.

Esdalik tangalar va suvenirlar to‘plamlarni qaerdan sotib olish mumkin?

Esdalik tangalari va suvenirlar to‘plamlarini tijorat banklarida sotib olish mumkin. Tijorat banklarining esdalik tangalar va suvenirlar to‘plamlarni sotish va qaytarib sotib olish punktlari manzili va to‘liq ro‘yxatini Markaziy bankning rasmiy saytida taqdim qilingan bilib olish mumkin.

Markaziy bank esdalik tangalari va suvenirlar to‘plamlarini qaytarib xarid qilib olish tartibi

Esdalik tangalarni qaytarib xarid qilib olish Markaziy bank rasmiy saytida ko‘rsatilgan esdalik tangalarining sotuvi tashkil qilingan tijorat banklari orqali quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Esdalik tanga egasi o‘ziga qulay bo‘lgan tijorat bankiga murojaat qilishi va esdalik tangani sertifikati bilan birga taqdim etishi lozim. Esdalik tangalari va suvenirlar to‘plamlarini qaytarib xarid qilib olishda jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Bunda yuridik shaxsning vakili esdalik tangasi va suvenirlar to‘plamini tasarruf etish huquqi borligi to‘g‘risidagi ishonchnomani taqdim etishi kerak. Dalolatnoma uch nusxada tuziladi va ulardan bir nusxasi tijorat bankida, ikkinchi nusxasi esdalik tanganing va suvenirlar to‘plami egasida hamda uchinchi nusxasi texnik ekspertiza o‘tkazilishi uchun esdalik tangasi va suvenirlar to‘plami bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etiladi.

Undan so‘ng tegishli tijorat banki 10 kun ichida esdalik tangani texnik ekspertizadan o‘tkazish uchun Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga topshiradi. Palata, o‘z navbatida, ekspertiza o‘tkazadi hamda 10 kun ichida natijalarni taqdim etadi.

3. Palataning texnik ekspertiza to‘g‘risidagi xulosasini qabul qilingandan so‘ng Markaziy bank 10 kun ichida esdalik tangalarni qaytarib xarid qilib olgan tijorat banki orqali esdalik tanga egasi bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi.

Esdalik tangalari va suvenirlar to‘plamlarini qaytarib sotib olish qiymati, uni topshirilgan kundagi bir gramm qimmatbaho metall narxi va ushbu narxga qo‘llaniladigan chegirmadan kelib chiqib hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarining qaytarib xarid qilib olish narxi quyidagi formula asosida hisoblanadi:

qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarining qaytarib xarid qilib olish narxi

bu yerda:

∑ — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalari uchun so‘mda to‘lanadigan qiymat;

V — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarining grammdagi og‘irligi;

PG/UZS — bir gramm uchun so‘mdagi narx;

D — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan chegirma miqdori (foizda).

Masalan, siz bir dona 20 grammlik esdalik oltin tangangizni 2021 yil 2 avgust sanasida qaytarib sotish uchun tijorat banklaridan biriga murojaat qildingiz. Ushbu tangalarning har birining narxi quyidagicha hisoblanadi:

Ushbu tangalarning har birining narxi quyidagicha hisoblanadi

Esdalik oltin tanga og‘irligi – 20 gramm;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan chegirma miqdori – 2 %;

Bir gramm oltinning narxi

Oltinning jahon bozoridagi narxi (LBMA fiksingi) – 1 776,60 doll./tr.uns.;

Bir troy unsiyasining metrik grammdagi ekvivalenti = 31,1035 gramm;

1 AQSh dollari uchun Markaziy bank kursi (6 avgustdagi) – 10 679,39 so‘m.

Izoh: Hisob-kitoblarda qulaylik yaratish maqsadida esdalik oltin tangalarni sotish qiymati minggacha yaxlitlanishi mumkin.

Demak, siz ma'lum muddat avval sotib olgan esdalik oltin tangangizni joriy yil 9 avgust kuni tijorat bankiga 11 955 917,5 so‘m narxi bo‘yicha sotishingiz mumkin.

Esdalik tangalar va suvenirlar to‘plamlarini qanday saqlash lozim?

Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangalari ularga mexanik shikast yetmaydigan sharoitlarda saqlanishi kerak.

Tangalarni tarkibida aktiv kimyoviy birikmalar mavjud bo‘lgan maishiy kimyo mahsulotlari, kosmetik va dori vositalari bilan birga saqlash mumkin emas. Ayniqsa, tangalarni xlor, yod va simob kabi birikmalarga yaqin saqlash nihoyatda xavflidir.

Tangalarni qolibsiz (qattiq va shaffof kapsulalar) polivinilxloriddan tayyorlangan al'bomlarda (rangsiz, shaffof plastmassa, termoplastik polimer) saqlash qatiyan tavsiya etilmaydi. Polivinilxlorid vaqt o‘tishi bilan yoriladi va o‘zidan xlororganik birikmalarni chiqarib, tangalarda yashil dog‘larni paydo qilishi va ular sifatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, tangalarni banknotalar bilan birga saqlash ham tavsiya etilmaydi, chunki bo‘yoq va qog‘ozda oltingugurt birikmalari mavjud bo‘lib, ular tanga yuzasi qorayishini keltirib chiqarishi mumkin.

Esdalik tangalar va suvenirlar to‘plamlari maxsus qattiq va shaffof kapsulalar bilan qadoqlangan holda sotuvga chiqarilgan. Ular tangalarni qattiq predmetlarning tegib ketishidan, chang va boshqa mayda zarrachalardan himoya qiladi. Tangalarni kapsuladan chiqarib yuzasini qo‘l bilan ushlash qatiyan tavsiya etilmaydi. Chunki tanganing silliq yuzasiga tushgan barmoq izlarini tozalash natijasida u shikastlashi mumkin va avvalgiday holati yo‘qolishi mumkin. Agar tangani kapsuladan chiqarish kerak bo‘lib qolsa, uchlari rezinali maxsus pinset bilan yoki matoli qo‘lqopda tanganing yonidan ushlab chiqarilishi lozim.

Esdalik tangalarni chet elga olib chiqib ketish mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi PF-6066-son “Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq jismoniy shaxslar tegishli sertifikatlar mavjud bo‘lganda va tovarlarni olib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan me'yoridan oshgan taqdirda, majburiy ravishda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli quymalar va Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini respublika hududidan tashqariga cheklovlarsiz olib chiqish huquqiga ega.

O‘lchamli yombilar va esdalik tangalarining qiymati qonunchilik bilan belgilangan tovarlarni chet elga olib chiqishning normasidan (5000 AQSh dollari ekvivalentidan) oshgan holda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish majburiy hisoblanadi.

Narxlar maqola e'lon qilingan vaqtda amal qiladi




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Naqd va naqdsiz pullar

Naqd va naqdsiz pullar

Valyutalar

Valyutalar

Qanday qilib pul haqiqiyligini tekshirish mumkin?

Qanday qilib pul haqiqiyligini tekshirish mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X