Qanday qilib pul haqiqiyligini tekshirish mumkin?

Oxirgi yangilanish:  6 Yan 2022 18:13
4394
Qanday qilib pul haqiqiyligini tekshirish mumkin?
24

Haqiqiy banknotalarni sohta banknotalardan qanday ajratish mumkin? Eng ishonchli usuli - banknotani istalgan bankda tekshirishdir. Bu bepul, lekin har doim ham qulay emas. Keling, haqiqiy pulni sohta puldan qanday farqlashni aniqlaylik.

Haqiqiy banknotalarning o‘ziga xos xususiyatlari xavfsizlik elementlarining mavjudligidir.

Himoyaning asosiy elementlari:

  • Suvli belgilar – yorug‘likda suvli belgilar/tasvirlar yoriq bshlib ko‘rinsa;
  • Tolalar – qog‘oz matoga kiritilgan rang-barang iplar;
  • Relyefli bosma - teginish orqali idrok etiladigan tasvir va yozuvlar;
  • Gologramma – burilganda uch o‘lchamli gologramma tasvirini beruvchi element;
  • Qog‘ozning ichki tuzilmasida portret tasvirning orqa tomonidan mavjudligi. Ushbu tasvir yorig‘likka qarshi qaratilib tekshiriladi.

Banknotaning haqiqiyligini tekshirish bo‘yicha to‘liq ma'lumotni Markaziy bankning veb saytidan quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.

Qalbaki banknota topsam nima qilishim kerak?

Qoida #1. Banknotlarni sizning cho‘ntagingizda bo‘lishidan oldin tekshirishingiz kerak. Agar biron-bir shubha bo‘lsa, pulni olmang.

Qoida #2. Agar qo‘lingizda allaqachon shubhali banknot topsangiz, u bilan to‘lashga shoshmang. Bu soxta bo‘lsa, vaqtingiz kamida huquqni muhofaza qilish organlariga uzoq tushuntirishga ketadi.

Qoida #3. Shubhali pulni tijorat bankiga olib boring. Ehtimol borki, pul haqiqiy, ammo shikastlangan bo‘lishi mumkin holos.

Tekshiruv bepul. Bank mutaxassislari sizning oldingizda tekshirib beradi. Pul shikastlangan bo‘lsa (almashtirishga yaroqli bo‘lgan taqdirda), bank sizga yangisini beradi. Agar pul qalbaki bo‘lsa, uning qiymatini qoplab berishmaydi.




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Naqd va naqdsiz pullar

Naqd va naqdsiz pullar

Valyutalar

Valyutalar

Qanday qilib pul haqiqiyligini tekshirish mumkin?

Qanday qilib pul haqiqiyligini tekshirish mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X