Kobeyjing kartalari: qanday ishlaydi va o‘ziga xosligi nimada?

Oxirgi yangilanish:  12 Iyul 2021 23:23
2306
Kobeyjing kartalari: qanday ishlaydi va o‘ziga xosligi nimada?
7

Ko‘pchilikka shunday holat tanishki, do‘konlarda xaridlarni amalga oshirish uchun – alohida bank kartasi, onlayn xaridlar va chet elga safarlar uchun esa – alohida xalqaro/chet el valyutasi kartalari zarur bo‘ladi. Xizmat safariga yoki sayohatga yo‘l olsak, xalqaro kartamizga oldindan pul o‘tkazishimiz, tugab qolgan taqdirda esa, asosiy kartamizdan yana pul ko‘chirishimiz yoki bankka murojaat qilishimizga to‘g‘ri keladi. Ushbu jarayonlarning barchasi vaqt, e'tibor va qo‘shimcha mablag‘ talab qiladi.

Xaridlarni yanada tezkor, foydali va xavfsizroq amalga oshirish, shuningdek alohida karta uchun qo‘shimcha mablag‘ sarflamaslik uchun kobeydjing kartalari mavjud.

Kobeydjing kartalari o‘zi nima?

Kobeydjing kartalari - bu ikkita to‘lov tizimi bilan ishlash imkoniyati mavjud bo‘lgan kartalar hisoblanadi. Ushbu kartalar yordamida alohida xalqaro karta ochish, u bo‘yicha qo‘shimcha komissiya to‘lashga va vaqt sarflashga hojat qolmaydi.

Kobeydjing kartalarining o‘ziga xosligi nimada?

  • Ushbu turdagi bank kartalari 2 ta an'anaviy bank kartalarining o‘rnini bosadi va shu bilan yanada tezkor, tejamkor va qulay moliyaviy vosita hisoblanadi;
  • Xaridlar va to‘lovlarni amalga oshirishda karta egasi har safar to‘lov tizimini tanlashiga hojat yo‘q, tizim avtomatik ravishda ulangan to‘lov tizimlaridan qaysi biri qulay ekanligini tanlaydi. Shuningdek, karta egasi ma'lum bir operatsiya uchun komissiya to‘lovlari arzon bo‘lgan to‘lov tizimini o‘zi tanlashi ham mumkin;

  • Kobeydjing kartalaridan nafaqat POS-terminallar, balki dunyo bo‘ylab onlayn do‘konlar orqali xaridlar qilish uchun mamlakat hududida va chet elda birdek foydalanish imkoniyati mavjud;
  • Ushbu kartalar chet el valyutasida to‘lovlar amalga oshirilganda bir zumda so‘mdagi mablag‘larni avtomatik tarzda konvertasiya qilish imkonini beradi;
  • Kobeydjing kartalarida zamonaviy texnologiyalar mavjud (NFC yordamida kontaktsiz to‘lov usuli, bir necha darajali himoya tizimi va b.)

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda “Uzcard-MIR”, “Uzcard-UnionPay”, “Uzcard-VISA”, “Uzcard-Mastercard”, “Humo-VISA” hamda “Humo-MasterCard” kobeydjing kartalarini ochish va ulardan foydalanish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, virtual kobeydjing kartalarini ochish ham mumkin. Virtual kartalarning xususiyatlari va afzalliklari bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting

Kobeydjing kartasini ochish uchun siz bankka murojaat qilishingiz va kerakli ma'lumotlarni taqdim etishingiz zarur. Shuni unutmangki, tanishlaringiz, do‘stlaringiz yoki qarindoshlaringiz nomiga bank kartasini ochish mumkin emas; bank kartasi egasining shaxsan o‘zi bo‘lishi va tasdiqlashi talab qilinadi. Xizmat tariflari va kobeydjing kartalari bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar tijorat banki tomonidan belgilanadi.

Kobeydjing kartalari qanday ko‘rinishga ega?

Kobeydjing kartalarining an'anaviy kartalardan ajralib turadigan jihati shundaki, kartaning old tomonida ikkala to‘lov tizimining logotiplari va orqa tomonida magnit chiziq, imzo uchun joy hamda CVC yoki CVV kodlar joylashgan bo‘ladi (imzo uchun joy yonidagi yetti xonali raqamning oxirgi 3 raqami). CVC yoki CVV kodlar xavfsizlik kodi hisoblanib, ular yordamida bank sizni to‘lov rekvizitlariga ega bo‘lgan haqiqiy karta egasi sifatida aniqlay oladi.

кобейжинг-карта1

CVC yoki CVV kodlarini (xavfsizlik kodlarini) boshqa shaxslarga oshkor etish juda xavfli, chunki moliyaviy firibgarlikning qurboniga aylanish ehtimoli juda yuqori bo‘ladi.

Kobeydjing kartalaridan foydalangan holda onlayn xaridlarni amalga oshirishda xavfsizlikni ta'minlash uchun quyidagi qoidalarga rioya qiling:

  1. Kartangiz suratini internet tarmoqlarida joylashtirmang va messendjerlar orqali hech kimga yubormang! (hattoki yaqin do‘stlaringizga ham, chunki sizning akkauntingiz begonalar tomonidan buzib kirilishi mumkin);
  2. Internetda hech kimga shaxsiy ma'lumotlaringizni, kobeydjing kartasi PIN-kodini, kartangizdagi operatsiyalar tarixini va ayniqsa, CVC va CVV kodlarni oshkor qilmang;
  3. Noma'lum manbalardan olingan dasturlarni komp'yuteringizga va mobil telefoningizga o‘rnatmang;
  4. Faqat taniqli va ishonchli onlayn-do‘konlarning va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning veb-saytlaridan foydalaning;
  5. Faqat o‘z komp'yuteringizdan xaridlarni amalga oshirishga harakat qiling. Agar boshqa birovning komp'yuteridan foydalansangiz, operatsiyani tugatgandan so‘ng, shaxsiy va boshqa ma'lumotlaringizni komp'yuterdan o‘chirganingizga ishonch hosil qiling.



Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Elektron hamyon nima?

Elektron hamyon nima?

Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X