HumoPay – bank kartasidan foydalanmay to‘lovlarni amalga oshirish

Oxirgi yangilanish:  2 Apr 2021 17:29
2227
HumoPay – bank kartasidan foydalanmay to‘lovlarni amalga oshirish

Endilikda do‘konlarda xaridlar uchun to‘lovni amalga oshirishga bank kartangiz yoningizda bo‘lishi shart emas, albatta, agar sizda bank mobil ilovasi mavjud va HumoPay tizimi ulangan bo‘lsa.

Bunday imkoniyatga ega bo‘lish uchun:

  • Smartfoningizda NFC xizmati mavjud bo‘lishi lozim (telefon sozlamalarining ulanish bo‘limi orqali tekshirib ko‘rish mumkin);
  • Humo bank kartangiz mavjud bo‘lishi va unga SMS xabarnoma ulangan bo‘lishi zarur;
  • Mobil ilovaga bank kartangizni kiritishingiz uchun Humo bank kartangiz va bank mobil ilovasi ulangan telefon raqami bir xil bo‘lishi lozim;

Xozirgi kunda tijorat banklarining Apelsin, Joyda, Asaka, Milliy, Ipakyo’li, AAB, Agrobank, QQB Mobile (Quant) mobil ilovasi orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Yuqoridagi holatlarning barchasi mavjud bo‘lgandagina siz HumoPay tizimini o‘z smartfoningizda o‘rnatishingiz va undan foydalanishingiz mumkin.

HumoPayni smartfoningizga sozlash ketma-ketligi bankning mobil ilovasiga qarab farq qilsada, uni o‘rnatish tamoyillari bir xil:

  1. Avvalo, Humo bank kartangizni mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazing
  2. Mobil ilovada HumoPay belgisini toping (bu asosiy sahifada, ilova menyusida yoki kartalar bo‘limida bo‘lishi mumkin)
  3. HumoPay belgisini bosing va pinkodni yarating (barmoq izidan ham foydalanishingiz mumkin)
  4. HumoPay tizim orqali to‘lash uchun Humo bank kartalaringizdan birini tizimga qo‘shing.
Savdo nuqtalarida to‘lovlarni amalga oshirish uchun mobil ilovadan HumoPay belgisini bosasiz va Humo savdo terminaliga telefoningizni 3 sm yaqinlikda bo‘lagan masofada olib keling.

Tabriklaymiz, to‘lovingiz muvaffaqiyatli amalga oshirildi!

HumoPay tizimining e'tiborli jihatlari:

  • Tizim orqali to‘lov faqat va Humo savdo terminallari orqali amalsha oshirilishi mumkin;
  • To‘lovni amalga oshirayotgan vaqtda NFC sozlamasi yoniq bo‘lishi lozim;
  • HumoPay dasturi orqali internet xizmatisiz 12 martagacha to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Bank kartangizni unutib qoldirdingizmi? To‘lovlarni HumoPay yordamida muammosiz amalga oshiring.




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Elektron hamyon nima?

Elektron hamyon nima?

Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X