Intercheynj komission to‘lovi o‘zi nima?

Oxirgi yangilanish:  17 Avg 2022 12:48
582
Intercheynj komission to‘lovi o‘zi nima?

Intercheynj (banklararo komission to‘lov) – bu bank-ekvayer (savdo nuqtasiga xizmat ko‘rsatuvchi bank) emitent bankka (xaridorning kartasini bergan bank) karta yordamida tovar yoki xizmatlarni xarid qilish maqsadida amalga oshirilgan har bir to‘lov operatsiyasi uchun to‘laydigan komissiya hisoblanadi. Aslida, komissiya xarajatlari ikki bank o‘rtasida taqsimlanadi, shuning uchun u banklararo deb ataladi.

Ba'zi mamlakatlarda, intercheynj miqdori qonunchilik bilan tartibga solinadi: masalan, AQShda – har bir amaliyotdan 2%, Yevropada – kredit yoki debet kartaligidan kelib chiqib, 0,2–0,3%. O‘zbekistonda UZCARD yoki HUMO to‘lov tizimidagi terminal orqali qabul qilingan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun intercheynj 0,2% miqdorda belgilangan. VISA yoki MASTERCARD tizimi orqali ushbu komissiya 0,75% dan 1,75% oralig‘ida.

Nima uchun intercheynj o‘rnatiladi?

Intercheynj naqd pulsiz to‘lovlar bozori faoliyatini ta'minlaydi. Banklar interjeynjdan kelgan daromadlarni terminallarni o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish; kiberxavfsizlikni ta'minlash va takomillashtirish; NFC to‘lovlarni integratsiya qilish kabi yangi to‘lov texnologiyalarini rivojlantirishga sarmoya sifatida kiritadi. Bunday investisiyalar xaridorlar va chakana savdo do‘konlariga innovasion to‘lov texnologiyalaridan keng qamrovda foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Bundan tashqari, banklar ko‘pincha banklararo komissiyaning daromadlaridan bank kartalari egalari uchun imtiyozlar yaratish uchun foydalanadilar. Intercheynj tufayli cashback tizimi rivojlanmoqda.

Intercheynj miqdorini kim belgilaydi?

Intercheynj miqdori to‘lov tizimi tomonidan bozor taomillari asosida belgilanadi.

Intercheynj miqdori quyidagilarga bog‘liq bo‘lishi mumkin:

  • do‘kon turi;
  • tovarlar qiymati;
  • sotuvchi tomonidan ishlatiladigan to‘lovlarni qayta ishlash texnologiyasi;
  • to‘lov amalga oshirilgan mamlakat/hudud.

Intercheynj miqdori to‘lov tizimi tomonidan belgilansada, tadbirkor va bank o‘rtasidagi munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Shu sababli, tadbirkor interjeynj bo‘yicha belgilangan komissiyadan ko‘proq summa to‘lashi ham mumkin.

Teskari intercheynj ham mavjud bo‘lib, bunday holatda emitent bank xizmat ko‘rsatuvchi bankka foiz to‘laydi. Masalan, mijoz boshqa bankning bankomatidan komissiya bilan naqd pul yechsa, ushbu komissiyaning bir qismi bankomat tegishli bo‘lgan bankka intercheynj sifatida yuborilishi mumkin.




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Elektron hamyon nima?

Elektron hamyon nima?

Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X