Bugungi kunda elektron hamyon internetda onlayn xaridlarni amalga oshiradigan va u yerda frilanser, ya'ni erkin yollangan xodim (kopirayter, tarjimon, dizayner, dasturchi) sifatida faoliyat yuritadiganlar uchun ideal to'lov vositasi hisoblanadi.
Bunday hamyon yordamida Siz elektron pullar bilan turli xil hisob-kitoblarni amalga oshirishingiz mumkin. Bu elektron pullarning haqiqiy pul mablag'lariga aylanishi va bank hisobvarag'iga yoki bank kartasiga o'tkazilishi oson va oddiy.
Elektron hamyon - elektron pullarni saqlaydigan hamda internetdagi xaridlar va xizmatlar uchun haq to'lash, hatto pulni bank hisobvarag'iga yoki bank kartasiga o'tkazish yoki naqd pul olish imkonini beruvchi kompyuter dasturidir. O'tkazmalar bir zumda amalga oshiriladi, ko'plab elektron pullar tizimlari hisob-kitoblar va o'tkazmalarni turli valyutalarda amalga oshirish imkonini beradi.
Elektron pullar tizimlarining afzalliklari va kamchiliklari:
|
Afzalligi: | Kamchiligi: |
ishonchlilik | xavfsizlik sozlamalarining murakkab tizimi | |
turli valyutalarda pul o'tkazmalari | tizim ichidagi o'tkazmalar bo'yicha foizlar olinadi (o'tkazma summasining 0,8%) | |
tijorat faoliyatini amalga oshirish imkonini beradi | identifikatsiyaning murakkab tartibi | |
kreditlash imkoniyati mavjud |
|
|
|
ro'yxatdan o'tish tartibining oddiyligi | O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasi bilan ishlamasligi |
qo'shimcha tasdiqlovsiz avtorizatsiya qilish | tijorat faoliyatini yuritish ta'qiqlangan (yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatilmaydi) | |
xizmatlar, mahsulotlar va jarimalar uchun to'lovlarning kengligi | xavfsizlik darajasining pastligi (pochtani buzib kirish xavfi yuqoriligi) | |
|
hisobvaraqni to'ldirish uchun terminallar tarmog'ining kengligi (20 dan ortiq mamlakatlarda 100 000 dan ortiq) | elektron pullarni qoplashda vositachilik haqining yuqoriligi (2 % dan ortiq) |
pul mablag'larni kirim qilish va xizmatlar uchun vositachilik haqlarining yo'qligi | naqd pul chiqarish imkoniyatlarining cheklanganligi (kuniga bir marta) | |
SMS orqali to'lovlarni amalga oshirish imkoniyati | kreditlash imkoniyatining mavjud emasligi |
Bank kartasi bo'lsa, elektron hamyon nima uchun kerak?
Elektron hamyon ishlash tamoyili bank kartasiga o'xshaydi. Uni osonlik bilan to'ldirish mumkin va dunyoning istalgan joyida u orqali to'lovlarni amalga oshirish mumkin. To'lovlar bo'yicha cheklovlar deyarli yo'q. Shunda savol tug'iladi: agar bank kartasi mavjud bo'lsa, elektron hamyon nima uchun kerak?
- Elektron hamyonda pulni turli valyutalarda saqlashingiz mumkin. Masalan, dunyoning turli mamlakatlarida to'lovlarni amalga oshirish ehtiyoji vujudga kelsa, elektron hamyon juda qulay hisoblanadi;
- Sayohat qilganda juda qulay, chunki hamma narsa smartfonga bog'langan bo'ladi va NFC (kontaktsiz aloqa) yordamida to'lovni amalga oshirish mumkin. Bu to'lov jarayonini ancha osonlashtiradi. Bundan tashqari, har qanday bank kartasidan (so'm) mobil ilova orqali elektron hamyonni to'ldirish mumkin;
- Elektron hamyon orqali xalqaro to'lov tizimda pul o'tkazmalari tez va qulay tarzda amalga oshiriladi. Misol uchun Siz tez va oson usulda xorijiy mamlakatdagi boshqa shaxsning hisobvarag'iga qulay valyutada pul o'tkazishingiz mumkin.
MUHIM!!! Siz (yoki jo'natuvchi) pul o'tkazmasi uchun vositachilik haqi to'lashingiz kerak bo'ladi, shuning uchun xalqaro o'tkazmalar shartlarini oldindan o'rganib chiqish zarur.