Ko’p beriladigan savollar

Oxirgi yangilanish: 15 Sen 2020 17:55
81

Kreditning to‘liq qiymati (KTQ) - iste'mol krediti yoki qarz olish bilan bog‘liq to‘lovlarining haqqoniy, yillik va samarali hisoblashdagi foiz stavkasi hamda to‘liq qiymati.
Bugungi kunga kelib barcha banklar qarz oluvchilar bilan tuzilgan iste'mol krediti shartnomalarida kreditning to‘liq qiymati miqdorini ko‘rsatadi.
Kreditning to‘liq qiymatini hisoblab chiqishda qarz oluvchining quyidagi to‘lovlari hisobga olinadi:
• asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlar;
• bank foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar — agar bunday to‘lovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa va/yoki kredit yoki qarz berilishi bunday to‘lovlarni amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lsa;
• uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar, agar bunday to‘lovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa, shu jumladan quyidagi to‘lovlar:
- sug‘urta tashkiloti foydasiga amalga oshirilgan to‘lovlar, agar sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasi yuzaga kelgan taqdirda naf oluvchi bo‘lib bank hisoblansa;
- qarz oluvchining majburiyatlari ta'minotiga qabul qilingan va garovga qo‘yuvchining ixtiyorida qoladigan garov predmetini garov shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qilishda qarz oluvchi tomonidan sug‘urta tashkilotining foydasiga amalga oshirilgan to‘lovlar;
- qarz oluvchi tomonidan kafolat (kafillik) olish uchun kafolat beruvchiga (kafilga), shuningdek garovga topshirilayotgan mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotga to‘langan to‘lovlar;
- mijozlarni jalb qilish, ular tomonidan kredit yoki qarz olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish, ushbu hujjatlarni bankka topshirish, kredit yoki qarzlarni qoplash hisobiga bank mijozlaridan to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini qabul qilish bo‘yicha bankka xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlar (vositachilar) hisobiga amalga oshirilgan to‘lovlar.
Banklar quyidagi hollarda KTQni hisoblab chiqishlari shart:
• shartnoma tuzilganda;
• kredit yoki qarz olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga kredit yoki qarz olish shartlari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etish vaqtida.
Hozirgi kunda Jahon banki ekspertlari tomonidan Markaziy bankka barcha kredit tashkilotlarida kreditning to‘liq qiymatini hisoblash yagona standartini kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda Markaziy bank mutaxassislari barcha kredit tashkilotlarida kreditning to‘liq qiymatini hisoblash uchun yagona standartni kiritish ustida ish olib bormoqda. Ushbu standart joriy yilning ikkinchi yarmida amaliyotga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Sen 2020 17:55
83

Qarz oluvchi bankka quyidagi ta'minot turlarining birini yoki bir nechtasini taqdim etishi mumkin:

• mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi;
• bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;
• uchinchi shaxsning kafilligi;
• sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

Kredit hisobiga sotib olingan mulk, uning qiymatining 80 foizi miqdorida mazkur kredit bo‘yicha garov predmeti bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X