Ko‘p beriladigan savollar

RSS
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
170
Mol-mulklarni sotib olishdan oldin, ushbu mol-mulk to‘g‘risida garov reestridan onlayn rejimda ma'lumot olish mumkin. Xizmat haqi bepul. Buning uchun birinchi navbatda, garov.uz saytiga kiring. Saytning onlayn xizmatlar bo‘limidan “Yozuvni izlash” tugmasini bosing. Mulk bo‘yicha ma'lumotlarni, ya'ni kadastr raqami yoki avtotransport kuzov raqamini kiriting. Ko‘chirma olish tugmasini bosib, garovga qo‘yilgan mol-mulk bo‘yicha to‘liq ma'lumotlarni yuklab olib, tanishib chiqishingiz mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
172
Odatda bankomatdan 20-30 soniyada bank kartasi qaytarib olinmasa, bankomat xavfsizlikni ta'minlash maqsadida bank kartasini yutib yuboradi. Ehtimolki, bank kartangiz bankomatda qolgan va siz mazkur bankomat tegishli bo‘lgan bankka murojaat etsangiz, o‘rnatilgan tartibda shaxsingizni tasdiqlagan holda bank kartangiz sizga qaytariladi. Agar mazkur 20-30 soniya ichida begona shaxs sizning kartangizni olib ketgan deb shubhalansangiz, darhol bankning mobil ilovasi orqali yoki bankka qo‘ng‘iroq qilib bank kartangizni blokirovka qildiring, so‘ng yangisini ochishga ariza bering.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
117
Tijorat banklari moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilishda, jumladan mijozlarga xizmat ko‘rsatish tariflarini o‘rnatishda mustaqildir. Bunday komission to‘lovlar haqida siz oldindan to‘liq ma'lumot olishga haqlisiz.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
544

Joriy yil 1 maydan 2023 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilar* tomonidan 25 yoshdan oshmagan yoshlarni ish bilan ta'minlaganligi uchun ularga soliq imtiyozlari qo‘llaniladi.

Soliq imtiyozi: korxonaning o‘z yosh xodimlari uchun to‘lagan ijtimoiy soliq summasi (12 foiz) Davlat byudjetidan to‘liq qaytarib beriladi.

 Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytariladi.

 * byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
117
Aksiyalar ham, obligatsiyalar ham qimmatli qog‘ozlar bo‘lishiga qaramay, ular o‘rtasida mutlaq farq mavjud. Aksiya o‘z egasining (aksiyadorning) jamiyatdagi egalik ulushini tasdiqlovchi va aksiyadorga jamiyatni boshqarishda ishtirok etish va/yoki dividendlar olish huquqini beruvchi qimmatli qog‘oz; obligatsiya esa kompaniyaning obligatsiya egasi oldidagi qarz majburiyatlarini belgilaydi hamda kompaniyadagi ulush bilan, foydani taqsimlash yoki kompaniyani boshqarish bilan bog‘liq emas.
Shunga ko‘ra, ushbu qimmatli qog‘ozlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda, ularning egalari mazkur vositalar tomonidan taqdim etilgan daromadlar, uning hajmi, to‘lash davriyligi va tartibi, shuningdek daromadlar va xavflarning kafolatlari, shu jumladan kompaniya faoliyatiga ta’sir qilish imkoniyatlari bo‘yicha turli xil huquq va imkoniyatlarga ega.
Hulosa qilib aytganda, aksiyadorlar kompaniyaning sherik egalari, obligatsiya egalari esa kreditor (qarz beruvchi) hisoblanadi.
Ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tayyorlandi

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
124
Xalqaro svift orqali pul jo‘natmasi mahalliy bankdagi valyutada hisobvarag‘idan chet eldagi biror bir tashkilot yoki shaxsning bank hisobvarag‘iga valyuta jo‘natish turi hisoblanadi.
Svift orqali jo‘natmani amalga oshirish uchun xorijiy mamlakatdagi pul qabul qiluvchining bank rekvizitlari (jo‘natmani qabul qiluvchi bank, bank svift kodi yoki IBAN raqami, qabul qiluvchi shaxs to‘liq ismi sharifi, manzili, hisobvarag‘i, to‘lov maqsadi) ni to‘lov topshiriqnomasiga kiritish lozim. Bunday jo‘natmalarda mahalliy va xorijiy bankning komission to‘lovalari mavjud. Ular BEN, OUR, SHA turlariga bo‘linadi. Bunda,
BEN – barcha kommission to‘lovlar jo‘natma summasidan yechib olinadi, ya'ni pullarni qabul qiluvchi jo‘natma summasiga nisbatan kamroq summa qabul qiladi;
OUR – barcha kommission to‘lovlar jo‘natuvchi hisobidan amalga oshiriladi, ya'ni pullarni qabul qiluvchi jo‘natmani to‘liq summada qabul qiladi, kommission to‘lovlar esa jo‘natuvchining hisobvarag‘idan yechib olinadi;
SHA – jo‘natuvchi o‘z mahalliy banki komission to‘lovlarini amalga oshiradi, qabul qiluvchi esa xorijiy bank komission to‘lovlarini to‘laydi yoki jo‘natma summasidan chegirib qolinadi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
64

1. Sotib olish va ushlab turish (Buy and Hold)

Aksiyalarda pul ishlashning eng oson yo'li - sotib olish va ushlab turishdir. Siz aksiyador bo'lishingiz va istagan kompaniya aksiyalarini sotib olishingiz mumkin. So’ngra, ularni uzoq vaqt davomida portfelingizda ushlab turasiz va aksiya qiymatini o’shishini kutasiz. Bu usul biroz sabr-toqatni talab qilishi mumkin, ammo vaqt o'tishi bilan to'g'ri kompaniya bilan siz munosib daromad olishingiz mumkin.

2. Dividendlar

Ko'pgina kompaniyalar o'z aksiyadorlariga dividendlar to'laydi. Dividendlar kompaniya foydasining bir qismi bo'lib, aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanadi. Dividendlar orqali aksiyalardan daromad olish, sizning kompaniya aksiyalariga egalik qilishdan passiv daromad olishingizni anglatadi, hatto ularning qiymati tez o'smasa ham. Bu usul barqaror daromad izlayotgan investorlar uchun mos keladi.

3. Aksiyalar bilan savdo qilish

Faolroq investorlar uchun birja savdolari mavjud. Birjada aksiyalarni narxlari o'zgarishiga qarab sotib olishingiz va sotishingiz mumkin. Bu bozorda ko'proq ishtirok etishni va bilimni talab qiladi, shu bilan birga ko'proq daromad olish imkoniyatini ham beradi.

4. O'rganish va tahlil

Aksiyalarga muvaffaqiyatli sarmoya kiritish uchun kompaniyalarning hisobotlari va tahlillarini o'tkazish muhimdir. Siz kompaniyaning moliyaviy holati, biznes modeli, raqobatdoshlilik ustunligi va istiqbollarini o'rganishingiz kerak. Bu sizga investitsion qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

5. Diversifikatsiya

Qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritish bilan bog'liq xavflarni kamaytirish uchun portfelingizni diversifikatsiya qilish tavsiya etiladi. Bu turli kompaniyalar va har hil sohadagi kompaniyalar aksiyalariga sarmoya kiritishni anglatadi. Bundan tashqari, bitta kompaniya muammolarga duch kelgan bo'lsa ham, boshqalari yo'qotishlarni qoplashi mumkin.

Xulosa

Qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritish – bu tajribasiz investorlar uchun ham, tajribali investorlar uchun ham mos keladigan pul ishlashning qulay usuli. Shuni yodda tutish kerakki, fond bozori o'zgaruvchan bo'lishi mumkin va investorlar o'z investitsiyalarini diqqat bilan kuzatib borishlari va muntazam ravishda tahlil qilishlari kerak. Siz tanlagan sarmoya usulidan qat'iy nazar, yetarli bilim va xabardorlik muvaffaqiyatli investor bo'lishning muhim tarkibiy qismidir.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
139
Banklar moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Tijorat banklari kredit ajratish bo‘yicha qaror qabul qilishda bir qator omillarni inobatga oladilar, xususan: Qarzdorning kredit tarixi: bunda, oldingi kreditlar bo‘yicha to‘lovlarning kechikkanligi tahlil qilinadi. Qarzdorning kredit bo‘yicha to‘lov qobiliyati: bunda. o‘rtacha oylik daromad va uning doimiyligi inobatga olinadi. Qarzdorning qarz yuki: bunda, joriy va olinishi rejalashtirilayotgan kredit bo‘yicha barcha to‘lovlarni qarzdorning o‘rtacha oylik daromadiga foiz nisbati o‘rganiladi. Ya'ni, joriy qarz bo‘yicha 2 mln.so‘m yangi kredit bo‘yicha 1,5 mln.so‘m bo‘lsa, o‘rtacha oylik maosh 5 mln.so‘mni tashkil etganda, qarz yuki ko‘rsatkichi 70 foizni tashkil etadi. Hozirda kredit ajratish bo‘yicha qarzdorning dastlabki monitoringi jarayoni kredit skoringi yordamida baholash orqali to‘liq avtomatlashtirilgan.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
124
Tijorat bankining kredit to‘liq so‘ndirilganligi tasdiqlovchi ma'lumotini sug‘urta kompaniyasiga taqdim etgan holda sug‘urta badalini qayta hisoblatishingiz va ortiqcha mablag‘ni qaytarish bo‘yicha murojaat etishingiz mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
48

Aksiyalar - bu egasiga (aksiyadorga) kompaniyaning bir qismiga egalik qilish huquqini beruvchi moliyaviy vositalardir. Kompaniyaning bu qismi aksiyalar shaklida taqdim etiladi va uni birjada sotish yoki sotib olish mumkin. Aksiyadorlar aksiyalar narxining oshishi va kompaniya tomonidan to'lanadigan dividendlardan foyda olishlari mumkin.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
214
Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun kreditlar quyidagi ketma-ketlikda ajratiladi:
  • Sotuvchi va xaridor o‘rtasida oldi-sotdi shartnomasi ipoteka krediti hisobiga sotib olinayotganligini ko‘rsatgan holda tuziladi;
  • Xaridorning arizasiga binoan kredit shartnomasi tuziladi;
  • Bank sotuvchi nomiga kredit hisobidan uyning qiymati miqdoridagi summani tegishli hisobvaraqqa o‘tkazib berilishi yuzasidan kafolat xati beradi;
  • Xaridor uyni kredit muddati davriga sug‘urtalaydi;
  • Kredit shartnomasi, uyning oldi-sotdi shartnomasi, sug‘urta polisi va bankning kafolat xati bilan uyning oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlanadi;
  • Notarial hujjatlar bankka taqdim etilganidan so‘ng, kredit hisobidan kelishilgan summa xaridorning omonat yoki bank kartasi hisobvarag‘iga ko‘chirib beriladi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
127
Agar siz xususiy korxonalardan avtomobil yoki boshqa turdagi mulklarni lizingga sotib olishga qaror qilsangiz, avvalo shartnoma bilan chuqur tanishib chiqing, zarur hollarda mutaxassis maslahatini oling. To‘lovlarni esa faqatgina lizing kompaniyasi hisobraqamiga bank kassasi yoki mobil ilovalar orqali to‘lang, shundagina asoslantirilgan hujjat, ya'ni kvitansiya orqali to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirganingizni isbotlay olasiz.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
112
Kredit shartnomasi imzolanganidan keyin, biroq pul mablag‘lari haqiqatda olingunga qadar Siz kredit olishdan biron-bir to‘lovlarsiz voz kechish huquqiga egasiz. Bank xodimlari haq evaziga kredit olish yuzasidan ko‘maklashishga haqli emas.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
123
Tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan soliq va majburiy to‘lovlarni to‘lashda bank xizmatlari haqi undirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
332
Internet provayderi uchun o‘tkazilgan to‘lovni qisman qaytarish imkoni mavjud emas, ammo uni to‘liq bekor qilish amaliyoti ba'zi to‘lov tashkilotlari mobil ilovalari (Click, Payme) yoki veb-saytiga murojaat qilish (Paynet) orqali mumkin. Xato to‘lovlarni bekor qilish bo‘yicha arizalar har bir to‘lov tashkiloti tomonidan belgilangan muddatlar ichida qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
119
Ba'zi holatlarda bunday texnik nosozliklar sodir bo‘lishi mumkin. Bunday holatda avvalo siz to‘lovni amalga oshirgan tashkilotingizga aloqaga chiqib, vaziyat haqida xabar berishingiz va to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi elektron kvitansiya nusxasini taqdim etishingiz zarur. Mas'ul xodim to‘lov holatini tekshirib, sizning murojaatingizga asosan mablag‘larni bank kartangiz hisobvarag‘iga yoki tegishli hisobraqamga kirim qiladi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X