Ko‘p beriladigan savollar

RSS
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
7955

Imtiyozli davr – bu siz kredit bo‘yicha faqat foiz to‘lovlarini amalga oshirishingiz mumkin bo‘lgan vaqt. Bu vaqtda sizga kreditning asosiy summasini so‘ndirish majburiyati yuklatilmaydi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
2951
Kredit to‘lov grafigi kredit shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi. Kredit muddatidan oldin so‘ndirilganda bank qarzdorga to‘lov grafigini qayta hisoblab, o‘z bazasida yangilab qo‘yishi va qarzdorga taqdim etishi zarur. Qarzdorning kreditni muddatidan oldin so‘ndirish huquqi va uning tartiblari kredit shartnomasida belgilanadi. Agar, kredit shartnomasida ushbu tartib qarzdorning yozma murojaati bilan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, qarzdorning arizasidan so‘ng bank kreditni muddatidan oldin so‘ndirishga haqli. Aks holda, kredit to‘lov grafigiga nisbatan ortiqcha kelib tushgan summa, kreditning asosiy qarzini so‘ndirishga yo‘naltirilishi lozim. Ushbu vaziyatda, bank xodimining e'tiborsizligi bilan kredit muddatidan oldin so‘ndirilmay to‘lov grafigi qayta hisoblanmaganligi tufayli kredit bo‘yicha ortiqcha foizlar hisoblangan bo‘lsa, tijorat banki oldingi davrlarda ortiqcha to‘langan summalarni inobatga olib yangi to‘lov grafigini tuzadi va yangi to‘lov grafigiga asosan kredit foizi uchun ortiqcha olingan summani qarzdorga qaytaradi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
2678

Bank jismoniy va yuridik shaxslardan omonatga pul qabul qiladi hamda ushbu mablag‘larni aholiga kredit sifatida taqdim etadi. Barcha ishlab chiqarish jarayoni kabi, ushbu jarayonda ham “xomashyo” va “yakuniy tayyor mahsulot” o‘rtasida farq mavjud. Ushbu farq bankning opreatsion xarajatlari (xodimlarning ish haqi, ijara, bino uchun xarajatlar, safar va amortizatsiya ajratmalari, sug‘urta, soliq va h.k.), shuningdek, risk bo‘yicha xarajatlardan tashkil topadi (to‘lanmagan kreditlar bo‘yicha majburiyat bank zimmasiga tushadi va shu sababdan bank yetarli darajada rezerv miqdorini yaratishi zarur). Foiz stavkalariga, o‘z navbatida, pul manbalariga iqtisodiyotda talab va taklif darajasi, raqobat va boshqa omillar ham ta'sir ko‘rsatadi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
1611
Ha mumkin. Fuqarolik kodeksiga binoan majburiyatni/qarzni uchinchi shaxsga o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lib, bunday holatda sizga qarzni o‘tkazayotgan bank bunday amaliyotni bajarishga rozi bo‘lishi kerak va sizni potensial qarzdor sifatida to‘liq o‘rganishga haqli. Kredit qoldig‘i boshqa shaxsga sotilayotganda yangi qarzdor kredit bo‘yicha barcha to‘lovlarni, jumladan muddati o‘tgan qarzdorliklar va penyalarni to‘lash majburiyatini oladi. Kredit ta'minotiga turgan uy o‘z-o‘zidan taqiqdan chiqarilmagan holda uyning egalik huquqi yangi qarzdorga o‘tadi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
2770

Qarz oluvchi kreditni qisman so‘ndirganida yoki ma'lum bir boshqa sabablarga ko‘ra, kredit ta'minoti kreditning joriy qoldig‘ini qoplay oladigan boshqa garov turiga almashtirilishi mumkin. Bunda, bank yangi ta'minot turi holatini o‘rgangan holda uni garovga olishga rozi bo‘lishi lozim.

Agarda garov ta'minotiga qo‘yilgan biror mulkingizni sotish maqsadida yoki boshqa sababga ko‘ra garovdan chiqarmoqchi bo‘lsangiz, qarz beruvchining (tijorat bankining) roziligi bilan, ushbu ta'minot summasiga teng keluvchi boshqa garov ta'minotiga almashtirishingiz mumkin bo‘ladi.

Masalan, 100 mln. so‘m miqdoridagi kredit uchun 125 mln. so‘mlik ko‘chmas mulkni (do‘kon) garovga olingan bo‘lsa, kredit asosiy qarzining 40 mln.so‘m qismi so‘ndirilgan taqdirda, kredit qoldig‘iga mos ravishda ko‘chmas mulk garovini 75 mln.so‘mlik avtotransport vositasiga almashtirish mumkin.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
1439
Agar singlingizni daromadi o‘z kreditlari va kafilligi yuzasidan majburiyatlariga yetarli bo‘lsa, ya'ni tijorat banklari belgilagan normadan kelib chiqib, singlingizni jami majburiyatlari daromadining 50-70 foizidan oshib ketmasa, u sizning kreditingiz bo‘yicha majburiyatlarga ham kafil bo‘lishi mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
1809

Siz kredit bo‘yicha to‘lovlarni quyidagicha amalga oshirishingiz mumkin:


- bank kassalarida;
- bank mobil ilovalari yordamida;
- bank rasmiy saytida shaxsiy sahifa orqali;
- to‘lov tizimlari orqali (masalan, Click, Payme, Paynet.uz va h.k.)


Bundan tashqari, siz faoliyat yuritayotgan tashkilot har oy ish haqingizning bir qismini bank hisob raqamingizga o‘tkazib borishi mumkin. Ushbu bank hisob raqamidan esa kredit uchun to‘lovlar yechib olinadi. Buning uchun bankda hisob raqamidan kredit to‘lovlarini yechib olish to‘g‘risida topshiriq rasmiylashtirish kerak bo‘ladi.


Shu bilan birga, agar siz overdraft olsangiz, hisobingizga mablag‘ kelib tushishi bilan bank avtomatik ravishda qarz summasini yechib oladi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
1725

Qarz oluvchi kredit bo‘yicha asosiy qarzni qisman qaytarganda, garov shartnomasida belgilangan muddatdan oldin kredit ta'minotini kredit asosiy qarzidan kamaytirilgan summaga mos ravishda taqiqdan yechish mumkin.

Bunda garov ta'minoti summasini kamaytirish huquqi, garov ta'minotini kamaytirish tartibi va usullari kredit bo‘yicha tuzilgan garov shartnomasida ko‘rsatilishi shart.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
920

Kreditni qayta moliyalashtirish – bu bir kreditni boshqa kredit shartnomasi (odatda yanada qulayroq shartlar asosida) tuzish yordamida so‘ndirish. Oddiy til bilan aytganda, bu kreditni so‘ndirish uchun kredit olishni anglatadi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
1817

Garovda turgan mol-mulkni garovga qo‘yuvchi (qarzdor) tomonidan boshqa kreditni ta'minlash uchun berish navbatdagi garov hisoblanadi.

Quyidagi holatlar bajarilganda navbatdagi garovga yo‘l qo‘yiladi:

  • oldingi garov shartnomalarida navbatdagi garov taqiqlanmagan bo‘lsa;
  • garov to‘g‘risidagi tegishli ma'lumotlar garov reestriga oldingi va navbatdagi garovga oluvchilar tomonidan kiritilgan bo‘lsa.

Bunda, garovga qo‘yilgan mulkning qiymati ikkita kreditni ham so‘ndirishga yetarli bo‘lishi hamda navbatdagi garovga oluvchining roziligi kerak bo‘ladi.

Agar qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarmasa, navbatdagi garovga oluvchining talabi oldingi garovga oluvchilarning talablaridan keyin, qonunda belgilangan tartibda ushbu mol-mulkning qiymatidan qanoatlantiriladi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
2329

Qarz oluvchi bankka quyidagi ta'minot turlarining birini yoki bir nechtasini taqdim etishi mumkin:

• mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi;
• bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;
• uchinchi shaxsning kafilligi;
• sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

Kredit hisobiga sotib olingan mulk, uning qiymatining 80 foizi miqdorida mazkur kredit bo‘yicha garov predmeti bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
690
Odatda onlayn kreditlar sug‘urta polisi yoki uchinchi shaxs kafilligi bilan ajratiladi. Bu esa, qarzdor to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmaganda, kredit ushbu ta'minot hisobidan so‘ndiriladi. E'tibor qarating, baxtsiz hodisalar, qarzdorning vafot etishi bo‘yicha bandlar kredit shartnomasi va kredit ta'minoti sifatida rasmiylashtirilgan sug‘urta polisining sug‘urta shartnomasida kiritilgan bo‘lishi kerak. Aks holda, ijro organlari sud qarori asosida ukangizning mulki hisobidan kreditni so‘ndirishga qaratishi mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
870

Tijorat banklari kredit shartnomasining shartlariga qarz oluvchining huquqlarini cheklanishiga va/yoki majburiyatlarini oshirilishiga olib keluvchi o‘zgartirishlarni, masalan kredit foiz stavkasini oshirish bo‘yicha o‘zgartirishni bir tomonlama kiritilishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.

Ammo Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladigan kreditlar bundan mustasno. Asosiy stavkaga asosan ular bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishi mumkin va bu albatta kredit shartnomasida aks ettirilgan bo‘ladi.

Kredit shartnomasini doim e'tibor bilan o‘qing.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
974

Qarz oluvchi kredit bo‘yicha asosiy qarzni qisman qaytarganda, garov shartnomasida belgilangan muddatdan oldin kredit ta'minotini kredit asosiy qarzidan kamaytirilgan summaga mos ravishda taqiqdan yechish mumkin.

Bunda garov ta'minoti summasini kamaytirish huquqi, garov ta'minotini kamaytirish tartibi va usullari kredit bo‘yicha tuzilgan garov shartnomasida ko‘rsatilishi shart.

Masalan, 200 mln. so‘m miqdoridagi kredit uchun COBALT avtomashinasi

100 mln.so‘mga va Chevrolet Tracker avtomashinasi 150 mln.so‘mga garovga olingan bo‘lib, kredit asosiy qarzining 100 mln.so‘m qismi so‘ndirilganda COBALT avtomashinasi taqiqdan yechilishi mumkin.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
609
«Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditlar:

Yillik 17,5 foiz stavkada:

- jismoniy shaxslarga hamda kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 33 mln so‘mgacha;
- kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 300 mln so‘mgacha;
- tadbirkorlik sub’yektlarining investisiyaviy loyihalarini kreditlashda 300 mln so‘mdan ortiq miqdorda ajratiladi.

Kredit qancha muddatga beriladi?

Umumiy tartibda:

3 yilgacha bo‘lgan muddatga 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun;

Alohida yo‘nalishlar uchun:

3 yilgacha bo‘lgan muddatga  1 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, «dala do‘konlari»ni qurish va ko‘chma muzlatkichlarni o‘rnatish uchun;

5 yilgacha bo‘lgan muddatga 1 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan oilaviy mehmon uylari (50 mln so‘mgacha), xostellar
(1 mlrd so‘mgacha), o‘tov lagerlari majmuasi (300 mln so‘mgacha), avtokempinglar (3 mlrd so‘mgacha), ekouylar majmuasi (300 mln so‘mgacha), konteyner shaharchalar (600 mln so‘mgacha) va chodirli lagerlar (60 mln so‘mgacha) tashkil etish va ularni ta’mirlash loyihalarini moliyalashtirishga;

7 yilgacha bo‘lgan muddatga 3 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan bog‘dorchilik (ko‘chatchilik), uzumchilik (tok so‘risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish hamda ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar qurish, artezian quduqlarini qazish uchun

issiqxonalarni tashkil etish yo‘nalishida kredit ajratishda ustuvorlik hududlardagi o‘zlashtirilmagan adir yerlardan foydalanilayotgan loyihalarga beriladi

3 yilgacha bo‘lgan muddatga «Hunarmand» uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, «usta-shogird» maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun hamda 18 oygacha muddatga – aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun ajratiladi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
583
Odatda, lizing kompaniyalari lizing summasiga nisbatan shartnomada ko‘rsatilgan yillik foiz stavkani to‘liq muddat davomida hisoblaydi. Masalan, avtotransport narxi 100 mln so‘m, 3 yilga yillik 15 foizdan degani siz lizing qarzingizni kamaytirganingizdan qat'iy nazar har yili 15 mln.so‘mdan foiz bo‘yicha ustama to‘lovlarni to‘lashingizni anglatadi. Ba'zi hollarda esa muddatidan oldin so‘ndirish imkoniyati shartnomada ko‘zda tutilmaydi. Bank kreditida esa siz kredit summasidan emas, balki qoldig‘iga nisbatan foiz to‘lovlarni amalga oshirasiz. Shuningdek, lizing xizmatidan foydalanayotganda lizing kompaniyasi xizmat haqi, sug‘urta to‘lovlari va boshqa xarajatlarga oldindan aniqlik kiritib, lizingni to‘liq qiymatini hisoblating.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
877

Yo‘q, chunki ipoteka kreditini olish uchun boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirish qonun bilan belgilangan.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
2773

Kreditning to‘liq qiymati (KTQ) - iste'mol krediti yoki qarz olish bilan bog‘liq to‘lovlarining haqqoniy, yillik va samarali hisoblashdagi foiz stavkasi hamda to‘liq qiymati.
Bugungi kunga kelib barcha banklar qarz oluvchilar bilan tuzilgan iste'mol krediti shartnomalarida kreditning to‘liq qiymati miqdorini ko‘rsatadi.
Kreditning to‘liq qiymatini hisoblab chiqishda qarz oluvchining quyidagi to‘lovlari hisobga olinadi:
• asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlar;
• bank foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar — agar bunday to‘lovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa va/yoki kredit yoki qarz berilishi bunday to‘lovlarni amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lsa;
• uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar, agar bunday to‘lovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa, shu jumladan quyidagi to‘lovlar:
- sug‘urta tashkiloti foydasiga amalga oshirilgan to‘lovlar, agar sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasi yuzaga kelgan taqdirda naf oluvchi bo‘lib bank hisoblansa;
- qarz oluvchining majburiyatlari ta'minotiga qabul qilingan va garovga qo‘yuvchining ixtiyorida qoladigan garov predmetini garov shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qilishda qarz oluvchi tomonidan sug‘urta tashkilotining foydasiga amalga oshirilgan to‘lovlar;
- qarz oluvchi tomonidan kafolat (kafillik) olish uchun kafolat beruvchiga (kafilga), shuningdek garovga topshirilayotgan mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotga to‘langan to‘lovlar;
- mijozlarni jalb qilish, ular tomonidan kredit yoki qarz olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish, ushbu hujjatlarni bankka topshirish, kredit yoki qarzlarni qoplash hisobiga bank mijozlaridan to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini qabul qilish bo‘yicha bankka xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlar (vositachilar) hisobiga amalga oshirilgan to‘lovlar.
Banklar quyidagi hollarda KTQni hisoblab chiqishlari shart:
• shartnoma tuzilganda;
• kredit yoki qarz olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga kredit yoki qarz olish shartlari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etish vaqtida.
Hozirgi kunda Jahon banki ekspertlari tomonidan Markaziy bankka barcha kredit tashkilotlarida kreditning to‘liq qiymatini hisoblash yagona standartini kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda Markaziy bank mutaxassislari barcha kredit tashkilotlarida kreditning to‘liq qiymatini hisoblash uchun yagona standartni kiritish ustida ish olib bormoqda. Ushbu standart joriy yilning ikkinchi yarmida amaliyotga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
663

Kredit tarixi – bu qarz oluvchining bank va boshqa kredit tashkilotlari bilan tuzgan shartnomalariga asosan o‘z majburiyatlarini qanday bajarganligi to‘g‘risidagi ma'lumot va u kredit byurosida saqlanadi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
1640

«Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditlar Mikrokreditbank, Agrobank, Xalq banki tomonidan jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda (bugungi kunda 36,75 mln.so‘m) 3 yilgacha yillik 14 foiz bilan ajratiladi. Ushbu yo‘nalishdagi barcha arizalar oilakredit.uz platformasi orqali qabul qilinadi va loyihalar sektor rahbari, tegishli hokimlik hamda tijorat banki tomonidan o‘rganiladi.

O‘rganish jarayonida mutasaddi tashkilotlar quyidagilarni inobatga oladi:

  • arizachining tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun sharoit va imkoniyati mavjudligi
  • arizachining yetarli bilim va tajribaga ega ekanligi
  • kredit tarixi va skoringi
  • loyihani amalga oshirishda ayni vaqtdagi mavjud talab va ehtiyoj
  • ta'minotchilar tahlili va raqobatbardoshligi.

Tijorat banki arizachining murojaatini qisman qanoatlantirsa yoki rad etsa, unga yozma shaklda asoslantirilgan holda javob qaytarishi lozim. Agar murojaat bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinganda u bilan kredit shartnomasi imzolanadi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
365
Sug‘urta kompaniyasiga bank krediti shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risida hujjatni taqdim etgan holda murojaat qoldirsangiz, sug‘urta kompaniyasi pulingizni to‘liq qaytaradi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
511

Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta'lim kreditlari berish to‘g‘risidagi Vazirlar mahkamasining qaroriga asosan ta'lim krediti kunduzgi ta'limda shartnoma asosida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ajratiladi.

Kreditlar oliy ta'lim muassasasidagi o‘qish davri hisobga olingan holda bakalavr talabasi uchun 10 yilgacha, magitsratura talabasi uchun 5 yilgacha muddatga bozor foiz stavkasidan kelib chiqqan holda beriladi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
371
Mumkin. Buning uchun ipoteka kreditini ajratgan bankning uy-joyingizga qarindoshingizni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish bo‘yicha rozilik xati talab etiladi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
648

Iste'mol kreditlarining naqd ko‘rinishda berilishi yoki bank kartasiga o‘tkazib berilishi qonun bilan ta'qiqlangan.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
688

Kreditni so‘ndirish bo‘yicha oylik to‘lovlarni amalga oshirishning ikki usuli mavjud:


1. annuitet – umumiy qarz summasining (kreditning asosiy summasi, foiz to‘lovlari va kredit bo‘yicha boshqa to‘lovlar) teng qismlarga ajratilishi va kredit muddati davomida bir tekis to‘lab borilishi;


2. differensial to‘lov – bunda oylik to‘lovlar miqdori kamayib boradi, chunki foizlar kredit bo‘yicha asosiy summa qoldig‘iga nisbatan hisoblanadi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
455
«Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditlar Mikrokreditbank, Agrobank, Xalq banki tomonidan jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda (bugungi kunda 33 mln.so‘m) 3 yilgacha yillik 17,5 foiz bilan ajratiladi. Ushbu yo‘nalishdagi barcha arizalar oilakredit.uz platformasi orqali qabul qilinadi va loyihalar sektor rahbari, tegishli hokimlik hamda tijorat banki tomonidan o‘rganiladi.

Kreditlar yillik 17,5 foiz stavkada:

- jismoniy shaxslarga hamda kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 33 mln so‘mgacha
- kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 300 mln so‘mgacha
- tadbirkorlik sub’yektlarining investisiyaviy loyihalarini kreditlashda 300 mln so‘mdan ortiq miqdorda ajratiladi

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
687

Eksportyor-korxonalarga Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan yillik 4 foiz stavka bilan tijorat banklari tomonidan imtiyozli revolver kreditlar ajratiladi.

Revolver kredit – ochiq kredit liniyasi bo‘lib, belgilangan davrlarda so‘ndirilgan kredit summasidan qayta foydalanish imkoniyatini beruvchi kredit turi.

Kredit maqsadi: kechiktirib to‘lash sharti bilan mahsulotini eksport qilgan eksportyor-korxonalarga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun

Kredit muddati: eksport mahsuloti to‘lovlari kechiktirilgan muddatga

Kredit summasi: eksport mahsulotlari qiymati miqdorida (ammo, 3 mln.AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda)


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
245
Har qanday kreditni bank kassasi orqali naqd pul shaklida so‘ndirishingiz mumkin. Onlayn kreditlarni muddatidan oldin so‘ndirish imkoniyati kredit ofertasida, ya'ni shartnomasida ko‘rsatiladi. Ushbu shartlar bilan kreditni rasmiylashtirishdan oldin va rasmiylashtirayotganda tanishib chiqishni hamda kredit ofertasini mobil qurilmangiz xotirasiga saqlab qo‘yishingizni tavsiya qilamiz.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
275
Yangi tartib doirasida Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditini olishda birgalikda qarz oluvchi sifatida, ipoteka kreditini oluvchi fuqaro bilan birga yashamaydigan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham daromadini inobatga olish mumkin. Bunda qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining pensiya to‘lovlari miqdori bilan birgalikda, foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar; davlat soliq xizmati organi tomonidan deklaratsiya bilan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari hisobga olinadi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
375

Tijorat banklari tomonidan ulushdor-jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlari, xonadon davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng qayta moliyalashtiriladi.

Yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari Moliya vazirligi tomonidan berilgan resurslar hisobidan quyidagi miqdorlarda qayta moliyalashtiriladi:

  • Toshkent shahrida 339 150 000 so‘mgacha;
  • boshqa shaharlarda 309 400 000 so‘mgacha;
  • qishloqlarda 238 000 000 so‘mgacha.
  • Kredit foizi: bozor stavkasi bo‘yicha (yillik 17-19 foiz)
  • Muddati: 20 yilgacha


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
770

Bank mobil ilovasida

“Kredit” bo‘limiga o‘ting va sizga kerakli bo‘lgan kredit turini tanlang. Foiz stavkasi ekranning yuqori qismida ko‘rinadi.



Bank ofislarida

Bank ofislaridan biriga tashrif buyuring hamda mas'ul operator/xodimdan konsul'tasiya oling.



Bank rasmiy sayti yoki call-markazida

Bank call-markaziga qo‘ng‘iroq qiling yoki bankning rasmiy saytiga kiring. Banklarning ishonch telefon raqamlari va rasmiy saytlari ro‘yxati bu yerda.


Tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali orqali - bankxizmatlari.uz/uz


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
761

Kreditni so‘nidirish mobaynida qarz oluvchi quyidagi to‘lovlarni amalga oshiradi:


- kreditning boshlang‘ich summasi bo‘yicha to‘lovlar;
- mablag‘lardan foydalanganlik bo‘yicha foiz to‘lovlari;
- boshqa xarajatlar.


Kredit bo‘yicha foizlar umumiy tamoyillar asosida hisoblanadi – ya'ni, ma'lum muddatga (odatda 1 yilga) kreditning asosiy summasidan ulush (%) sifatida. Kredit muddati bir kalendar yilidan ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin, ammo bu foizlar hisoblanish mohiyatini o‘zgartirmaydi, kredit muddatidan kelib chiqib foizlar qayta hisoblanib boriladi.


Kredit bo‘yicha boshqa to‘lovlar bank komissiyasi, garovni baholash, sug‘urtalash va rasmiylashtirish hamda oylik to‘lovlarni kechiktirib to‘lash bo‘yicha jarima va penyalar bo‘yicha xarajatlarni o‘z ichiga olishi mumkin.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 18 Iyul 2024 18:28
579

Kredit muddati, kreditni so‘ndirish usuli va boshqa shartlar qarz oluvchi va bank o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasida belgilanadi.


foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo‘ldimi?


Chop etish


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X