Bank siriga nigoh tashlaymiz

Oxirgi yangilanish:  12 Iyul 2021 15:42
3501
Bank siriga nigoh tashlaymiz
6

Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar qanday holatlarda taqdim etiladi?

  • vakolatli davlat organiga: pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborot jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan holatda
  • prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlariga ularning ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo‘yicha holatlarni aniqlash, shuningdek yetkazilgan zararni undirishni yoki mol-mulkni xatlashni ta'minlash maqsadida
  • tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ularning ish yurituvidagi tezkor-qidiruv ishlari bo‘yicha
  • davlat soliq xizmati organlariga bank mijoziga (vakiliga) soliq solish masalalariga taalluqli hollarda
  • sudga uning yozma so‘rovi asosida, mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan sudning ish yurituvidagi ishlar bo‘yicha

Bank siri kimlarga taqdim etilishi mumkin?

  • prokuratura organlariga
  • dastlabki tergov, surishtiruv organlariga
  • tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga
  • davlat soliq xizmati organlariga
  • shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlariga O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida hamda xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda
Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni mijozning (vakilning) merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislariga taqdim etilishi mumkinmi?

Mijoz (vakil) to‘g‘risidagi, bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar uning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislariga, agar ular meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlarni taqdim etsalar, 5 kun ichida bank tomonidan taqdim etiladi.

“Bank siri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni - https://lex.uz/docs/41760





Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Bank siriga nigoh tashlaymiz

Bank siriga nigoh tashlaymiz

Bankka tashrif buyurganda nimalarni bilish lozim?

Bankka tashrif buyurganda nimalarni bilish lozim?

Sizning biznesingiz uchun eng mos bo‘lgan bankni qanday tanlash mumkin?

Sizning biznesingiz uchun eng mos bo‘lgan bankni qanday tanlash mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X