"Foydali" va "zararli" kreditlar

Oxirgi yangilanish:  31 Yan 2024 16:37
1658
"Foydali" va "zararli" kreditlar
8

Ushbu maqola, asosan, kreditlar bilan qiyin munosabatlarga ega bo‘lganlar uchun. Qisqacha misol qilib keltirsak:

  • kredit to‘lovlari daromadingizning katta qismini olib qo‘yadimi;
  • qarzdorligiz bor va uni to‘lash uchun yana va yana kredit olyapsizmi;
  • sizda bir nechta kredit bor va bitta kreditdan olingan pul bilan siz boshqa kredit bo‘yicha qarzlarni to‘layapsizmi;
  • kredit kartangizdagi pulni xuddi o‘zingizni pulingizdek his qilishga odatlanib qoldingizmi?

Demak, kredit sizga emas, siz kreditga ishlayapsiz - bu qarz yukidan qutilish kerak.

Kredit aslida o‘zi yomon emas, lekin undan aql bilan foydalanmaslik moliyaviy muammolarga olib kelishi mumkin. Qanchadan-qancha "ta'til uchun", "to‘y uchun", "ziyofat uchun" va hattoki “ko‘ngil ochar o‘yinlarga pul tikish" (bukmekerlik faoliyati) uchun olingan kreditlar katta qarzlar bilan tugaydi, qarzdorlikni qaytarish uchun esa yillar kerak bo‘ladi.

Aytgancha, har qanday ko‘p daromadga ega bo‘lgan insonlar ham kredit tuzog‘iga tushishi mumkin. Jonni Depp, Mayk Tayson, Uitni Xyuston, Nikolas Keyj kabi boyliklari bir necha million dollarga baholangan va qarzlari tufayli bankrotlik yoqasida turgan jahon aktyorlarini eslaylik. Ularning barchasi har doim ham mablag‘ yetarli bo‘ladi degan xayolda yashardilar. Bunday hollarda, faqat ish haqiga yashaydigan odamlar haqida nima ham deyish mumkin?

Qarz olish vasvasasi

Keling, bir tajriba qilib ko‘raylik. Farzandingizga tanlash imkonini bering: hozir bitta shirinlik berasiz, agar u shirinlikni olmasa 20 daqiqadan so‘ng ikkinchi shirinlikga ega bo‘ladi. U nimani tanlaydi? Siz nimani tanlagan bo‘lardingiz?

1960 yilda Stenford universitetida o‘tkazilgan tajribaning nomi "Zefir testi" edi. To‘rt yoshdan etti yoshgacha bo‘lgan bolalarga bitta zefir taklif qilishdi, agar bola zefirni olmasa 20 daqiqadan so‘ng unga ikkinchi zefirni ham berishga va'da berishdi. Keyin tadqiqotchilar bolalarni tanlov qilish uchun yolg‘iz qoldirdilar. Bolalar o‘z hissiyotlari bilan kurashishdi: ba'zilari zefirlarga qaramaslikka harakat qilishdi va ko‘zlarini yumishdi, ba'zilari stullarida aylana boshladilar yoki stolni ura boshlashdi. Ba'zi bolalar zefirni darhol iste'mol qildilar, boshqalari esa sinov oxiriga oz vaqt qolganda chidolmay yedilar. Ularning ko‘pchiligi hissiyotga dosh bera olmadilar – qo‘shimcha zefirga esa tajribada ishtirok etganlarning uchdan biri erishdi.

Bizning kreditlarga bo‘lgan munosabatimiz ham xuddi shu tajribaga o‘xshaydi. “Bugun men o‘zimni yangi telefon bilan xursand qilaman, kreditni esa bir amallab to‘lab olaman” deb o‘zimizni o‘zimiz yupatamiz.

"foydali" va "zararli" kreditlar

Yirik kompaniyalar va jiddiy ishbilarmonlar doimiy ravishda kreditlardan foydalanadilar va undan faqat foyda ko‘rishadi. Kredit olishlari bilan ular kompaniyalarni keyingi bosqichga olib chiqadilar. Kredit qachon foydaga yoki zararga xizmat qilishini qanday aniqlash mumkin?

Hammasi juda oddiy. "Foydali" kreditlar - bu muhim strategik muammolarni hal qilish, pul ishlash yoki rivojlanishga hissa qo‘shish imkonini beradigan kreditlar. Masalan,

  • Yangi kamera sotib olib, fotograf kasbini egallash va shu orqali ko‘proq pul ishlash – yaxshi!
  • Ipoteka olish va ko‘chmas mulkka sarmoya kiritish - o‘z samarasini albatta beradi!
  • Kredit pullarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratish - juda yaxshi!

"Zararli" kredit, aksincha, na foyda, na rivojlanish olib keladi. Yangi smartfon yoki qo‘shimcha poyafzal hayotingizni o‘zgartirmaydi, lekin siz ularni olish uchun kredit olasiz va ortiqcha pul sarflaysiz. "Zararli" kreditlar sizning moliyaviy intizomingizni bir necha jihatdan buzadi:

Siz bugungi pulingizni kechagi hissiyotli xaridlarga sarflaysiz. Telefonga ega bo‘lishdan xursandchiligi bir necha haftadan keyin o‘tib ketadi, modeli ham eskiradi, kredit to‘lovlari esa hali uzoq vaqtga davom etadi. O‘ylab qarasak, ushbu pullarni siz sarmoyaga kiritishingiz afzalroq edi.

  • Siz daromad olmay turib qarzga narsalar sotib olasiz, va qarzga yashaysiz.
  • Siz erkin emassiz va bu juda katta stress. Sizning xayolingizda doim: agar ishdan bo‘shatilsam nima bo‘ladi? baxtsiz hodisa yuz bersa-chi?... Bunday o‘ylar insonga quvonch qo‘shmaydi.

Sizda esa qanday kreditlar bor?




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Lizing o‘zi nima?

Lizing o‘zi nima?

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X