Bankomat orqali bank kartasini qaytarmaslik holatlari

Oxirgi yangilanish:  30 Dek 2020 19:12
2950
Bankomat orqali bank kartasini qaytarmaslik holatlari
3

Bankomatning bank kartasini ushlab qolishining asosiy sabablari:

  • pin kod ketma-ket uch marta noto‘g‘ri kiritilgan;
  • bank kartasi muddati tugagan (muddati o‘tgan) yoki bloklangan;
  • bank kartasi mexanik zarar ko‘rgan (chip zararlangan);
  • operatsiya tugaganidan keyin bank kartasini bankomatning karta rideridan 10-20 soniya ichida qaytarib olinmamlik;
  • bankomatning nosoz holatda bo‘lishi.
Muhim! Bankomat kartani qaytarmaganda odatda kerakli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan chekni chiqaradi. Uni tashlab yubormang, ushbu chek bank kartangizni qaytarib olish uchun bankka murojaat qilganda foydali bo‘lishi mumkin.

Agar bankomat sizga bunday chek bermagan bo‘lsa, qayg‘urishga hojat yo‘q, cheksiz ham bank kartangizni qaytarib olishingiz mumkin.

Bunday holatlarda amalga oshirish zarur bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi:

  1. Amaliyotni bekor qilishga harakat qiling:
  2. "Bekor qilish" tugmasini bosing, bir necha daqiqa kutib turing - bu vaqt davomida "texnik nosozlik" avtomatik ravishda bartaraf etilishi mumkin. Agar bankomat bank kartangizni qaytarmasa, bankomatning joylashuviga (bank ichida yoki alohida ATM punktida) qarab bank xodimiga murojaat qiling.

  3. Bankomatga xizmat ko‘rsatuvchi bankka qo‘ng‘iroq qiling:
  4. Bankomatning o‘zida bank nomi va bank kartangizni qaytarib olishingiz uchun nimalar qilishingiz zarurligini tushintirish uchun aloqa raqami haqida ma’lumotlar mavjud. Bankomat bank binosida joylashgan bo‘lsa, xodimlarga murojaat qiling.

40

Bank kartasining qaytarilmasligi haqida telefon orqali xabar bering, bank kartasi ma’lumotlarini ayting, zarur hollarda savollarga javob bering. Bank xodimi sizga bank kartasini qaytarish uchun qayerga va qanday hujjatlar bilan murojaat qilishingiz kerakligini aytadi.

Muhim! Siz bankomatni urish yoki uni ochishga harakat qilib, muammoni hal qilishga urinmang. Agar bunday harakatlar bilan bankomatga zarar yetkazsangiz, bank zararni qoplashni talab qiladi.

Xizmat ko‘rsatuvchi bank vaziyatni o‘rganib chiqib, holat bo‘yicha tushintirish olib boradi, bank kartasini bir kun ichida qaytarib beradi, yoki bank kartasiga zarar yetgan/muddati tugagan taqdirda, oldingi karta o‘rniga yangi kartani chiqaradi.




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ysangiz yoki pul mablag‘lari qabul qiluvchiga yetib bormasa nima qilish zarur?

Elektron hamyon nima?

Elektron hamyon nima?

Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X