Ko‘p beriladigan savollar
Ko‘p beriladigan savollar
Qanday qilib naqd chet el valyutasini sotib olishim mumkin (AQSh dollari)?
Siz naqd chet el valyutasini (AQSh dollari) ikki usulda sotib olishingiz mumkin. Birinchi usul tijorat banklari va ularning filiallaridagi ayirboshlash shoxobchalarida. Ikkinchi usul esa bankomat orqali (agar bank ushbu imkoniyatni taqdim etsa). Agar 100 AQSh dollaridan ortiq miqdorda sotib olmoqchi bo‘lsangiz, u holda Siz shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni (pasport/ identifikatsiya ID-kartasi/ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/ harbiy bilet) taqdim qilishingiz lozim. Odatda sotib olish kursi sotish kursidan balandroq bo‘ladi.
Valyuta kartasidagi chet el valyutasi (AQSh dollari)ni bankomatlar orqali naqdlashtira olamanmi?
Valyuta kartangizdagi chet el valyutasini tijorat banklari va ularning filiallarida naqdlashtirishingiz mumkin. Shu bilan birga, mablag‘laringizni bankomatlar orqali ham milliy valyuta, ya'ni so‘mga naqdlashtirishingiz mumkin. 2019 yil 1 oktyabrgacha amaliyotda bankomat orqali valyutani (AQSh dollari)ni naqdlashtirish imkoniyati mavjud edi, biroq shubhali operatsiyalarni amalga oshirish riskining mavjudligi sababli ushbu xizmatlar to‘xtatildi. Bundan tashqari, xalqaro tajribaga muvofiq ko‘pchilik davlatlarda bankomatlardan faqat milliy valyutada pul berilish tartibi o‘rnatilgan.
Men bankning valyuta ayirboshlash shahobchasida 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarimni so‘mga almashtirmoqchi edim. Ammo pasportim yonimda emas edi. Shaxsimni tasdiqlovchi boshqa hujjat taqdim etishim mumkinmi?
Internet bank orqali valyuta ayirboshlash xizmati nechpul turadi?
Internet bank orqali valyuta ayirboshlash xizmati bepul.
Men bankdan 300 AQSh dollari sotib olmoqchi edim. Bank mendan shaxsimni tasdiqlovchi hujjat talab qildi. Shu to‘g‘rimi?
Nega men tijorat banklari va ularning filiallaridan 100 AQSh dollaridan ortiq miqdordagi naqd chet el valyutasini sotib olganimda shaxsni tasdiqlovchi xujjatni taqdim etishim kerak?
Xalqaro amaliyotda identifikatsiya talabi mavjud bo‘lib, (Identifikatsiya - shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ identifikatsiya ID-kartasi/ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/ harbiy bilet) ma'lumotlari kiritib boriladigan, mijozlarni ro‘yxatga olish daftari) u jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida amalga oshiriladi.
Yaroqsiz valyuta uchun nega komission to‘lovlarni amalga oshirish kerak?
To‘lovga yaroqsiz valyutani qabul qilish jarayonida (eskirgan, yaroqsiz, chizilgan, dog‘ tushgan va boshqalar) banklar tomonidan komission to‘lovlar undirilishi mumkin. Bu odatiy holat, chunki banklarning ma'lum xarajatlari mavjud. Banklarda ko‘p miqdorda eskirgan yaroqsiz valyutalar yig‘ilganda, bank ushbu valyutalarni yangisiga almashtiradi. Bunda, quyidagi xarajatlar mavjud:
1) yangi valyutani yetkazib beruvchi bankning xizmat xaqi;
2) bojxona xarajatlari uchun to‘lovlar:
3) transport xarajatlari.
Istalgan valyuta kartalari orqali elektron xaridlarni amalga oshirsam bo‘ladimi?
Xa, istalgan valyuta kartasidan barcha turdagi elektron xaridlarni amalga oshirish mumkin.
Qanday qilib valyuta konvertatsiya operatsiyasini bekor qilishim mumkin?
Bajarilgan valyuta ayirboshlash operatsiyasini bekor qilish mumkin emas. Internet bank orqali ushbu valyutani qayta ayirboshlashingiz mumkin, lekin sotish va sotib olish kurslari o‘rtasidagi farqni hisobga olish zarur, chunki kurs farqi hisobiga zarar ko‘rishingiz mumkin.
AQSh dollarini sotib olishda cheklovlar bormi?
Bugungi kunda hech qanday cheklovlar mavjud emas. Bankomat orqali chet el valyutasini sotib olishda bir marttada faqatgina 100 AQSh dollarini olish mumkin.
Internet do‘konlarda mahsulotlarni sotib olish uchun qanday qilib onlayn to‘lovlarni amalga oshirish mumkin?
Xalqaro to‘lov kartalaridan (VISA, MasterCard va boshqalar) foydalangan holda internet-do‘konlardan tovarlarni sotib olish mumkin. Ushbu kartalar mahalliy banklar tomonidan chiqariladi.